Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 Qarz oluvchi va Birgalikda Qarz oluvchining huquqlari



Yüklə 272,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix27.09.2023
ölçüsü272,39 Kb.
#149675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ipoteka krediti X.B

 
5.2. Qarz oluvchi va Birgalikda Qarz oluvchining huquqlari: 
5.2.1. Ushbu shartnomada ko‘rsatilgan summa va maqsadlarda _______ (_____________) kun ichida ssuda 
hisobraqamidan to‘lovni amalga oshirish.
5.2.2. Kreditni muddatidan oldin to‘lash. 
5.2.3. Xalq bankining “Contact centr”i orqali bankdan olingan kredit yuzasidan tegishli ma’lumotlarni olish. 
6. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 
6.1. Bankning majburiyatlari: 
6.1.1. Qarz oluvchi tomonidan kredit ajratish yuzasidan zarur bo‘lgan barcha hujjatlar Bankka taqdim 
etilganidan so‘ng, Bank kredit summasini Sotuvchining bankda ochilgan hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali ko‘chirib 
beradi. 
6.1.2. Qarz oluvchi va Birgalikda Qarz oluvchini kredit uchun to‘lovning ortgani yoki kamaygani, kredit 
berishdan bosh tortish, uni muddatidan avval undirish sabablari to‘g‘risida yozma xabardor qilish. 
6.2. Qarz oluvchi va Birgalikda Qarz oluvchining majburiyatlari: 
6.2.1. Shartnomaga ilova qilingan to‘lovlar jadvaliga asosan kredit va foizlarni oylik to‘lovlarni amalga 
oshirish orqali qoplash. 
6.2.2. Ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab __ bank kuni ichida bank xodimi bilan birgalikda 
quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirish: 
a) Notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi va ma’lumotnoma hamda hujjatlar; 
b) Davlat kadastr organida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi texnik hujjatlar; 
v) ko‘chmas mulkning sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi; 
g) notarial tasdiqlangan ko‘chmas mulk garovi (ipoteka) shartnomasi; 
d) ko‘chmas mulk garovi (ipoteka) shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar. 
6.2.3. Bankning so‘roviga asosan Bank vakillariga garovdagi mol-mulk va kredit hamda Qarz oluvchi va 
Birgalikda Qarz oluvchining ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa har 
qanday mol-mulkni joyiga chiqib ko‘rish imkoniyatini berish. 
6.2.4. Har ___ (__________) oyda Bankka Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchining daromadlari 
to‘g‘risidagi, shuningdek, ularning turar joylaridan ma’lumotnomani Bankni qoniqtiruvchi shakl va mazmunda taqdim 
etish. 
6.2.5. Turar joyi, familiyasi, ishi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi boshqa ma’lumot va holatlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida 3 kun ichida Bankka ma’lumot taqdim etish. 
6.2.6. Xalq bankining “Contact center” operatorlari qo‘ng‘iroqlariga xushmuomalalik bilan javob berish va 
muloqotda bo‘lish hamda SMS xabarlarini ijobiy qabul qilish; 
6.2.7. Telefon raqami o‘zgargan hollarda, zudlik bilan Bankni xabardor qilish. Bunda, telefon raqami 
o‘zgargan kundan boshlab ikki ish kunida Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Bankni xabardor qilishi 
lozim. 
6.2.8. Ushbu shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajarish. 
6.2.9. Doimiy ravishda oilaviy ahvoli, ishi va boshqa ushbu kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning 
bajarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ma’lumot va holatlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida doimiy ravishda ma’lumot 
berib borish. 


6.2.10. Kreditdan foydalanish jarayonida kreditlashning muddatlilik, qaytarishlilik, maqsadlilik, to‘lovlilik 
va ta’minlanganlik tamoyillariga rioya qilish. 
6.2.11. Ushbu shartnoma amalda bo‘lgan davrda boshqa kreditorlardan qarz va kreditlar olmaslik, boshqa 
shaxslarga qarz va kredit bermaslik, uchinchi shaxsning majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lmaslik. 

Yüklə 272,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin