ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zam in hozirlaydi. N u tq iy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy. B oshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 1. Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib ch i- qishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zn i ishlatishga kam e ’tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'qu vch in in g so 'z boyligi kam, sinon im lam i bilm aydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olm oshlardan foydalana olm aydi. Agar o'qituvchi bir so'zn i qayta-qayta ishlatm aslik uchun uning m a’nodoshlaridan yoki shu so 'z o'rniga olm oshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'qu vch i matnni e ’tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. 2. So'zning m a ’nosini yok i m a ’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq m a ’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yax shi rivojlanm aganligi, so 'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. 3. Shevaga xos so'zlardan foydalanish. O 'quvchilar bunday s o 'z larni ota-onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta ’sirida qo'llaydilar. Ularda adabiy tilda qo'llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so'zlarni ishlatm aslik ko'nikm asi hosil qilinadi. Leksik xatolar xilm a-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushunti rish usullari ham turlicha, am m o bunday xatolarning oldini olishning
um um iy y o ‘li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o'qilgan va qayta