hikoya qilingan matnni til tom ondan tahlil qilish, matndagi so'zlam in g m a ’n o qirrasini tushuntirishdir. M oifologik-uslubiy xatolarga so 'z shaklini, so ‘z o'zgartuvchi va s o ‘z yasovchi q o'shim chalam i noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Sintaktik-uslubiy xatolarga so 'z birikmasi va gap tuzishga oid xato lar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. K om pozitsion, m antiqiy va dalillarni noto'g'ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi. Tipik kom pozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga m os kelm asligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchil- likning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida o'quvchilar kuzatish, material to'plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko'z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kom pozitsion xatoga yo'l qo'yadilar. Bunday xato hikoya m azm unini to'liq qamrab ololm aslik, materialni o'z o'rniga joylashtira olm aslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko'nikm asi murakkab ko'nikm a bo'lib, u o'quvchilarda m untazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. M antiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voq ea-h od isa uchun zarur bo'lgan so'z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tu shunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, am m o ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, y a ’ni u hikoya m azm unini biladi, am m o tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etm ay qoladi. 2. M antiqiy izchillik buziladi. M asalan, Z a v o d d a p a x t a d a n i p y i g i r i l c i d i . T e r i m c h i p a x t a n i p a x t a t e r i s h m a s h i n a s i d a t e r a d i .