izohlashga
qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab
etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim:
1. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga
nechta?, qancha?
so'roqlaridan
birini bering, shu so'z nimani bildirayotganini ayting.
2. Ajratib ko'rsatilgan so'zga so'roq bering, nimani bildirishini
ayting.
3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so'zlarni nechta?, qancha? so'roqlari
yordamida aniqlang.
4. Sanoq bildirgan so'zlarni so'roqlar yordamida aniqlang.
5. Tartib bildirgan sonlami nechanchi? so'rog'i yordamida aniqlang.
6. Nuqtalar o'rniga so'roqlarga mos so'n qo'yib o'qing.
7. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosida) bog'lanishli nutq
tuzing. Unda sanoq, tartib bildiruvchi so'zlardan foydalaning.
Mashqda qo'llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va m a’nosi ustida
ishlanadi. Ko'rinib
turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga
tamoyiliga asoslangan.
3-bosqichda (3-sinf) „Son" tushunchasini shakllantirish hamda
o'quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish,
fikrini aniq
ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni
o'rinli qo'llash ko'nikmasi o'stiriladi.
„Son" tushunchasini shakllantirish o'quvchilaming shaxs va
narsalarning sanog'ini, tartibini bildirgan so'zlar
kategoriyalarini
o'zlashtirish sifatiga bog'liq.
O'quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar
ishtirok etgan gapiar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umum
lashtirish faoliyati ishga solinadi. Masalan: „M a’rifat xonasiga o'quv
chilar keldilar. Ikkita o'quvchi 2-sinfda o'qiydi. 4 ta o'quvchi 3-sinfda
o'qiydi".
O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i
asosida
ikkita
(nechta?),
to'rtta
(nechta?) so'zlari sanoq,
ikkinchi, uchinchi
(nechanchi?)
so'zlari tartib bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar
(sanoq bildiruvchi so'zlar, tartib bildiruvchi so'zlar). Shuning ichida
umumlashtirish ham amalga oshiriladi. Sonning leksik ma’nolari
bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: narsa,
shaxs
bildirgan so'zlarga bog'lanib-keladi, tartib bildirgan so'z
-nchi, -inchi
qo'shimchasini oladi va hokazo.
„Son — so'z turkumi" sifatida unga xos bo'lgan quyidagi xususiyat-
lar ajratiladi: a) shaxs; b) narsalarning sanog'ini, tartibini bildiradi va