Geografiyaning rivojlanish tarixi Reja


Bu bosqichning asosiy natijalari



Yüklə 302,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.09.2023
ölçüsü302,85 Kb.
#149888
1   2   3   4   5   6   7
Geografiyaning rivojlanish tarixi

Bu bosqichning asosiy natijalari:
Shimoliy
va 
Janubiy Amerika, Avstraliya materiklari kashf etildi; Yerning sharsimonligi va 
Dunyokeanining uzluksiz, yaxlitligi amalda isbotlandi; ilgari noma’lum bo‘lgan 


Tinch okeanining mavjudligi va uning eng katta okean ekanligi, Yer yuzining katta 
qismi quruqlik emas, suvlikdan iboratligi aniqlandi. 
Ilmiy geografik ishlar bosqichi.
XVII asrga kelib fanlarning rivoj 
lanishida keskin ildamlash ro‘y berdi. Geografiyada maxsus ilmiy ekspeditsiyalar 
uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalardan eng muhimlari: 1725–1741-
yillarda V.Bering va A.Chirikov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi, 1785–1788-
yillarda 
J.Laperuz 
rahbarligidagi
fransuz
ekspeditsiyasi,
1768–1779-
yillarda J.Kuk  boshchiligidagi 3 marotaba dunyo bo‘ylab ingliz ekspeditsiyasi. 
Bu ekspeditsiyalar tomonidan Kuril orollari, Kamchatka va Chukotka yarimorollari, 
Osiyoning shimoliy qirg‘oqlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ichki qismlari, 
Avstraliyaning 
sharqiy
sohillari, 
Yangi 
Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Janubiy Georgiya, Jamiyat, Gavayi, Kuk va boshqa 
orollar o‘rganildi. 
Yerning ichki qismlari, tektonik harakatlar haqidagi bilimlarning to‘planishi bilan 
tabiiy geografiyadan geologiya ajralib chiqdi, Yer yuzasi relyef, yer usti va osti 
suvlari, iqlim, shamollar, o‘simliklar haqidagi bilimlarning kengayishi esa 
geomorfologiya, gidrologiya, meteorologiya va geobotanika fanlarining mustaqil 
fan darajasida rivojlanishiga olib keldi. Ushbu bosqichda ilmiy ishlar, ko‘pincha 
o‘rganilgan yerlarning geografik tavsifga bag‘ishlangan bo‘lib, yangi kitoblar va 
xaritalar ishlangan. 
Bu bosqichda bir qancha nazariya va gipotezalar, kitoblar yaratildi. Bular: Kant-
Laplasning 
kosmogonik 
nazariyasi; 
Pallasning
geologik 
qatlamlarning yoshi haqidagi nazariyasi; Leybnitsning tog‘ hosil bo‘lishida 
vulqon harakatlari gipotezasi; M. Lomonosovning "Yer qatlamlari haqida”, 
"Atmosfera hodisalari haqida” kitoblari, Kantning "Tabiiy geografiyadan 
ma’ruzalar” kitobi va boshqalar. 

Yüklə 302,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin