A=x
0
,yo,Zo
(6.1,a - rasm), to ‘g ‘ri chiziq kesimi konturi matrisa-ustun
bloki ko‘rinishidagi kontuming qismlari nuqtalarining matrisa -
kordinatasi ko‘rinishida tasvirlanadi (6.1,b-rasm).
4 '
X j az „ '
L =
A
=
X
,
r,
z,
A .
_X
2
y
2
Z
2
Nuqta va kontum ing koordinatalarini o ‘zgartirish matrisani ko‘-
paytirish orqali izohlanadi.
Ai= A0T yoki Li=L0Ti
(6.2)
122
bu yerda Ao va Lo - nuqtaning va kontuming o ‘zgartirilguncha
bo lgan mos koordinatalari matrisalari, Ai va Li — o ‘zgartirilgandan
keyingi koordinata matrisalari, T — o ‘zgartiruvchi matrisa
с d
(6.3)
^
[xo
y0z0!
Y2
A,
X0Y0
L - A'
=
X' Y'
A,
X J
2
A ] [XyYy
x0
X ,
x2
x
3
X
b)
6.1-rasm. Nuqtaning (a) va kontuming (b) tasvirlanishi.
Bunday holda nuqtani umumiy o ‘zgartirish quyidagicha izohla
nadi:
T o‘g'ri chiziq kesmasini o ‘zgartirishda dastlab (6.2), (6.4)
formula bo‘yicha kesmani oxirining koordinatalari hisoblanadi,
so‘ngra yangi kesma o ‘tkaziladi. Bunda chizmalaming parallelligi
buzilmaydi, berilgan kesmaning kesishish nuqtasi yangi chiziqning
kesishish
nuqtasiga
o‘tadi.
Xuddi
shu
tartibda
geometrik
shakllaming o ‘zgartirishni matematik izohlash mumkin.
(6.4)
123
Mashina grafikasining imkoniyatlari asosan uning apparatli qis-
miga bog‘liq hisoblanadi. M a’lumki mashina grafikasining apparatli
vositalari juda tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda, bu esa ularning
dasturiy ta ’minotini ham kengaytirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Keyingi yillarda grafikli adapterlar uchun beshta asosiy
standartlar yaratildi. Ular grafikli displeylarga xizmat ko‘rsatuvchi
maxsus elektron platalar hisoblanadi:
- MDA, monoxrom displey adapteri (matnli rejimda 80 x 25
belgiga ruxsatli);
- CGA, rangli grafikli adapter (rangli rejimda 320 x 200 nuqtaga
ruxsatli, 16 rangli palitiadan 4 ta rangli va monoxromada 640 x
200);
- HGG, Hercules firmasining adapteri (monoxrom rejimda 720
x 348 ruxsatli);
- EGA, kengaytirilgan grafikli adapter (640 x 350 nuqtalami 16
rangda tasvirlashga ruxsatli);
- PGA, professional grafikali adapter (16 rangda tasvirlashda
1024 x 768 nuqtalarga ruxsatli).
Keyingi yillarda VGA (Videografikli adapter) adapteridan juda
keng foydalanilmoqda. VGA standarti 16 ta rangda tasvirlanadigan
640 x 480 nuqtaga ruxsatni ta ’minlaydi va oldingi formatlami
(CGA,EGA) qo‘llab-quvvatlaydi. VGA adapterining muhim afzal-
liklaridan biri bo‘lib, uning ertangi kun videoadapteri bilan mos
tushishligi hisoblanadi. Bu adapterni takomillashtirib Super VGA
videoplata hosil qilinadi. Super VGA
adapteri ruxsat berish
xususiyati bo‘yicha Hercules firmasi standartlarini, ya ni MDA,
CGA, EGA rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Undan tashqari, bu
adapter VGA ning barcha rejimlarida ishlaydi va 256 rangda 640 x
480, 512 x 512 hamda 800 x 600 nuqtaga, 16 rangda 1024 x 768
nuqtaga,
1024 Kbayt xotiraga ega bo‘lganda 256 rangda
tasvirlashga ruxsatni ta’minlaydi.
Zamonaviy grafikli adapterlaming bufer xotiralari 16 К baytdan
1 yoki 2 M baytni tashkil etadi.
Mashina grafikasining dasturiy ta’minoti pastdan yuqoriga mos
tushishlik tamoyili bo‘yicha yaratiladi. Mashina grafikasi vositalari
6.3. M ashina grafikasining dasturiy vositalari
124
monoxromli va rangli, ikki o ‘lchovli va uch o ‘lchovli turlarga
bo‘linadi. Ikki va uch oMchovli mashina grafikasi vositalari ko‘proq
hisoblash resurslarini talab etadi, shuning uchun ulardan supermikro
sinfiga tegishli shaxsiy EHMlarda foydalaniladi.
Keyingi yillarda grafikli axborotlami rastrli chiqarish qurilma-
laridan juda keng foydalanilmoqda (displeylar, printerlar, skanerlar
va boshqalar). Shuning uchun interaktiv mashina grafikasining
dasturiy ta’minoti va rastrli grafikani chiqarish uchun tezkor
algoritmlar yaratish juda muhim hisoblanadi.
Grafikli axborotlami tasvirlovchi sistemalar (tillar) ichida
GRAFOR - Fortranning grafikli kengaytmasi yuqori o'rinni
egallaydi. Bu sistema ilmiy hisoblashlar natijalarini tasvirlash, ya’ni
grafiklami, diagrammalami, sxema va chizmalarni yaratishda juda
qulay hisoblanadi. GRAFOR sistemasining kutubxonasida 400 dan
ortiq dasturlar bo‘lib, ulaming har biri grafikli primitivlami (to‘g‘ri
chiziq, aylani yoyi, markerlar va boshqalar)
chiqarish uchun
m o‘ljallangan bazis darajaga yoki funksional guruhlardan biriga
tegishli bo‘lishi mumkin. Sistemada turlicha masalalami yechish
mumkin:
grafiklami
yaratish,
funksiyalami
Fure
qatorlari,
Chebishev va Beze polinomlarini qo‘llab approksimatsiyalash va
tekislash, ikki o ‘zgaruvchili funksiya asosidagi chiziqlami chizish,
uch o ‘lchovli obyektlami tasvirlarini yaratish va boshqalar.
70-yillaming o ‘rtalariga kelib aniq texnik vositaga, dasturlash
tiliga va aniq qo‘llanish sohasiga ega grafikli sistemalami yaratish
bo‘yicha tezkor ishlar amalga oshirila boshlandi.
Bunday
sistemalarga misol qilib GKS (grafikli asosli sistema) sistemani
keltirishimiz mumkin. Bu sistema uchun, uni boshqa sistemalar
bilan bogManishini ta’minlaydgan standart grafikli interfeyslar va
ko‘pgina
dasturlash
tillarida
(Fortran,
PL-1,
Paskal,
SI)
shakllantirilgan amaliy masalalami yechish uchun yetarli bo‘lgan
asosiy grafikli funksiyalar to‘plamlari yaratilgan.
GKS sistemasini rivojlantirish asosida PHIGS (Dasturlovchili
iyerarxik interaktiv grafikli sistema) yaratildi. Bu sistema grafikli
sistemaning ishlashini boshqaruvchi amaliy dastur va grafikli
sistema o ‘rtasidagi interfeys rolini bajaradi hamda ko‘p darajali
foydalanuvchi modeliga mos keluvchi grafikli m a’lumotlaming
iyerarxik strukturasini yaratish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
125
PHIGS sistemasi dinamikli, yuqori darajadagi interaktiv grafikli
ilovalarda foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lib, avtomatlashtirilgan
loyihalash sistemalarida qo‘llaniladi.
Keyingi yillarda grafikli tasvirlarni turlicha kiritish va chiqarish
imkoniyatiga ega bo‘lgan, maxsuslashtirilgan servis xizmat ко rsa-
tuvchi mashina grafikasi paketlaridan juda keng foydalanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan paketlardan ba’zilarini
ko‘rib chiqamiz.
Microsoft firmasining Chart sistemasi k o ‘p funksiyali bo‘lib,
mashina grafikasining ko‘rgazmali dasturlarini bir qancha standart-
larda (CGA, HGC, EGA) loyihalashga m oijallangandir. Sistemada
k o ‘pgina MBBSlari va dinamikli elektron blankalar bilan bog‘lanish
uchun interfeyslar mavjuddir.
Ashton-Tate firmasi tomonidan bir qancha mashina grafikasi
dasturlari to ‘plamlari yaratilgan. Chart-Master sistemasi ko‘p sonli
ishchi diagrammalami ko‘rgazma qilish maqsadida xizmat qiladi.
Diagram-Master sistemasi ishchi grafikalami, ya’ni blok-sxema,
Ganta diagrammasi, slaydlami tasvirlarini yaratishga m o‘ljallan-
gandir. Map-Master sistemasi geografik kartalami yaratishga
m o‘ljallangan bo‘lib, unda tasvirlarni kattalashtirish imkoniyatlari
ham ko‘rib chiqilgan.
Lotus Development Corporation firmasining Freelance Pltis
sistemasi menejerlar, kotibalar, ilmiy xodimlar uchun m o‘ljallangan
bo‘lib, unda ko‘pgina m a’lumotlar bazalarida saqlanadigan axbo
rotlami grafikli tasvirlash imkoniyatlari yaratilgandir.
Eng sodda dastur paketlari bo‘lib 4-Point Grafics (4PT) sistemasi
hisoblanadi. Bu sistema kompyuterdan
foydalanishni boshlov-
chilarga m o‘ljallangan bo‘lib, u to ‘rtta rejimga, ya’ni oddiy grafikli
primitivlami (to‘g ‘ri chiziq, aylana, parabola va ellipislar) chiqarish,
bufer bilan ishlash, grafikli tasvirlarni o ‘zgartirish, ko‘rgazmali
fayllarni yaratish va chiqarish, maxsus taymerlar yordamida
harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish imkoniyatiga egadir.
Kompyuterlarda loyihalash ishlarini bajarishda matnli va grafikli
muharrirlardan foydalanish juda keng tarqalgan. K o4pincha matnli
va grafikli ishlov berish uchun integrallashgan tizimlardan
foydalaniladi. Masalan, matnli muharrir ko‘p oynali grafika, ya’ni
126
MBBT, elektron dinamikali jadvallar va boshqa dasturlar bilan
biriktirilgan bo‘ladi.
Integrallashgan dastur paketlarini rivojlantirish natijasi ekspert
sistemalar va sun’iy intellekt sistemalarini yaratilish imkoniyatlari
yuzaga keldi. Ekspert sistemalarining ishlashi bir guruh malakali
dasturlovchilar ishlashlarini imitatsiya qilib, asosan bilimlarga
tayanadi. Sun’iy intellekt sistemalarida esa murakkab, katta hajmli
masalalami yechish imkoniyati mavjud bo‘lib, insonlami ortiqcha
ishlami bajarishdan ozod etib, faqat ijodiy ishlar bilan shug‘ullanish
imkoniyatlarini yaratadi.
Mikro Data Baze Systems firmasining Guru integrallashgan
paketi juda qiziqarli sun’iy intellektli sistema hisoblanib, o ‘z
tarkibiga MBBS, dinamikli elektron jadvallar, matn protsessori,
ishchi grafikasi qismsistemasi, instrumental dasturlash tili, ekspert
sistemasi va tabiiy til interfeysi kabilami kiritadi. Paketga Lisp va
Fort tillari xususiyatlarini birlashtirgan va makrobuyruqlar asosida
yaratilgan dasturlashning maxsus protsedurali tillari kiritilgan. Bu
sistema yordamida bilimlar bazalarini oson yaratish mumkin va
sistema juda ko‘p funksional imkoniyatlarga ega hisoblanadi.
127
6-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar
1. Mashina grafikasi qurilmalariga qanday vositalar kiradi?
2. Mashina grafikasi qurilmalarida qanday masalalar yechiladi?
3. Kompyuterlarda mashina grafikasi vositalarida masalalami
yechishning qanday yo‘nalishlari mavjud?
4. Grafikli sistemalaming
dasturiy va texnik vositalarini
tushuntirib bering.
5. REVlarini
loyihalashda
mashina
grafikasining
asosiy
obyektlari bo‘lib nimalar hisoblanadi?
6. Mashina grafikasining matematik asoslari deganda nimalami
tushunasiz?
7. Mashina grafikasining apparatli vositalarini ishlashi uchun
kerakli grafikli adapterlaming qanday turlari mavjud?
8. VGA (Videografikli adapter) adapteri qanday
funksional
imkoniyatlarga ega?
9. PHIGS (Dasturlovchili iyerarxik interaktiv grafikli sistema)
ishlash tamoyilini tushuntirib bering.
10. Shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan qanday grafikli
qurilmalar dastur paketlarini bilasiz?
128
7-BO‘LIM. RADIOELEKTRON APPARATLARNI
LOYIHALASHNING AMALIY DASTUR PAKETLARI
REVlarini loyihalashni avtomatlashtirishga m o‘ljallangan dastur
sistemalarini ikkita guruhga bo‘lish mumkin: sxemotexnik loyiha
lash sistemalari va konstruktorlik loyihalash sistemalari. Loyiha
lashni avtomatlashtirish sistemalarini bunday guruhlarga bo‘linishi
shartli boMinish hisoblanadi, ayniqsa, mikroelektron apparatu-
ralarini, o ‘ta yuqori chastota va nurlantiruvchi qurilmalami
loyihalashda. Oxirgi yillarda bu ikki turdagi radioqurilmalami
loyihalashni avtomatlashtiruvchi dastur paketlarini jamlashtirishga
harakat qilinmoqda.
REVlarini loyihalashni avtomatlashtirish sistemalarining asosiy
dastur paketlaridan tashqari, bir qancha yordamchi paketlardan,
ya’ni matematik paketlar, m a’lumotlar bazasi, grafikli va matnli
muharrirlar va elektron jadvallardan ham foydalaniladi.
7.1. REVlarini sxemotexnik loyihalashni avtom atlashtirish
uchun dastur paketlari
Radioelektron qurilmalarini sxemotexnik loyihalashni amalga
oshirish uchun moMjallangan juda ko‘p dastur paketlari yaratilgan
b o iib , ular asosan ishchi stansiyalari va shaxsiy kompyuterlardan
foydalanishga asoslanadi. Juda keng qo‘llaniladigan shunday dastur
paketlaridan ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Analogli va raqamli qurilmalami modellashtirish va bosma
platalami loyihalash uchun m o‘ljallangan Design Center va Design
Lab sistemasi MikroSim korporatsiyasi tomonidan yaratilgan. Bu
sistemalaming
yaratilishiga,
birinchi
versiyasi
70-yillarda
Kalifomiya universitetida yaratilgan taniqli PSPICE sistemasi asos
bo‘ldi. Ulaming imkoniyatlari operatsion sistemaning variantlariga
juda b o g iiq hisoblanadi.
Xususiy hollarda sistema analogli, analogli-raqamli va raqamli
radioqurilmalami, dasturlanuvchi mantiqli integral sxemalar baza-
129
sida modellashtirish, real bosma platalarga xos parazit sig‘im va
induktivlikni
hisobga
olgan
holda,
ulami
modellashtirish
imkoniyatiga egadir.
Design Center va Design Lab sistemalari REVlari prinsipial
sxemalarining grafikli muharrirlariga ega bo‘lib, bu muharrir bir
vaqtda sistemaning dastur modullarining barcha bosqichlarini ishga
tushirish uchun qo‘llaniladigan boshqaruvchi oyna vazifasini ham
o‘taydi. Sistema radioqurilmalarining doimiy va o ‘zgaruvchan tok
bo‘yicha ishlash tartiblarini hisoblash, spektral tahlil qilish,
REVlaridagi o ‘tish jarayonlarini modellashtirish, shovqinlar dara-
jasini hisoblash, qurilmani ishlashidagi
haroratini variatsiyasini
hisobga olish imkoniyatiga egadir. Analogli-raqamli va raqamli
qurilmalarni modellashtirish, REVsining analogli va raqamli
qismlarini bog‘lashni ta ’minlash maqsadida, analogli-raqamli va
raqamli-analogli interfeyslami ulab, mantiqiy darajada amalga
oshiriladi.
Sistemada analogli-raqamli qurilmalarni berilgan kriteriyalar
bo‘yicha, taqqoslanilayotgan komponentlar parametrlariga qo‘yil-
gan, chiziqli b o ‘lmagan cheklanishlar mavjudligida parametrik
optimallashni amalga oshirish mumkin. Sistema avtonom rejimda
P-CAD formatidagi bogianishlar haqida,
sistema tarkibida esa,
prinsipial sxema grafikli muharriridan
axborotlar qabul qiluvchi
bosma plata grafikli muharririga egadir. REVlari komponentlari
bosma plataning bitta yoki ikkita qavatiga avtomatik ravishda yoki
qo‘lda joylashtiriladi, undan keyin ko‘pqavatli bog‘lanishlami avto
matik yoki interaktiv rejimlarda trassirovka qilinadi. Trassirovka
natijasi bo‘yicha dasturli boshqariluvchi, sverlillovchi stanoklar
uchun va fotoshablonlar tayyorlash uchun buyruqli fayllar
yaratiladi. Konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash uchun m a’lumot
lami AutoCAD sistemasiga uzatish ham mumkin.
Design Center va Design Lab sistemalariga qo‘shib REVlarining
elementlarining ko‘p sonli grafikli belgilari kutubxonasi, sakkiz
mingdan ortiq komponentlar (diodlar, tiristorlar, bipolyar va
maydonli tranzistorlar, operatsion kuchaytirgichlar, kuchlanishlar
komparatorlari, kvarsli rezanatorlar, magnit serdechniklar, raqamli
va analog-raqamli mikrosxemalar) matematik modellarga ega
130
m a’lumotlar bazasi beriladi. Kutubxonani
to ‘ldirib turish imko-
niyati ham mavjud.
Intursoft firmasi tomonidan yaratilgan ICAP sistemasi ham
sxemotexnik
loyihalash jarayonini
avtomatlashtirishda xuddi
shunday imkoniyatlarga egadir. Bu sistema ham PSPICE dastur
paketi asosida yaratilgan bo‘lib, uning boshqa sistemalardan farqi,
oyna muharririning juda qulayligi, o ‘lchov qurilmalari bilan ishlay
olish imkoniyati, sistemaning chiqishidagi fayllar P-CAD paketi
bilan mos tushishligi hisoblanadi.
1970-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida, radiochastotali
qurilmalami, ayniqsa, o ‘ta yuqori chastotali
diapazonlarda ish-
lovchi qurilmalami loyihalash uchun dasturlar yaratuvchi, dunyoda
mashhur Compact Software firmasi o ‘zining Super-Compact dastur
paketining birinchi versiyasini yaratdi. Bu dastur paketi juda qulay
va samarali bo‘lib, hozirgacha rivojlantirilib, takomillashtirilib
ishlatib kelinmoqda. Paketdagi 0 ‘YuCh zanjiri elementlarining
yetarlicha aniqlikdagi matematik modellari, kirish tillarining
qulayligi, dastur paketini filtrlami, kelishuvchan zanjirlami va
0 ‘YuCh diapazonidagi bog‘lanish zanjirlarini loyihalashda juda
keng qo‘llanishiga olib keldi. Paketda ikki, to ‘rt, olti va sakkiz
qutbli ko‘rinishdagi, A, S, Y parametrlari bilan xarakterlanuvchi
baza elementlaridan foydalaniladi. Ko‘p qutbli elementlardan
foydalanish uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.
Qurilmalami izohlash komponentlar bo‘yicha amalga oshiriladi,
har bir qatorda komponentning turi, uning zanjirga ulanish usuli va
optimallash jarayonida parametrlarining o ‘zgarish chegaralarining
y o i qo‘yilgan qiymatlari aks ettirilgan komponentlaming para
metrlari ko‘rsatiladi.
Qurilmalar parametrlarini optimallash, ulaming bir qancha xa-
rakteristikalari va bir qancha holatlari uchun bir vaqtda bajarilishi
mumkin. Masalalar, 0 ‘YuCh - diodli ulagichni bir vaqtda, ya’ni yo-
qilgan holatida ham va o ‘chirilgan holatida ham optimallash mum
kin. Optimallash gradiyentli uslub va tasodifiy izlash uslublaridan
bittasidan foydalanib amalga oshiriladi. Qurilma parametrlarini
optimallash jarayoni solishtirilayotgan parametrlaming o ‘zgarish
chegaralarida amalga oshiriladi.
131
Loyihalovchi larga yarimo‘tkazgichli
komponentlar,
o ‘tkaz-
gichlar va dielektrik materiallar haqida m a’lumotlar berish uchun
paketga bir qancha m a’lumotlar banki kiritilgan, ulardan m a’lumot
larni izlash buyruqlar darajasida, berilgan texnik xarakteristikasi
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Paketda foydalanuvchi o ‘zining
m a’lumotlar bazasini yaratishi ham mumkin.
Axborotlami monitor ekraniga, chop etish qurilmasiga, graf-
quruvchilarga chiqariladi, ular tarkibiga
qurilmaning sxemasi,
uning jadval ko‘rinishida tasvirlangan maydondagi yoki dekart
koordinata sistemasidagi turli chastotali xarakteristikalari kirishi
mumkin. Yaratuvchining talabi bo‘yicha
Super-Compact dastur
paketi teng kuchayish chizig‘ini, shovqinlar darajasini, qurilmaning
stabilligi chizig‘ini
qurishi
mumkin.
Ba’zi
bir uchastkalar
xarakteristikalarini aniq o ‘rganish uchun masshtabini kattalashtirish
imkoniyatlari ham yaratilgan.
Super-Compact paketini takomillashtirilishi natijasida
80-
yillaming o ‘rtalariga kelib, unga mos keluvchi Microwave Har
monica sistemasi yaratildi. Unda bir qator kam shovqinli kuchay-
tirgichlar, katta quvvatli kuchaytirgichlar, generatorlar, ulagichlar va
boshqa radiochastotali traktlar qurilmalari hisoblangan chiziqli
bo‘lmagan 0 ‘YuCh qurilmalarini modellashtirish mumkin. Bu
sistemada chiziqli bo‘lmagan qurilmalarni modellashtirish uchun
garmonik
balans
uslubidan
foydalaniladi.
90-yillarga
kelib
Microwave Harmonica sistemasining Windows platformasiga mos
lashtirilgan versiyasi yaratildi. Bu dastur paketining versiyalaridan
turli ishlarga m o‘ljallangan radioapparaturalarini yaratuvchilari juda
keng foydalanib kelmoqdalar.
Keyingi yillarda bunday dasturlami Ansofit firmasi yanada
takomillashtirib bormoqda. Ular tomonidan juda k o ‘p dastur
paketlari yaratilgan:
- Serenade dastur paketi, unda 0 ‘YuCh qurilmalaridan tashqari,
optoelektron qurilmalarni ham modellashtirish va optimallashtirish
mumkin. Uning juda ko‘p versiyalari mavjud bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi Windows platformasiga moslashtirilgan;
- Super-Spice dastur paketi, unda taniqli Spice dasturini
kiritilishi orqali 0 ‘YuCh qurilmalarini vaqt bo‘yicha modellash
tirish masalasi yechiladi;
132
— Microware
Success,
radiotelefon
sistemalarini
model-
lashtirishga m o‘ljallangan;
- Microware Explorer, radioelektron qurilmalaming turli ele-
mentlarining elektromagnit maydonlarini modellashtiruvchi sistema
va boshqalar.
Ansoft firmasida dastur ta ’minotlari yaratilishidan tashqari,
0 ‘YuCh qurilmalari va optoelektron texnikasi elementlarining
chiziqli va chiziqli bo‘lmagan modellariga ega m a’lumotlar
banklarini ham qo‘llab-quvvatlab turiladi.
Spectrum Software firmasi yaratgan
Micro-САР dastur
paketining 5.0 versiyasi analogli va analogli-raqamli qurilmalami
tahlil qilish va modellashtirishga m o‘ljallangan b o iib , undan turli
radioelektron qurilmalami yaratishdagi injenerlik va o ‘qitish
amaliyotlarida keng foydalaniladi. Dastur paketi grafikli muharrirlar
yordamida kiritilgan elektron qurilmalar prinsipial sxemalarini
xarakteristikalarini tahlil qilishni amalga oshiradi. Dastur yordamida
to ‘rtta turdagi tahlil qilishni, ya’ni o ‘tish jarayonlarini hisoblash,
chiziqli bo‘lmagan elektrik zanjirlami doimiy tok bo‘yicha tahlil
qilish, zanjirlar chastotali xarakteristikalarini hisoblash va o‘tish
jarayonlarini spektral tahlil qilishni amalga oshiradi. Komponentlar
kutubxonasida
operatsion
kuchaytirgichlar,
yarim o‘tkazgichli
diodlar, bipolyar va maydonli tranzistorlar, transformatorlar, sinu
soidal hamda impulsli signallar, tok hamda kuchlanish manbalari va
turli passiv komponentlar mavjuddir, undan tashqari yaratuvchi
kutubxonani komponentlar bilan to‘ ldirib turishi imkoniyati
yaratilgan. Natijalami
monitor ekranidan, chop etish qurilmasi
orqali
grafquruvchilarda,
qurilma
sxemasi,
modellashtirish
parametrlari va uning natijalarini jadval yoki grafik ko‘rinishlarda
olish mumkin.
Micro-LOG dastur paketi ham Spectrum Software firmasida
yaratilgan bo‘lib, raqamli qurilmalami mantiqiy darajada model
lashtirishga m o‘ljallangan. Modellashtirish raqamli qurilmalardagi
signal ushlanishlarini hisobga olmasdan (sinxron algoritmlar
asosida) va signal ushlanishlarini hisobga olgan holda (asinxron
algoritmlar asosida) amalga oshirilishi mumkin. Dastur paketi bir
vaqtda har biri
200
tagacha ventillardan
tashkil
topgan
to ‘qqiztagacha turli raqamli bloklami yaratish va modellashtirish
133
imkoniyatiga ega.
Modellashtirish
natijalari
bo‘lib,
raqamli
qurilmalarning turli qismlarini taktlar soni bilan aniqlangan,
modellashtirish vaqti davomidagi signallarning vaqt diagrammalari
hisoblanadi. Kirish signallarining dasturlangan generatori 1024
tagacha taktni kiritishi mumkin, taktning minimal uzunligi 1 ns. ga
teng.
Modellashtirilayotgan raqamli qurilmani izohlash interaktiv
mashina grafikasi yordamida qurilma sxemasini monitor ekranida
chizish y o ii bilan amalga oshiriladi. Sistemada kiritilgan menyu
sxema uchun kerakli elementni oson tanlash, qurilma sxemasini
redaktorlash, fayllar bilan ishlash va modellashtirish natijalarini
turlicha tasvirlash imkoniyatlarini beradi. Raqamli qurilmalar
parametrlari haqida yaratuvchiga m a’lumotlar berish uchun paket
m a’lumotlar bankiga ega. Unda k o ‘proq ishlatiladigan mikro
sxemalar
seriyalari,
turlari,
kirish
signallarining
standart
generatorlari va takt generatorlari haqidagi m a’lumotlar saqlanadi.
Bank foydalanuvchi tomonidan kengaytirish imkoniyatiga ega.
N atijalar monitor ekraniga, chop etish qurilmasiga, grafquruv-
chilarga raqamli qurilma sxemasi va foydalanuvchi tanlagan qism
signallarining vaqt diagrammalari ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.
7.2. REV larini konstruktorlik loyihalashni amalga oshiruvchi
d astu r paketlari
Yuqorida k o ‘rib o ‘tiilgan dastur paketlarining ko‘pchiligida
sxemotexnik loyihalashdan tashqari konstruktorlik loyihalash ma
salalari ham ко ‘rib chiqilgan. Lekin konstruktorlik loyihalashning
turli
masalalarini to ‘liq yechish uchun m o‘ljallangan dastur
paketlari ham mavjud.
Persona] CAD Systems, Inc. firmasining P-CAD dastur paketi
elektron qurilmalarni loyihalash, ulami sxemalarini kiritish va
bosma platalari sxemalarini loyihalash uchun m o‘ljallangan to'liq
dasturiy majmuadir. Dastur paketida sxemada izohlangan mantiq,
bosma plata topologiyasiga mujassamlashtiriladi, dasturlar mantiqiy
modellashtirishni amalga oshiradi, loyihalash qoidalariga amal
qilinganligini tekshiradi, modellashtirish
uchun
bog‘lanishlar
tartiblarini yaratadi, komponentlami avtomatik joylashtiradi, bosma
134
platani trassirovka qiladi va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
uchun hujjatlami yaratadi. Paket o ‘zaro birgalikda ishlaydigan
loyihalash
vositalariga,
foydalanuvchi
uchun qulay oynaga,
intellektual m a’lumotlar bazasiga, katta kutubxonaga, muloqotli
muharrirlarga, tahlil qiluvchi vositalar bilan bog‘lanish vositasiga
ega. Paket ochiq arxitekturaga ega bo‘lib, montaj qilish texno-
logiyasi va boshqa loyiha hujjatlari uchun tayyor hujjatlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Displeyda tekshirilgandan so‘ng hujjatlami printerga, plotterga
yoki fotoplotterga chiqariladi. Sistema foydalanuvchiga loyihalash
jarayonini menyu, aytib berish va to ‘g ‘rilash
orqali amalga
oshirishga
yordam
beradi.
Bosma
platalami
loyihalashga
m o‘ljallangan sistema uning topologiyasini to ‘liq yaratuvchi, ya’ni
muloqot qiluvchi muharrirdan boshlab, komponentlami avtomatik
joylashtirish, bog‘lanishlami avtotrassirovka qilish, loyihalash
qoidalariga va yo‘nalishiga amal qilinganligini tekshirish, undan
tashqari ishlab chiqarish bilan bog‘lovchi vositalarga egadir.
Dastur paketi kutubxonasi juda ko‘p elektron sxema kompo
nentlari, diskret va elektromexanik detallar, mavjud va buyurtma
qilinadigan mikroyig‘ilgan integral sxemalar haqida m a’lumotlarga
egadir. Paket 500 tagacha elementga va 2000 tagacha bog‘la-
nishlarga ega bosma platalami loyihalash imkoniyatiga egadir.
Konstruktorlik loyihalashni amalga oshiruvchi dastur paketlariga
yana OrCAD, AutoCAD sistemalari ham kiradi.
OrCAD System Corp. firmasining OrCAD dastur paketi sxe
motexnik va konstruktorlik loyihalash jarayonini loyihalashni
avtomatlashtirishga m o‘ljallangan dastur paketi, prinsipial sxema-
lami chop etish, bosma platalami trassirovka qilish va boshqa
sxemalarni kiritish, chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shimcha imko-
niyatlarga egadir. Dastur kutubxonasi 2700dan ortiq REVlar
tasvirlariga ega bo‘lib, sistemada elementlaming shartli belgilarini
oson yaratish mumkin. Undan tashqari sistemada elementlar
ro‘yxatlarini (spetsifikatsiyalarini) yaratish, bog‘lanishlami, ya’ni
o ‘tkazgichlami, shinalami, modullaming kirishlarini joylashtirishni
amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Sistema hozirda REVlarini
prinsipial sxemalarining grafikli tasvirlarini kiritish-chiqarishning
qulay imkoniyatlariga,
ko‘pgina modellashtiruvchi
va tahlil
135
qiluvchi qismtizimlarga, grafikli paketlarga qulay chiqishga ega
hisoblanadi.
Auto Desk firmasining AutoCAD paketi universal dastur paketi
hisoblanib, mashina grafikasining zamonaviy vositalari asosida ya-
ratilgandir. Sistema yordamida turli texnik obyektlami, ya’ni
uylami, bosma platalarni, stanoklami, turli detallami, kiyim-
kechaklarni va boshqalam i loyihalash mumkin. Sistemada chiz
malar, rasmlar va sxemalar interaktiv rejimlarda, iyerarxik menyu-
dan foydalanib yaratiladi. Har bir chizmaga uni tushuntiruvchi matn
kiritilishi mumkin, undan tashqari tasvirlami kattalashtirish,
masshtablashtirish, burish, seksiyalashtirish va boshqa o ‘zgar-
tirishlami kiritish mumkin. Sistemada juda ko‘p grafikli qurilmalar
drayverlarini, ya’ni grafikli displeylar, matrisali printerlar, grafikli
planshetlar
va
plotterlami
tanlash
imkoniyatlari
yaratilgan.
Sistemaning eng muhim imkoniyati bo‘lib uning real obyektlami
yaratish imkoniyatini
beruvchi uch o ‘lchovli grafikada ishlashi
hisoblanadi. Hozirda sistema uzluksiz takomillashtirilib borilmoqda,
uning oxirgi versiyasida LISP tilining bitta versiyasi hisoblangan
AutoLisp tili interpretatori kiritilgan bo‘lib, undan sun’iy intellektli
sistemalarda belgili ishlov berishda juda keng foydalaniladi. Bu
tildan
foydalanish
foydalanuvchiga
AutoCAD
muhitining
funksiyalari va buyruqlarini qo‘llab, uni boshqa sistemalar bilan
bog‘lanishini ta’minlaydi. Hozirda sistemaning konstruktorga
yaratish jarayonida, yechimlar qabul qilishi uchun yordam beruvchi
ekspert sistemalar kiritilgan murakkab versiyalari ham yaratila
boshlandi. Bunday sistemalarda loyihalash uchun kerakli qoidalar
va matematik modellar kiritilgan bo‘lib, konstmktor ishlash
davomida
yaratilayotgan
sistemaning
parametrlarini
optimal
variantlarini tanlash uchun undan maslahatlar olishi mumkin.
7.3. Elektrodinam ik m odellashtirishni am alga oshiruvchi
d astu r sistemalari
AWR firmasi tomonidan 90-yillaming oxiriga kelib Microwave
Office dastur sistemasi yaratildi. Bu sistema ikkita asosiy EMSight
va Voltaire XL dastur modullaridan tashkil etilgan b o iib , ular
yuqori chastotali integral va monolit 0 ‘YuCh mikrosxemalar,
136
antennalar, 0 ‘YuChli zanjirlami va filtrlami, kuchaytirgichlami,
avtogeneratorlami
moslashtiruvchilami
loyihalashda
yuzaga
keladigan masalalami yechish imkoniyatlarini beradi.
EMSight paketi xohlagan shakldagi o ‘tkazgichli ko‘pqavatli
muhit maydonini tahlil qilish, uzoqdagi antenna maydonini
hisoblash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Paket kengaytirilgan
grafikli imkoniyatlarga ega bo‘lib, yuqori chastotali tokni real
anematsion tasvirini, ya’ni uch o'lchovli fazoda tok ampilitudasi va
uning yo‘nalishini kuzatish imkoniyatini beradi. Undan tashqari
paket modellashtirish natijalarini tasvirlash va ularga ishlov
berishning kengaytirilgan imkoniyatlariga ega hisoblanadi.
Voltaire XL dastur paketida sxemotexnik modellashtirishning
so‘nggi yaratilgan uslublaridan foydalaniladi. Paket moduli chastota
sohasida chiziqli modellashtirishga mo‘ljallangan bo lib, О YuCh-
zanjirlarining 500 dan ortiq yig‘ma va sochma elementlarining
modellariga ega hisoblanadi.
Chiziqli bo‘lmagan qurilmalami tahlil qilish uchun garmonik
balansning bir va ko‘p chastotali uslublari, intermodulatsiyali buzi-
lishlami tahlil qilish uchun esa Volter qatorlaridan, aralash-
tirgichlami tahlil etish uchun konversiv-matrisali uslubdan foyda
laniladi. Paketda shovqinlami tahlil qilishning juda yuqori
tezkorlikdagi uslublar, undan tashqari Spice va MMICAD sistemasi
fayl larini qo‘llash uchun o ‘matilgan, sxemalarni izohlashning
integrallashgan sistemasi qo‘llaniladi. Paket kuchaytirgichlami,
aralashtirgichlami, avtogeneratorlami nochiziqli tahlil qilish, nochi-
ziqli shovqinlami, jumladan fazali shovqinlami, aralashtirgich
shovqinlarini, undan tashqari ulaming turg‘unligini nochiziqli tahlil
qilish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
EMSight va Voltaire XL dasturlari S++ obyektga yo‘naltirilgan
tilda yozilgan bo‘lib, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega va
modellashtirishning yangi yaratilgan uslublarini o'ziga jamlab olishi
mumkin.
EAGLEWARE firmasi tomonidan
LC-filtrlarini, kuchay
tirgichlami, aralashtirgichlami va avtogeneratorlami, taqsimlangan
0 ‘YuCh li moslashtiruvchi zanjirlar va filtrlami, aktiv filtrlami va
boshqa REV lar elementlarini loyihalashga mo'ljallangan Genesys
universal dastur sistemasi yaratilgan.
Sistema bir qancha dastur
137
modullaridan tashkil qilingan bo‘lib, ulaming ichida eng asosiylari
bo‘lib SuperStar Pro, Schemax, Layout, Filter, Oscillator, Match,
Т/Line va boshqalar hisoblanadi.
SuperStar Pro paketi 0 ‘YuCh va past chastota diapazonidagi
zanjiming passiv komponentlarining juda k o ‘p modellariga ega
radiochastotali zanjirlarni modellashtirish uchun yuqori tezkor-
likdagi dasturdir. Radiochastotali zanjirlaming aktiv komponentlari
S-parametrlardan foydalanib modellashtiriladi. Schemax paketi
modellashtirilayotgan REVlar elementlarini grafikli ko‘rinishlarini
SuperStar Pro dasturiga uzatish uchun intuitiv darajada yaratish
imkoniyatiga egadir. Dastur zanjirlarni izohlari fayllarini Design
Center va Design Lab sistemasi va boshqa 0 ‘YuChli zanjirlarni
izohlovchi standart formatlardan import qiladi.
Layout paketi
SuperStar Pro
va
Schemax
dasturlarida
modellashtirilgan qurilmalarni izohlari bo‘yicha, topologiyasini
sintez qilish va ularda o ‘tkazgich bo‘yicha tok taqsimlanishini uch
o ‘lchovli animatsion tasvirlarini k o ‘rsatish imkoniyatiga egadir.
Layout dasturi qurilmada 128 tagacha qavatdan, shu jumladan
metallashtirilgan qavat, dielektrik qavat va montaj qavatlaridan
foydalanish imkoniyatini beradi. Dastur 0 ‘YuCh zanjirlarining
passiv va aktiv komponentlari geometrik obrazlarining juda katta
kutubxonasiga
egadir.
Dastuming
chiqish
fayli
AutoCAD
sistemasining DXF fayliga mos keladi.
Filter va Oscillator paketlarining har xil modifikatsiyalari
turli tipdagi 0 ‘YuCh, LC va aktiv filtrlami, avtogeneratorlami,
kuchaytirgichlami, shovqinlami analiz qilib,
sintez qilish imko
niyatini beradi.
Match paketi ikkita xohlagan yuklanishli ulangan yig‘ma va
taqsimlangan moslashtiruvchi zanjirlarni sintez qilishga mo‘ljal-
langan. Т/Line paketi esa, bitta va uzatuvchi sim bilan bog‘langan
turli
konfiguratsiyalami,
ulaming
geometrik
va
elektrik
xarakteristikalari bo‘yicha analiz va sintez qilishga m o‘ljallangan.
Genesys sistemasida mukammallashtirilgan grafikli interfeys
qoMlaniladi va u sanoatda ishlab chiqarilgan bir necha ming aktiv va
passiv komponentga hamda kutubxonaga ega. Sistema Microsoft
firmasining dastur ta ’minoti standart interfeysi bilan to ‘liq mos
tushuvchi, foydalanuvchiga qulay interfeysga ega bo‘lib, juda ko‘p
138
yordamchi fayllar bilan ta’minlangan, bu esa sistemani foydalanish
qulay va o'zlashtirish uchun oson sistema bo‘ lishligini ta minlaydi.
7.4. REAIari sxemalarini modellashtiruvchi dastur
vositalari
Zamonaviy radioelektron vositalar odatda bir-biriga о zaro
bog‘liq
bo‘lgan tashkil etuvchi qismlami o‘z ichiga oluvchi
murakkab texnik obyektdir. Har bir tashkil etuvchi qism alohida
mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab chiqarilmoqda. Ana shunday
tashkil etuvchi qismlarda kechayotgan jarayonlami tekshirish, ulami
yaratishda elementlar xarakteristikalarini optimallashtirish masa
lalarini yechish hozirda juda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bu masalani yechish hozirda zamonaviy kompyuter dasturlari
asosida amalga oshirilmoqda.
Modellashtirish dastur vositalari sifatida MATLAB, MathCAD,
Maple, Electronics Workbench,
Multisim singari amaliy dastur
paketlaridan foydalanish mumkin.
Modellashni abstrakt darajada yoki qurilmalarda kechadigan
fizik jarayonlarga yaqinlashtirilgan holda amalga oshirish mumkin.
K o‘pchilik dasturlar, masalan, MATLAB yordamida murakkab
dinamik jarayonlami real vaqt masshtabida modellash mumkin.
Bundan tashqari, kompyuter dasturlari asosidagi modellash muhiti
virtual laboratoriyalami yaratish uchun ideal tarzda mos bo‘lgan
iyerarxik
tarkiblar
ko‘rinishidagi
elementlar
kutubxonalarini
yaratish imkoniyatini beradi.
Kompyuter texnologiyalaridan radioelektron qurilmalarda ke
chadigan real jarayonlami, shu jumladan elektr zanjirlarida sodir
bo‘ladigan jarayonlami modellashtirish, loyihalash jarayonlarini
optimallashtirish va yaratilayotgan qurilmalaming puxtaligini
oshirish imkoniyatini beradi.
Electronics WorkBench dasturi elektr va elektron sxemalarni
modellash uchun ishlatiladi. Nisbatan kichik hajmga ega bo‘lishiga
qaramasdan, unda katta miqdordagi real elementlaming modellari
mavjud. U sxemotexnik tahrirlagich va SPICE simulyatomi o ‘z
ichiga olgan integrallashgan paket bo‘lib hisoblanadi.
139
Electronic WorkBench dasturi signallar generatorlari, ossil-
lograflar,
tester lar,
jahondagi
ko‘plab
taniqli
firmalaming
(Motorola, Nationl, Philips, Toshiba va boshqalar)
yarim
o ‘tkazgichli asboblari va mikrosxemalarini o ‘z ichiga oluvchi katta
kutubxonaga ega. Uning yordamida elektr zanjirlar, analog hamda
raqamli elektron sxemalami tahlil qilish mumkin.
Electronic WorkBench dasturi tayyor elementlardan tekshirila-
digan sxema yig‘ilgandan keyin uning har bir komponentining ma
tematik modellarini o ‘zaro bog‘laydi va chiziqli bo‘lmagan dif-
ferensial tenglamalar sistemasi ko‘rinishiga o ‘tkazadi.
Ularga
asosan chiziqli bo‘lmagan algebraik tenglamalar sistemasini hosil
qilib takomillashtirilgan Newton-Raphson usulidan foydalanib sonli
k o ‘rinishda yechadi va natijalami sxemaga ulangan o ‘lchash
asboblariga
(ampermetrlar,
voltmetrlar)
yoki
ikkita
nurli
ossillografga uzatadi. Bundan tashqari dasturda grafik analizator
ham mavjud. O ssillograf va grafik analizator elektr zanjirlarida
sodir bo‘ladigan jarayonlam i xotirasiga yozib oladi va keyinchalik
ulami har tomonlama tahlil qilish imkoniyatini beradi.
MATLAB
tizimi
yordamida
qurilmalarda
kechadigan
jarayonlam i modellashtirish uchun
Simulink va Power System
kengaytmalar paketlari xizmat qiladi. Ushbu paketlaming kutub-
xonalarida ko‘plab virtual elementlar va o‘lchov asboblari mavjud boMib,
har qanday murakkab elektr zanjirlarini har tomonlama tadqiq qilish
imkoniyatini beradi.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblami
avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, TK Solver!, Derive,
Mathcad, Mathematica, Maple V va boshqa dasturiy tizimlar va
dasturlaming to ‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB
imkoniyatlari va mahsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
MATLAB — bu vaqt sinovidan o ‘tgan matematik hisoblami
avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallami qo‘l-
lashga asoslangan. Matritsalar murakkab matematik hisoblarda
jumladan chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik
tizimlar hamda obyektlami modellashda keng qo‘llaniladi. Ular
dinamik tizimlar va obyektlarning holat tenglamalarini avtomatik
ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga
MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi mumkin.
140
Lekin hozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy
tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda
modellash tizimiga aylandi.
«Integrallashgan» so‘zi bu tizimda
qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy
protsessor va boshqalar o ‘zaro birlashtirilganligini bildiradi.
Umuman olganda
MATLAB matematikaning rivojlanishi davo
mida to ‘plangan matematik hisoblashlar bo‘yicha tajribani o ‘zida
mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya vositalari
bilan uyg‘unlashtirilgan. MATLAB tizimi ilova qilinadigan katta
hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni matematik ta ’minlash
b o ‘yicha ko‘p tomli m a’lumotnoma bildirgich (spravochnik)
vazifasini bajarishi mumkin. Lekin ushbu hujjatlar hozirgi vaqtda
faqat ingliz tilida va qisman yapon tilida mavjud.
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqqan va 70-
yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. MathWorks
Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillaming
boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh sinfidagi kompyuterlar
uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB
tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar
bo‘yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Hozirgi
vaqtda tizimning eng yangi versiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7
mavjud.
MATLAB tizimining dasturlash tili an’anaviy dasturlash
tillariga nisbatan afzalliklarga ega. MATLAB ning imkoniyatlari
juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va
texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.
Multisim - bu qisqa vaqt ichida elektron qurilmalami
loyihalarini yaratishga imkon beradigan sxemalar interaktiv dasturiy
vositasi hisoblanadi. Multisim o*z tarkibiga Multicap qism dasturini
kiritgan bo‘lib, bu esa sxemalarni dasturiy tavsiflash va ulami
ishlashlarini sinash maqsadida modellashtirish imkoniyatlarini
beradi.
Multisim to ‘plami Windows standart interfeysidan foydalanishga
m o‘ljallangan ideal vosita bo‘lib, sxemalarni ishlab chiqish va
sinash vositalarini chuqur integratsiya qilish uchun National
Instruments tomonidan ishlab chiqilgan LabVIEW va Signal
Express dastur vositalari bilan o ‘zaro moslashtirilgan.
141
Multisim sistemasi foydalanuvchilar uchun sxemaga virtual
o ‘lchash anjomlarni ulashga imkon beradi. Bu esa, real jarayonlami
imitatsiya qilish orqali natijalami sodda va tezkor ko‘rish usuli
hisoblanadi. Zaruriyat b o ‘lganda yuqori murakkablikdagi sxe
malami tahlil qilish uchun Multisim tahlilning turli funksiyalarini
taqdim etadi. Multisim tarkibiga Grapher - ko‘rish va m a’lumotlami
tahlil qilish uchun kuchli vosita kiritilgan.
0 ‘tkazgichlar rangini o ‘zgartirish imkoniyati sxemani o ‘z-
lashtirish uchun ancha qulaylik yaratadi. Turli ranglar yordamida
grafikani ham tasvirlash mumkin, bu esa bir necha bog‘liqliklami
bir vaqtda tadqiq qilishda juda qulaydir.
Komponentlar - bu istalgan sxemaning asosi bo‘lib, istalgan
sxemani tashkil etuvchi barcha elementlar hisoblanadi. Multisim
dasturida komponentlarning ikki toifasi bilan ishlanadi - real va
virtual. Virtual komponentlardan farqli o ‘laroq real komponentlarda
bosma platada aniq, o ‘zgarmas qiymat va o ‘z munosiblik mavjud.
Virtual komponentlar faqat emulatsiya uchun zarur, foydalanuvchi
ularga ixtiyoriy parametrlami berishi mumkin. Multisim dasturida
boshqa komponentlar toifasi ham mavjud bo‘lib, ularga analogli,
raqamli, aralash, animatsiyali, interaktiv (komponentlar yoki har bir
element ostida ko‘rsatilgan tugmachalar yordamida boshqariladi),
ko‘p tanlovli raqamli, elektromexanik va radiochastotali elementlar
kiradi.
142
7-bo‘Iim uchun savol va topshiriqlar
1. REVlarini loyihalashni avtomatlashtirishga m o‘ljallangan
dastur sistemalarining qanday turlarini bilasiz?
2. Analogli va raqamli qurilmalami modellashtirish va bosma
platalami loyihalash uchun m o‘ljallangan qanday ALS lar mavjud?
3. Analogli va raqamli qurilmalami modellashtirish va bosma
platalami
loyihalash uchun m o‘ljallangan ALS
lar ishlash
tamoyillarini tushuntirib bering.
4. 0 ‘ta yuqori chastotali diapazonlarda ishlovchi qurilmalami
loyihalash uchun qanday ALS lar yaratilgan?
5. Spectrum Software firmasi yaratgan Micro-САР dastur pake-
tining 5.0 versiyasi ishlash tamoyilini tushuntirib bering.
6. Konstruktorlik loyihalashning turli
masalalarini to ‘liq
yechish uchun m o‘ljallangan qanday ALS lar mavjud?
7.
OrCAD System Corp. firmasining OrCAD dastur paketi
qanday masalalami yechishga m o‘ljallangan?
8. AutoDesk firmasining AutoCAD
paketining ishlash
tamoyilini tushuntirib bering.
9. Elektrodinamik modellashtirishni amalga oshiruvchi dastur
sistemalari haqida nimalami bilasiz?
10. Genesys sistemasi qanday qulayliklarga ega hisoblanadi?
143
XULOSA
Loyihalashni avtomatlashtirish ilmiy-texnik rivojlanishning mu
him tashkiliy qismi hisoblanadi. Loyihalash jarayonlarini tako-
millashib borishi, texnik obyektlaming murakkablashib borishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni amalga oshiruvchi yangi algoritmlar va
ular asosida dastur paketlarini yaratishni taqozo etadi. Radioelektron
apparatlarini takomillashib borishi esa, ilmiy izlanishlami avtomat
lashtirish va radioelektron vositalami loyihalashni avtomatlashtirish
bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy izlanishlami avtomatlashtiruvchi va
REV larini avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalari, maxsus
hisoblangan matematika, hisoblash texnikasi va tizimli dasturlash
fanlarining rivojlanishi bazasida takomillashib bormoqda.
Radioelektronika
sohasidagi
ilmiy
izlanishlami
avtomat
lashtirish asosan radioelektron vositalaming turli elementlarining
makromodellarini, ulami hosil qilish uslublarini tadqiqotlaming va
loyihalashning xohlagan bosqichlarida yaratish, ulami loyihalash
masalalarini yechish uchun qulay shakllarda tasvirlash, yangi
matematik uslublar, algoritmlar yaratib, foydalanuvchiga loyi
halashni amalga oshirishi uchun qulay dasturiy ta’minotni
yaratishga asoslanadi. REVlari avtomatlashtirilgan loyihalash
sistemalarini rivojlantirishda, loyihalash masalalari obyektlarining
turlariga qarab sezilarli
farqlanishini e ’tiborga olish kerak
hisoblanadi.
Zamonaviy REAlarini loyihalashni avtomatlashtiruvchi siste
malar yaqin kelajakda ALS majmualari ko‘rinishlarida yaratilishi
bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Bunday ALS lar loyihalash
jarayonida keng ko'lam dagi masalalami yechishga sozlanuvchi,
y a’ni texnik masalalami tahlil qilish, loyiha obyektini bir qancha
variantlarini yaratib, eng optimal variantni tanlay olish, bir qancha
kriteriyalar
bo‘yicha
radioelektron
vositalami
optimallash,
sxemotexnik, konstruktorlik va texnologik loyihalash talablarini
e ’tiborga olib loyihalash ishlarini bajarish imkoniyatiga ega
sistemalar qilib yaratilishi rejalashtirilmoqda.
144
QISQARTIRISHLAR
ALS - avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalari
REV - radioelektron vosita
REA - radioelektron apparat
QS - qismsistema
KIS - katta integral sxema
IT1 - ilmiy-tekshirish ishlari
MDY - magnit diskda yig‘uvchi
LAKV - loyihalashni avtomatlashtiruvchi kompleks vosita
DTK - dasturiy texnik kompleks
DUK - dasturiy uslubiy kompleks
AIJ - avtomatlashtirilgan ish joyi
MHK - markaziy hisoblash kompleksi
AIS - axborotli izlanishlar sistemasi
MB - m a’lumotlar bazasi
MBBS - m a’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi
MBN - m a’lumotlar banki
TJABS - texnologik jarayonlami avtomatlashtirilgan boshqarish
sistemasi
ITAS - ilmiy tekshirishlar uchun avtomatlashtirilgan sistema
TT - texnik ta'm inot
LHT - lokal hisoblash tarmog‘i
IS - Ishchi stansiya
MP - mikroprotsessor
145
ShK - shaxsiy kompyuter
OXQ - operativ xotira qurilmasi
OS - operatsion sistema
TXQ -tashqi xotira qurilmasi
BB - boshqarish bloki
BBBM - bitta buyruqli bitta m a’lumotli
BBKM - bitta buyruqli k o 'p m a’lumotli
KBBM - ko‘p buyruqli bitta m a’lumotli
KB KM - ko‘p buyruqli k o ‘p m a’lumotli
L T - lingvistik ta ’minot
A T - algoritmik til
D T - dasturiy ta ’minoti
MT - matematik ta ’minot
ADP - amaliy dasturlar paketi
OK - operatsion kuchaytirgich
FML - funksional - mantiqiy loyihalash
0 ‘YuCh - o ‘ta yuqori chastota
146
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Алексеев О.В. Автоматизация проектирования радио
электронной аппаратуры. -М .: Высшая школа, 2002.
2. Норенков И.П. Основы автоматизированного проектиро
вания. Учебник для вузов. -М .: МГТУ, 2002. -336 с.
3. Магрупов Т.М., Юсупов С.Ю., Арипова М.Х. Лойихд-
лашни автоматлаштириш асослари. Маърузалар матни туплами.
-Тош кент: ТошДТУ, 1999. -69 б.
4. Владимир Малюх Введение в современные Системы
автоматированного проектирования (САПР). -И зд. ДМК пресс
2014.-188 с.
5. Антипенский Р.В., Фадин А.Г. Схемотехническое проек
тирование и моделирование радиоэлектронных устройств. -
Техносфера, 2007. -128 с.
6. Ушаков Д.М.
Введение в математические основы
Системы автоматированного проектирования (САПР). -И зд.
ДМК пресс, 2013. -208 с.
7. Советов Б.Я., Яковлев С.А. Моделирование систем. - М.:
Высшая школа, 1998.
8. Разработка САПР. В Юкн. Кн. 4. Проектирование баз
данных САПР. /О.М.Вейнеров, Э.Н Самохвалов —М.: Высшая
школа, 1990.
9. Норенков И.П. Маничев В.Б. Основы теории и пректи-
рования САПР. -М .: Высшая школа, 1990.
Ю.Разевиг В.Д. Система схемотехнического моделирования
Micro-CAP V. — М.: Солон, 1997.
11.
Сучков Д.И. Проектирование печатных плат в САПР
Р - CAD 8.5 и ACCEL EDA. - М.: Машиностроение, 1998.
147
............ 3
K irish...........................................................................
1-BO‘LIM. RADIOELEKTRON APPARATLARNI
LOYIHALASHNING AVTOMATLASHTIRISH
SISTEMALARI
1.1. Radioelektron apparatlar ALS lari haqida
umumiy
m a’lumotlar........................................................................................
1.2. Radioelektron qurilmalar va tizimlarini loyihalash
jarayonlari......................................................................................
1.3. Radioelektron apparatlami loyihalashda zamonaviy
kompyuterlami q o ilash ...............................................................
1.4. ALS larini yaratishdagi
asosiy xususiyatlar va
tamoyillar......................................................................................
1.5. ALS laming tuzilishi va tarkibiy qismlari.........................
1.6. ALS laming bazaviy ta’minoti...........................................
1-boiim uchun savol va topshiriqlar........................................
2-BO‘LIM. RADIOELEKTRON APPARATLARNI
AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH
SISTEMALARINING TEXNIK TA’MINOTI
2.1. ALS larning texnik ta ’minoti tarkibi, tashkil etilishi va
ishlash tartibi..................................................................................
MUNDARIJA
148
2.2. ALS larning yuqori tezlikda ishlaydigan texnik vositalari
va ulami komplekslash...................................................................34
2.3. ALS larning tashqi qurilmalari.......................................... ...39
2-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar................................. ..........45
3-BO‘LIM. AVTOMATLASHTIRILGAN
LOYIHALASH SISTEMALARI LINGVISTIK VA
DASTURIY TA’MINOTI
3.1 ALS lar lingvistik ta’minotining sinflarga b o iin ish i......... 46
3.2. Dasturlash va loyihalash tillarining tavsiflanishi va
xususiyatlari................................................................................. 49
3.3. ALS laming dasturiy ta ’minoti.........................................
59
3.4. ALS laming sistemali dasturiy ta’minoti................... .
66
3.5. ALS laming amaliy dasturiy ta’minoti.............................
70
3-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar.......................................
74
✓
4-BO‘LIM. RADIOELEKTRON VOSITALARI
AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH
SISTEMALARINING AXBOROT TA’MINOTI
4.1. REVlari avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalari
axboroUa’minotining vazifasi...................................................
75
4.2. Ma’lumotlar bazasining relatsion, tarmoq va iyerarxik
modellari........................................................................................ 80
4.3. M a’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi....................... 83
149
4-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar,
89
5-B O ‘L IM . R A D IO E L E K T R O N A PPA R A TLA R N I
LO Y IH A LA SH D A M A T E M A T IK M O D E L L A R
5.1. Radioelektron apparatlaming matematik modellari
haqida umumiy m a’lumotlar........................................................
9C>
5.2. Radioelektronikaning diskret elementlari matematik
modellari........................................................................................ ^7
5.3. Integral sxemalaming elektrik modellari..........................
102
5.4. Raqamli qurilmalami matematik modellashtirish............
106
5.5. Raqamli qurilmalar elementlarini mantiqiy modellash
tirishning algoritmik tillari..........................................................
11 ^
5.6. Radiosistemalarni matematik modellashtirish..................
116
5-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar.........................................
119
6-B O ‘L IM . A V TO M A TLA SH TIR ILG A N
L O Y IH A L A SH SISTEM ALARIDA M ASHINA
G R A FIK A SI Q U R IL M A LA R I
6.1. Mashina grafikasi qurilmalari haqida tushunchalar......... 120
6.2. M ashina grafikasining matematik asoslari........................
122
6.3. M ashina grafikasining dasturiy vositalari........................
124
6 -b o ‘lim uchun savol va topshiriqlar.......................................
128
150
7-BO‘LIM. RADIOELEKTRON APPARATLARNI
LOYIHALASHNING AMALIY DASTUR
PAKETLARI
7.1. REV larini sxemotexnik loyihalashni avtomatlashtirish
uchun dastur paketlari.......... ......................................................
129
7.2.
REV
larini
konstruktorlik
loyihalashni
amalga
oshiruvchi dastur paketlari.........................................................
134
7.3. Elektrodinamik modellashtirishni amalga oshiruvchi
dastur sistemalari.........................................................................
136
7.4.
REA
lari
sxemalarini
modellashtiruvchi
dastur
vositalari.......................................................................................
139
7-bo‘lim uchun savol va topshiriqlar........................................
143
Xulosa............................................................................................ 144
Qisqartmalar.................................................................................. 145
Foydalanilgan adaboiyotlar......................................................... 147
151
|