11 Mavzu: Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi. Reja



Yüklə 250,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.09.2023
ölçüsü250,89 Kb.
#150456
1   2   3   4   5   6   7
Lecture - 11 (1)

2
 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda halqaro tajribalar. Jahon 
mamlakatlarida oziq- ovqat savdosi siyosati. 
Ko’rsatilgan o’sish sur’atlariga erishish uchun o’simlik asosidagi oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishini diversifikasiyalash va hosildorlar navlar 
maydonini oshirish bo’yicha ishlarni kuchaytrish kerak. Bunda rivojlanayotgan 
mamlakatlar ekologik ahvolini hisobga olgan holda rivojlangan mamlakatlarning 
darajasiga yaqinlashgan o’rtacha hosilga erishishga harakat qilishi kerak. 
Donli, ildizmevali va boshqa o’simliklar hosildorligini oshirishga qaratilgan 
agronomik va genetik tadqiqotlarni davom ettirish taklif etilayapti. Qishloq 
xo’jaligi sohasidagi texnologik taraqqiyot inson kapitali sifatini oshirish, sog’liqni 
saqlashni yaxshilash, savodsizlikka qarshi kurashish bilan birga borishi kerak. 
Xitoy va Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlarida aholi daromadlari oshishi 


kuzatilib, har yili go’sht iste’molining oshishi 5 %ni tashkil qilmoqda. Xitoy 
hukumati yuqori oqsilli o’simlik, masalan soya mahsulotlarini iste’molini 
rag’batlantirishga harakat qilmoqda, lekin davlat nazorati bekor qilingani tufayli 
uning natijasi samarasiz bo’lmoqda. Farovonlikdan kasalliklar to’yib ovqat 
yemaslik kasalliklaridan ustun kelmoqda, masalan, yurak-tomir kasalliklari soni 
oshib, hayvon yog’ini ko’p iste’mol qilishdan yuzaga kelmoqda. Ayrim 
prognozlarga ko’ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda go’sht ishlab chiqarish 2020 
yilda rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 4 baravar tezlashadi va 2020 yilda ular 
go’shtning 60 %ini, sutning 52 %ini ishlab chiqaradi. Xitoy yirik go’sht ishlab 
chiqaruvchi, Hindiston sut yetishtiruvchi mamlakatga aylanadi. 
Dunyoning ko’p mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq 
xo’jaligi va savdo tarmog’ida strategiya va dasturlarning tatbiqiga bog’liq. Ularni 
to’rtta guruhga bo’lish mumkin: 
1.
Ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash siyosati; 
2.
Savdo siyosati; 
3.
Iste’molni qo’llab-quvvatlash strategiyalari; 
4.
4. Ozuqa moddalar ta’minoti dasturlari. 
Bunday dasturlar bir birini cheklamagan va ko’p mamlakatlarda bir vaqtda 
amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash 
siyosati yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida “Yashil inqilob” nomi bilan tanilgan 
ekinlar hosildorligi birdan yuksalishi jarayoni sharofati bilan oziq-ovqat ishlab 
chiqarish hajmi ancha oshdi. 
Savdo siyosati turli mamlakatlarda oziq-ovqat savdosi siyosati savdoni 
cheklovchi va savdoni erkinlashtiruvchi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. 

Yüklə 250,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin