Sxemotexnik loyihalash radioelektron
apparaturalarini ele-
mentlar bazasini yaratishda muhim bosqichlardan biridir. Bu bos-
qichning asosiy masalasi prinsipial-elektrik sxemalarni integral
sxemalar kristallarida loyihalashdir. Loyihalashgan
elektron sxema-
laming elementlari bo‘lib tranzistorlar, rezistorlar va boshqalar
hisoblanadi.
Sxemotexnik loyihalashda
modellashtirish deb, elektron sxema
ning matematik modelini yaratish jarayoni tushuniladi. Modellash
tirish ikkita alohidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1) elektron sxemaning alohida elementlari modellashtiriladi. Bu
elementlar, komponentlar sxemaning tipli fragmentlariga tegishli
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan matematik model ko‘pincha, oddiy ikki qutbli
elementlardan tashkil topgan ekvivalent sxema ko‘rinishida bo Iadi.
2) elektron sxema modellashtiriladi.
Bu model elementlar
matematik modellarini umumiy tenglamalar sistemasiga birlash-
tirish natijasida hosil qilinadi. Ko‘pincha modellashtirish prinsipial
sxemani komponentlaming ekvivalent
sxemalariga almashtirish va
elektr zanjirlari nazariyasida rivojlantirilgan uslublar yordamida,
shu sxema tenglamalarini hosil qilinishi asosida amalga oshiriladi.
Hosil qilingan matematik model
sxemotexnik
darajadagi
elektrik jarayonlarda yuzaga keluvchi vaqt uzluksizligini va
fazoning diskretligini ko‘rsatadi. Shuning uchun MM oddiy
differensial tenglamalar ko‘rinishida hosil qilinadi,
Dostları ilə paylaş: