Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 KREDIT BERISH VA UNI SO‘NDIRISH TARTIBI



Yüklə 272,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix27.09.2023
ölçüsü272,39 Kb.
#149675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ipoteka krediti X.B

7. KREDIT BERISH VA UNI SO‘NDIRISH TARTIBI 
7.1. Qarz oluvchi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng, ushbu shartnomaning 2.1-bandida 
ko‘rsatilgan kredit summasi Sotuvchining bankda ochilgan omonat hisob varag‘iga yoki bank plastik kartasiga pul 
o‘tkazish orqali ko‘chirib beriladi: 
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan ipoteka (garov) shartnomasining asl 
nusxasi; 
b) Bank krediti hisobiga sotib olingan va Qarz oluvchining nomiga rasmiylashtirilgan uy-joyning oldi-sotdi 
shartnomasining davlat kadastr organida ro‘yxatga olingan asl nusxasi, shuningdek, turar-joyga mulk huquqini 
tasdiqlovchi hujjatlar; 
v) Sug‘urta to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, garov predmetining sug‘urta polisi. 
7.2. Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchining kreditni qaytarish bo‘yicha to‘lovlari qo‘yidagi tartibda 
to‘lanadi: 
a) kreditga hisoblangan muddati o‘tgan foizlar to‘lovi; 
b) asosiy kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik to‘lovi; 
v) muddatli foizlar to‘lovi; 
g) muddatli asosiy kredit qarzdorligi to‘lovi; 
d) qarz oluvchining boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar. 
7.3 Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchi ilovada keltirilgan to‘lovlar jadvaliga asosan oylik to‘lovlarni 
amalga oshirish yo‘li bilan kreditni qaytaradi va unga hisoblangan foizlarni to‘laydi. 
7.4. Mazkur Shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga kelgan hollarda, Bank o‘zining 
talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan tegishli pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 783-moddasiga muvofiq Qarz oluvchining hisobvarag‘i (plastik karta, omonat va b.)dan akseptsiz 
tartibda so‘ndiradi (undirib) oladi, shuningdek, qarzdorliklar Notariusning ijro xati asosida qoplanishi mumkin. Bank 
bu haqda Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining mobil telefoniga SMS xabarnoma 
yuboradi. 
7.5. Kredit qarzdorliklar qaytarilmaganligi sababli sud hujjatiga yoki notarius ijro xatiga asosan majburiy 
undiruv choralari ko‘riladi. 

Yüklə 272,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin