m azm unini aniqlashi, bog'lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning 328
hikoyasi m atnni qisqartish tarzida bo'lm asligi, o'zlashtirilgan m atnning asosiy m azm unini o ‘z so ‘zlari bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o'rgatish uchun bayon m azm unini qisqartirib tuzish o son bo'lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash elem entlari 1-sinfdan kiritiladi. O'qilgan matnni tahlil qi lish jarayonida o'quvchilardan uning bir qism ini qisqa — bir gap bilan aytish so'raladi. K eyin o'quvchilarga m atnning ikki qism ini, nihoyat, butun m atnni qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi. O 'quvchilar m atnni to'liq qayta hikoya qilishga o'rganganlaridan so'nggina m atnni qisqartib qayta hikoyalashga o'rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o 'z navbatida, matn rejasini tuzish, ya’ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog'liq, asarning asosiy m azm unini qisqa ifodalash esa m atn ustidagi analitik-sintetik ishlam ing natijasidir. B a’zan o'quvchilar asarning asosiy m azm unini (g'oyasini) qisqa, bir gap bilan ifodalashga o'rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin m atn ni qisqartib qayta hikoyalashga, undan so'ng matn m azm unini to'liq qayta hikoya qilishga o'rgatilishi ham mumkin. Qayta hikoyalash bog'lanishli nutqni o'stirishning zaruriy b os- qichidir. B oshlan g'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, matn m azm unini qisqartirib bayon yozishni 3-sinfda o'rgatish ko'zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik matn qismlariga sarlavha top ish, matn rejasini jam oa bo'lib tuzish bilan bog'liq holda 2
-sinfdan boshlanadi.