ham ko'rsatish zarur. 4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqos lash orqali tushuntirish. M asalan, ishchan tushunchasini clangasa tu - shunchasiga, rostgo'y so'zin i yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. K o'chm a m a ’noda ishlatilgan so'z va so 'z birikmalari, tasviriy v o sitalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. 5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. Masalan, o ‘zboshimchalik — o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shun- q o r— uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh — mol terisidan tikilgan idish; guidon — gul solib qo'yiladigan idish va boshq. Ba’zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o'zida donni o'radigan, yanchadi- gan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aero- drom — sam olyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo. 6. So'zni predm etning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish.