4. Uyg‘onish davrida O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonda xattotlik san’atining
taraqqiy etishi.
Shu o‘rinda xattotlik haqida qisqacha tarif beradigan bo‘lsak,
xattotlik
(arab. —
husnixat yozuvchi),
kalligrafiya
— yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy
inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbidir. Yozuvning paydo bo‘lishi
natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi
tufayli xattotlikning
rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar
qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish)
bilan xattotlar
shug‘ullangan.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinishi munosabati
bilan bu o‘lkaga «Qur’on karim» nozil qilingan arab yozuvi kirib keldi.
Islom dini
tarqalganidan keyin tasvirlar o‘rnini yozuvlar va naqsh egallagan. O‘rta Osiyo xalqlari
muomalasidagi qadimiy uyg‘ur, o‘rxun-enasoy, sug‘d, xorazmiy yozuvlari iste’moldan chiqib,
VII asr oxiridan arab yozuvi ilmu-fan va davlat ishlarida rasmiy yozuvga aylandi. Arab
alifbosining dastlabki namunalari haqida bizgacha juda kam ma’lumot etib kelgan.
Ayrim
manbalarda uning ilk namunasi sifatida VII-VIII asrlarda xatti
ma’qaliy xati
tilga olingan. VII
asrdan boshlab uning o‘rnini arab yozuvining eng qadimiysi va eng mashhuri hisoblangan xatti
kufiy egallaydi.
Kufiy xatining zaminidan yangi turlari ixtiro qilina boshlandi. Xususan, X asrlarga kelib
xat
uslublari husnixatga, xattotlik esa san’at turiga aylanib ulgurdi. Ushbu san’at turini
keyinchalik butun musulmon sharqi kotib va xattotlari
takomillashtirib mashhur
olti xil xat
uslublari
shakllanib, bugungi davrgacha mazkur uslublarga asoslangan husnixatning 141 xat turi
yaratildi. Bular
quyidagilar:
Suls, Nasx, Muhaqqaq, Rayhoniy, Tavqe, Riqo xati
. Ayrim olimlar
ushbu olti xat yoniga XIV asrda tavqe va riqo xatlari
asosida ixtiro qilingan
ta’liq
xati bilan
qo‘shilib, asosiy
xat uslublarini
etti xil tur
qilib ko‘rsatadilar. Mazkur xat turlari xattotlar tilida
«Al-xutut as-sab’a»,
ya’ni
«etti xat»
deb yuritiladi. Mohir xattot mazkur
xatlarning har birini
bilishi lozim bo‘lgan.