Keyingi on a tili darsining ikkinchi qism idan 15—25 daqiqa vaqt
ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy m ashg'ulot o'tkaziladi
(insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi).
0
‘qituvchi har bir insho turi uchun o'quv vazifasini belgilab oladi.
Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho
uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. O'quvchilarni inshoning yangi turi bo'lgan rasmlar seriyasi
asosidagi insho bilan tanishtirish.
2. Rasmli reja asosida m atn rejasini tuzish.
3. Reja qismlariga m os ravishda matnni xatboshilarga b o ‘lish va
har birini xatboshidan yozish.
4. Insho m atnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish.
O 'quvchilam ing mustaqillik darajasi o'sib borgani sayin, inshoga
talab ham orta boradi.
0 ‘quvchilar inshosini tahlil qilish
N utq o ‘stirish m etodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho
m e’yori m uhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon
etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1
. Insho m avzusining yoritilishi (M azm un mavzuga m osm i, y a ’ni
yetarli yoritilganm i, haqiqatga m os keladimi?).
Dostları ilə paylaş: