d) ushbu shartnomada ko‘rsatilgan tartibda Qarz oluvchi va Birgalikda Qarz oluvchidan kreditni yoki uning
bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish;
e) majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun tuzilgan shartnomalar va qonunchilikda belgilangan tartibda
kredit ta’minotiga undiruvni qaratish;
f) Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining va Birgalikda qarz oluvchining
mobil telefonlariga to‘lov jadvaliga muvofiq to‘lovlar yaqinlashayotganligi haqida 10 kun oldin SMS xabarlar
yuborish;
g) Qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda
to‘lanmagan hollarda, Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining mobil telefoniga SMS
eslatmalar yuborish. Shuningdek, Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchi bilan shaxsan muloqot olib borgan holda
to‘lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozimligi haqida hamda aks holda Qarz oluvchi va Birgalikda
qarz oluvchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini amalga oshirish,
shuningdek, shu mazmunda SMS xabarlar yuborish;
h) Qarz oluvchining muddati o‘tgan qarzdorliklarini majburiy ravishda undirish maqsadida, sudga da’vo
arizasi kiritilganligi to‘g‘risida Qarz oluvchining mobil telefoniga SMS xabornomalar yuborish.
i) mazkur shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchining muddati o‘tgan qarzdorligi yuzaga kelgan hollarda, Bank
o‘zining talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan tegishli pul mablag‘larini (asosiy kredit, foiz, penya)
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga muvofiq Qarz oluvchi va Birgalikda qarz
oluvchining barcha hisobvaraqlari (bank karta, omonat va boshqalar)dan akseptsiz tartibda (roziligisiz) ko‘chirib
(undirib) olish huquqiga ega.
j) ushbu shartnoma va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa har qanday huquqdan
foydalanish.
Dostları ilə paylaş: