xulosa
Hozirgi zamon bosqichi. Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida
jadal
rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy
xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda
modellashtirish va
tajriba usullari,
geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari,
kosmik
usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar,
atmosfera
harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning
ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik
qobiq
doirasidan
tashqariga
chiqib
ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy)
muammolar bilan bir
paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda.
Fanda tabaqalanish, ya’ni geografik fanlar ichida yangi yo‘nalishlar
paydo
bo‘lmoqda.
Masalan,
landshaftshunoslikning
ichida
amaliy
landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga kel
di.
Shuningdek,
turdosh
fanlar
bilan
"oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geo
grafiya bilan tibbiyot oralig‘ida
tibbiyot geografiyasi, geografiya bilan tarix, f
ilologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz
ijtimoiy tarmoqlardagi
do`stlaringizga
matnni
belgilab
tavsiya
qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL
+ ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.