Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


-sxema. Yormabop donlar dan yorm a olish texnologiyasining



Yüklə 101,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/158
tarix27.09.2023
ölçüsü101,52 Kb.
#149638
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158
Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

10-sxema. Yormabop donlar dan yorm a olish texnologiyasining
texnologik sxemasi.
T oza la n g a n d on


endospermadan ajralishi osonlashadi (qobiqlar bo‘shashib, m ag‘iz 
esa mustahkamlanadi), yana oqlash koeffitsiyenti ko‘tariladi, bu 
esa yormaning «vixod»ini oshirishga olib keladi. GTI yormaning 
sifat bahosini yaxshilab, uning hajmini oshirib, taom tayyorlash 
jarayonini qisqartiradi.
Yormabop donlardan yorma ishlab chiqarish texnologiyasining,
un ishlab chiqarish jarayoni dan farqi.
Yorma mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining un 
tegirmonlaridan farqi shundaki, tegirmonlarda donni maydalab, un 
qilib yuborilsa, yorma ishlab chiqarish uchun don m ag‘zi ezilmasdan, 
butun holda qoldiriladi.
Un tegirmonlarida donni namlash, dimlash jarayonlari asosiy 
jarayon hisoblansa, yorma korxonalarida esa namlash yordamchi 
jarayon hisoblanadi. Yormabop donlarni oqlashda eng samarador 
texnologik jarayonlardan biri ularga qulay tarzda gidrotermik 
(bug‘lash, quritish, sovutish) va m a’lum vaqtgacha dimlab ishlov 
berishdir. Yorma sexi oqlash bo‘limining texnologik chizmasida 
yorma ishlab chiqarish jarayoni misol tariqasida berilgan bo‘lib, 
qaysi yorma ishlab chiqarilishiga qarab chizmaga yangi jarayonlar 
qo‘shilishi natijasida u qisqarishi mumkin.
Sholidan olinadigan yorma va chiqindilar normalari.
Sholi o‘zining tuzilishi jihatidan «qobiqli» donlar sinfiga kiradi. 
Sholi 3 xil bo‘ladi: uzun donli (6-8 mm), o ‘rta donli (5-6 mm), kalta 
donli va dumaloq sholi (4-5 mm). 1000 dona sholining og‘irligi 
25-43 grammgacha b o iad i. Sholining gul qobig‘i 14-35 % gacha, 
meva qobig‘i 1,5—4,0 %, murtagi esa 1,5-4,5 %, mag'zining o ‘zi 
esa 65-86 % ni tashkil etadi. Aleyron qatlami 2 -4 qatlamlidir. Sholi 
m ag‘zining miqdoriga qarab uch guruhga boTinadi: yuqori - 76,5 
%, o ‘r t a - 74,0-76,4 %, past - 74 %. Sholining yirikligi oshgan sari, 
gul qobig‘ining miqdori kamayib boradi. Quyidagi jadvalda guruch 
yormasi va sholining kimyoviy tarkibi berilgan.
242



Yüklə 101,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin