K o ‘rsatilgan y o ‘nalishlarning ham m asi har bir sin f o'quvchilari u ch u n , ayniqsa, 3- va 4 -sin f o'quvchilari uch un m uvofiq keladi. N u tq iy xatolarni to'g'rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog'lab, m aqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. Nutqiy xatolarni to ‘g‘rilash.
O 'quvchilar og'zaki va yozm a nutqida yo'l qo'ygan nutqiy xatolarni o 'z vaqtida to 'g ‘rilab borish zarur. 0
‘quvchi yo'l q o ‘ygan xatosining to'g'ri variantini o'zlashtirsin, im koni bo'lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. X atoni to'g'rilashning en g foydali usuli yo'l qo'ygan xatosini o'quvchining o 'zi to'g'rilashi hisoblanadi, agar o'qu vch i xatosini to'g'rilay olm asa, uni o'qituvchi to'g'rilaydi. Xato turiga qarab to'g'rilanadi: gap yoki so ‘z birikmasi qayta tuziladi, so 'z boshqasi bilan alm ashtiriladi, zarur so ‘z qo'shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi — 20—25 daqiqasi ajratiladi. O 'qituvchi o'quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan m atnni o'qib beradi, m azm undagi, mavzuni yoritishdagi kam chiliklar, im loviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash y o'li tushuntiri-
ladi. Shundan so'ng xato ustida birgalikda ishlanadi: 0
‘qituvchi y o ‘l q o ‘yilgan xatoning bir turini to ‘g ‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: ,,N o o ‘rin ishlatilgan so ‘zni boshqasi bilan almashtiring“. X atosi bor matnni o ‘qib yoki yozib beradi, o'quvchilar y o ‘l qo'yilgan xatoni topadilar, maqsadga m uvofiq so'z bilan almashtirib, uni to ‘g ‘rilaydilar