fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O 'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab o'rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham b olalam ing tafakkuri va nutqini o'stirish v o sitalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi: 1) o'qilgan m atndan bir qism ini, lining chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya m azm u nin i faqat bir sujet yo'nalishida so'zlab beradi. O 'quvchilarda tanlab qayta hikoyalash m alakasini h osil qilishga boshlang'ich sin f izohli o'qish darslarida keng qo'llaniladigan m etodik usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoya lash; 2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. O 'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan m atnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi m usta- qillikni o'stiradi va o'qilgan matn m azm unini o'zlashtirishga yordam beradi. H ikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi. Bular: 1) ijodiy qayta hikoyalash; 2) inssenirovka qilish; 3) o'qilgan asarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish. Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoiti yoki shak lini o'zgartirib hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan to'ldirib hikoya qilish ham m um kin.
Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnabop qilib o'zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy