uy-joyning xisoblangan kiymati – kvartira/uy-joyning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha
bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda
aniqlanadigan qiymat;
pudrat tashkiloti – ko‘p qavatli/kvartirali uylarni o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilikda
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qurilgan hamda birlamchi uy-joy bozorida sotish uchun taklif etuvchi
tadbirkorlik subyekti;
subsidiya - ipoteka kreditlari asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartiralar sotib olish uchun boshlang‘ich
badal
va/yoki
kredit
foizli
xarajatlarining
bir
qismini
qoplash
maqsadida
davlat
budjetidan
O‘zbekistan Respublikasining fuqarosi uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan pul
mablag‘lari.
4. QARZ OLUVCHI VA BIRGALIKDA QARZ OLUVCHINING TASDIG‘I 4.1. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:
- bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar bunday
hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish vakolatiga ega va ushbu
majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
- Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu
majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
- Qarz oluvchining/Birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni
bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishiga olib keladi;
- agar Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi to‘lovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada
belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir bo‘lmasa, Bank asosiy kreditni va hisoblab yozilgan foizlarni,
shuningdek, boshqa to‘lovlarni muddatidan oldin to‘lanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash bo‘yicha va Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining boshqa
mol-mulkiga undiruvni qaratishga haqlidir;
- chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit bo‘yicha har qanday ta’minlashni amalga oshirishga va
foydalanishga va/yoki Bank tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga
Bankni vakil qiladi.