11 Mavzu: Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi. Reja



Yüklə 250,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.09.2023
ölçüsü250,89 Kb.
#150456
1   2   3   4   5   6   7
Lecture - 11 (1)

Savdoni erkinlashtirish.
Ko’p mamlakatlarda umuman savdo va xususan 
tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan dasturlar ushbu soha va makroiqtisodiy 
islohotlarning ajralmas qismidir. Shu sababli savdoning oziq-ovqat xavfsizligiga 
ta’sirini islohotlarning boshqa qismlaridan alohida baholash qiyin. Iqtisodiyotda 
tovarlar 
va 
resurslarni 
taqsimlashning 
eng 
samarali 
vositasi 
bozor 
mexanizmlaridir. 
Shu sababli erkin savdo oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashning eng 
tejamkor vositasi bo’lib, ishlab chiqaruvchilarga o’z mahsuloti narxini eng past 
chiqimlar bilan belgilashga imkon beradi. 
Bundan farqli o’laroq bozor to’siqlari (masalan, tariflar) va qishloq xo’jaligi 
subsidiyalari samarali taqsimlashga xalaqit beradi. 
Erkin savdo milliy iqtisodiyotga bozorning ba’zi qismlarida qiyosiy 
ustunliklarga erishish imkonini beradi. Ko’p mamlakatlarning tajribasi shuni 
namoyon qiladiki, savdoni erkinlashtirish va xalqaro bozorlarda oziq-ovqat 
mahsulotlarining xaridi bunday ustunliklarga past narxlar va tanlovning ko’pligi 
bilan erishishga imkon beradi. Xalqaro bozorlar ham ishlab chiqarish keragidan 
oshiq yoki kam bo’lsa ichki bozorni barqarorlashtirishga imkon beradi. Bundan 
tashqari xalqaro savdo unumdorlikni oshirish va resurslarni oqilona taqsimlash 
orqali rentabellikni oshirishga imkon beradi. Mazkur ustunliklar tufayli savdoni 
erkinlashtirish ba’zi mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning 
vositalaridan biriga aylandi. 
Jahon Banki erkin savdo siyosatining quyidagi tarkibiy qismlarini belgiladi: 
-
Lisenziyalash va boshqa miqdoriy cheklovlar yo’qligi, salomatlik, 
xavfsizlik va atrof- muhitga bog’liq cheklovlar bundan mustasno
-
Tariflar pastligi va birlashtirilganligi: davlat byudjetini to’ldirish uchun 
tariflar zarur bo’lgan paytda umumiy tarif darajasi zarur mablag’ni yig’ish uchun 
yetarli bo’lishi lozim. Spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari kabi tovarlarga 
nisbatan baland tariflar kiritilishi mumkin bo’lib, mamlakatda ishlab chiqarilgan 
tovarlarga ham shunday soliqlar qo’llanilishi sharti mavjud; 


-
Eksportchilarning yarim tayyor mahsulotlarini tarifsiz import qilishga 
imkon beruvchi samarali va byurokratik bo’lmagan bojxona tizimi; 
-
Dempingga qarshi choralar yo’qligi; 
-
Raqobatli xizmatlar bozori: erkin raqobatni ta’minlashga qaratilgan 
choralar hamda bozorga kirayotgan xorijiy korxonalarni kamsitmaslik; 
-
Xalqaro bitimlar, Jahon Savdo Tashkiloti talablari va iqtisodiyotda 
tarkibiy islohotlar natijasida bugungi kunda aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar 
o’z oziq-ovqat bozorlarini ochib, savdoni erkinlashtirishga intilishmoqda. 
Savdoni erkinlashtirish iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlab, o’z navbatida 
turmush darajasi va uy xo’jaliklari uchun oziq-ovqat yetarliligini ta’minlaydi. FAO 
o’tkazgan tadqiqotga binoan tuzilmaviy islohotlar tufayli (jumladan savdoni 
erkinlashtirish) Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi 15 davlatdan o’ntasi jon 
boshiga qishloq xo’jaligi mahsuloti o’sishiga erishishdi. Faqat tegishli sharoitda 
xalqaro savdo mamlakat va uy xo’jaliklarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash 
mumkin. FAO tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, agar kompensasiya dasturlari 
bo’lmasa, qisqa va o’rta muddatda savdoni erkinlashtirish oziq-ovqat xavfsizligi 
uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Yüklə 250,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin