4
Oziq-ovqat mahsulotlari importi va eksporti. Oziq-ovqat savdosida
boj to'lovlarini
Iste’molni
qo’llab-quvvatlash
siyosati.
Iste’molni
qo’llab-quvvatlash
dasturlarining maqsadi butun aholi yoki uning bir qismiga muayyan oziq-ovqat
mahsulotlariga ega bo’lish uchun iqtisodiy imkoniyatni ta’minlashdir.
Maqsadli oziq-ovqat bilan ko’mak dasturlari.
Maqsadli oziq-ovqat bilan
ko’mak dasturlari aholining maxsus guruhlari uchun
oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan. Masalan, ko’p mamlakatlarda maktab o’quvchilari uchun
tekin yoki arzon oziq-ovqat ta’minoti dasturi mavjud. Mazkur dasturlar bolalarning
aqliy va jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, ularning o’qish
qobiliyatini
kuchaytirish va kelajakda mamlakatda mehnat unumdorligini yuksaltirishga
xizmat qiladi. Maqsadga qaratilgan dasturlar yana homilador ayollar,
chaqaloq
bolali ayollar va maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalar kabi aholi qatlamlariga
qaratilishi mumkin. Maxsus oziq-ovqat ko’mak dasturining muvaffaqiyatli misoli
qilib AQSh Qishloq xo’jaligi departamentining Oziq-ovqat
kuponlari dasturini
olish mumkin. AQShda eng katta ijtimoiy ko’mak dasturlaridan biri bo’lib, kam
ta’minlangan shaxs va oilalarda oziq-ovqat xarid qilishda yordam beradi.
Universal oziq-ovqat bilan ko’mak dasturlari. Maqsadli oziq-ovqat ko’mak
dasturlaridan farqli o’laroq universal dasturlar butun aholi uchun muayyan oziq-
ovqat mahsuloti yoki mahsulotlar guruhini kafolatlangan minimum iste’mol
darajasini
ta’minlash uchun mamlakat miqyosida subsidiya berishadi.
Iste’molchilar uchun subsidiyalarning tarixi uzoq bo’lib, qadimiy Rimda ham
hukumat nonga nisbatan subsidiya kiritgan. Bugungi kunda ko’p mamlakatlar non
kabi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan iste’mol
subsidiyalari berib, bu siyosiy
nuqtai nazardan ommabopdir. Aholini arzon non bilan ta’minlash uchun hukumat
g’alla yetishtirish va qayta ishlanishini subsidiyalashtirishi mumkin. Sovet
Ittifoqida chorvachilik mahsulotlari iste’moli uchun
subsidiyalar oziq-ovqat
iste’molida butun aholiga ko’mak misolidir.
Iste’molchilar uchun subsidiyalar oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini
barqarorlashtirib, siyosiy norozilik oldini olishga imkon beradi. Oziq-ovqat
mahsulotlari narxlarining oshishi Dominikana Respublikasi (1994), Misr (1977),
Indoneziya (1998), Iordaniya (1989, 1996), Liberiya (1979), Marokash (1981,
1984), Peru (1978), Sudan (1979, 1982), Tunis (1984), Yaman (1998), Zambiya
(1986) va Zimbabveda (1988, 2000) keng miqyosda tartibsizliklarga olib keldi.
Iste’molchilar uchun subsidiyalarning
siyosiy afzalliklariga qaramay, ko’p
mamlakatlar mazkur dasturlardan voz kechishdi, chunki iqtisodiy chiqimlarga
qiyoslaganda ularning samaradorlik darajasi past edi.
Boshqa davlatlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari iste’mol subsidiyalari
milliy/universal dasturlarining samarasizligini tasdiqladi. Masalan, Filippin
orollarining kam ta’minlangan aholisiga bir peso hajmida
oziq-ovqat yordamini
berish uchun guruch iste’moliga 4,3 dan 6,0 pesogacha sarflash talab qilinadi.
Butun mamlakat miqyosida subsidiyalashning iqtisodiy qiymati yuqori bo’lganligi
tufayli ko’plab mamlakatlar undan voz kechib, aholining kam ta’minlangan
qatlamlariga yo’naltirilgan maqsadli dasturlarga e’tibor qaratishni afzal bilmoqda.
qisqartirish imkoniyatlari.
Mavzu bo'yicha savollar:
1.
Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida
oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga tavsif bering.
2.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalardan qanday foydalanish
mumkin?
3.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar o’z oldiga
qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?