5
xos fazilat va ko‘rinish kashf etdi. Bu davrda peshtoq-gumbazli maqbaralar qurilishi ham
rivojlandi va peshtoqlar esa badiiy qilib bezatildi. XII asrning nodir yodgorligi bo‘lgan
Sulton Sanjar maqbarasi (Turkmaniston) kvadrat shaklida bo‘lib, uning markaziy qismida
esa silindrik barabanga gumbaz o‘rnatilgan. O‘zgandagi (Qirg‘iziston)
maqbara
peshtoqlari, ayniqsa, uning janubiy tomondagisi nafis qilib bezatilgan. Bu davrda
qurilgan ko‘pgina maqbara va machitlar peshtoq-gumbazli kompozitsiya keng ishlatildi,
ularni bezashda esa o‘ymakorlik san’atidan keng foydalanildi va bu san’at ko‘rinishi ham
mahalliy sharoit va davr xarakteriga qarab o‘zgarib bordi.
Ko‘hna Urganch (Xorazm)dagi Faxriddin Roziy va Tekesh maqbarasi o‘ziga xos
xususiyatga ega. Garchi u O‘rta Osiyoda keng tarqalgan peshtoq-gumbazli kompozitsiya
tipiga
kirsa ham, lekin u qirrali barabanga o‘rnatilgan chodirsimon gumbazdan tashkil
topgan.
Dostları ilə paylaş: