turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er.avv. III asrda birinchi
bo‘lib Yerning kattaligini o‘lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib,
geografiya
fanining
mustaqil
fan
bo‘lib
chiqishiga
asos
soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik "Geografiya”
asarini yozdi va
xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va daraja to‘rini ixtiro qildi,
dastlabki "Atlas” ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat "Geografiya”
asarini yozdi.
Bu
bosqichning
asosiy
natijalari: geografiya fani vujudga keldi va "geografiya” nomli kitoblar yozild
i, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi,
Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi.
O‘rta asrlar bosqichi.
Bu
davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan
Sharqda,
xususan,
O‘rta
Osiyo,
Misr,
Eronda
rivojlandi.
Geografiya fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo‘nalishida
rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon
ekanligini isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. "Surat-al-Arz” nomli
kitob yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi.
Geografiya
fanining
rivojida Abu
Rayhon
Beruniyning
xizmati
beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12
tasi geodeziya,
4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va
hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U
yasagan globus esa Yerning
sharsimonligini
isbotlash
va
tushuntirishda,
Shimoliy
yarimshar
tabiatini o‘rganishda tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan
farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa
qo‘shgan.
Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron,
Pokiston,
Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya,
iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv
sarfini o‘lchaydigan "Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarfini o‘lchash
va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom
tomonidan ko‘plab xaritalar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha
davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi.Zahiriddin Muhammad
Bobur "Boburnoma” asari orqali geografiya faniga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda yevropaliklar
ham sayohatlar uyushtirib, geografik bilimlarning
boyishiga
sezilarli
hissa
qo‘shdilar.
982-
yil Erik Rauda Grenlandiyani, uning o‘g‘li Leyve Eriksson esa Shimoliy
Amerikaning
shimoli-sharqiy
sohillarini
o‘rgandi.
1271–1295-yillarda
venetsiyalikMarko
Polo Xitoyga
safar
uyushtiradi
va
uning
ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida tasvirlanmagan joylarni to‘ldiradi. 1466–
1472-yillarda A.Nikitin Hindistonga sayohat qilib "Uch dengiz osha sayohat”
asarini yozadi.
Dostları ilə paylaş: