Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 MAJBURIYATNI BAJARMASLIK HOLATLARI



Yüklə 272,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix27.09.2023
ölçüsü272,39 Kb.
#149675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ipoteka krediti X.B

8. MAJBURIYATNI BAJARMASLIK HOLATLARI 
8.1. Ushbu bandda keltirilgan quyidagi har qanday holat Majburiyatlarni bajarmaslik holati bo‘lib 
hisoblanadi: 
a) kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatilishi; 
b) Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchining kredit, foizlar va/yoki boshqa to‘lovlar bo‘yicha to‘lovlarni 
ushbu shartnomada, unga ilova qilingan to‘lovlar jadvalida, shuningdek, ushbu shartnoma bilan tuzilishi ko‘rsatib 
o‘tilgan boshqa shartnomalar bo‘yicha belgilangan sanada amalga oshirilmasligi; 
d) Ushbu shartnoma shartlarini buzilishi; 
e) haqqoniy bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etish orqali Bankni ataylab chalg‘itish; 
f) Bankning xulosasiga ko‘ra Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchi tomonidan Bankka kredit bo‘yicha 
taqdim etilgan ta’minot turining o‘z qiymatini to‘liq yoki qisman yo‘qotishi yoki haqiqiy bo‘lmay qolishi; 
g) Qarz oluvchining, Birgalikda qarz oluvchining va/yoki kafilning moliyaviy ahvolining yomonlashishi 
yoxud kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni muntazam buzilishiga olib keluvchi aniq ma’lumotlarni yashirish; 
j) Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarining bajarilishiga ta’sir qilishi 
mumkin bo‘lgan boshqa holatlar;
z) Ushbu shartnoma bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartnomalar (garov, kafolat, sug‘urta va boshqalar) 
shartlarini buzish. 
9. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 
9.1. Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati o‘tgan kredit), Qarz oluvchi Bankka butun 
kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining 1,3 baravar oshirilgan miqdorida yuqori foiz 
to‘laydi. 
9.2. Foizlarni belgilangan muddatda to‘lamaganlik va ular bo‘yicha muddati o‘tgan summalar vujudga 
kelgani uchun Qarz oluvchi Bankka kechiktirilgan to‘lovning har bir kuni uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 
0,4 
foizi 
miqdorida 
penya 
to‘laydi, bunda penya summasi kechiktirilgan to‘lov summasining
50 foizidan oshmasligi lozim. 
9.3. Mazkur shartnomada ko‘rsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Bank Qarz oluvchiga kredit 
kechiktirilgan har bir kun uchun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda 
penya summasi kechiktirilgan kredit summasining 10 foizidan oshmasligi lozim. 


9.4. Taraflar ushbu shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchilik va nizolarni muzokaralar orqali 
hal qilish choralarini ko‘radilar. 
9.5. O‘zaro kelishuvga erishilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq tegishlilik bo‘yicha sud tartibida hal etiladi. 

Yüklə 272,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin