gan matnni bayon matniga qiyoslash maqsadga m uvofiq bo'lib, bu ish m azm unda va bolalar bayoni tilida yo'l qo'yilgan kam chiliklam i aniqlashga yordam beradi. Tanlab hikoya qilish va bayon.
Tanlab hikoya qilish matndan tor m avzuga, o'qituvchining topshirig'iga oid qism ini tanlab qayta hikoyalashdir. M asalan, o'qilgan matndan faqat personajning tashqi ko'rinishi tasvirlangan qism nigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshqalar. Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud:
1. O'qilgan matn qism ini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya qilish. 2. O 'qituvchi topshirig'i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya qilish. 3. Berilgan mavzu bo'yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish. Bu ish tanlab hikoya qilishning murakkab roq turi hisoblanadi. Tanlab hikoya qilish uchun o'quvchi m atnni boshidan oxiriga cha qayta o'qib chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli m aterialni yig'ishga to'g'ri keladi. B uning uchun o'quvchilarga m atnni ichda o'qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o'qish topshirig'i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba’zan yozm a bayon sifatida ham o'tkaziladi. Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon.
Matn m azm unini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foy- dalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to'liq yoki m atnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi darajali o'rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, m uhim o'rinlar tanlab o li nib, hikoya qilinadi. Buning uchun o'quvchining o'zi m atnning asosiy