11 Mavzu: Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi. Reja


oziq-ovqat xavfsizligi masalasi



Yüklə 250,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.09.2023
ölçüsü250,89 Kb.
#150456
1   2   3   4   5   6   7
Lecture - 11 (1)

oziq-ovqat xavfsizligi masalasi. 
Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlar don importiga bog’liqdirlar. 
Jahon mamlakatlari global inqiroz holatida bo’lib, uning mohiyati cheklangan 
tabiiy resurslar, biosfera ozuqa tizimi cheklangan imkoniyatlari va yer shari 
aholisi sonining o’sishi o’rtasidagi muvozanatning buzilishida namoyon 
bo’lmoqda. Butunjahon oziq-ovqat muammosi, ochlikka 
qarshi kurash va ular bilan bog’liq bo’lgan turli kasalliklar milliy davlatlar 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyat 
rivojlanishining muhim bo’g’ini sifatida BMT Mingyillik Sammiti doirasida 2000 
yilda ko’rilgan bo’lib, ming yillik deklarasiyasi va BMTning Mingyillik 
rivojlanish maqsadlarida qayd etilgan. 
Ochlik va to’yib ovqat yemaslikning an’anaviy muammolari daromadlar 
keskin tabaqalanishi sohasida: ijtimoiy planda-sinflar va jamiyatdagi tabaqalar 
o’rtasida, tizimli-geografikrivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida 
keskin tus olmoqda. Shu bilan bir qatorda hozirgi zamon yuqori texnologiyali va 
global taraqqiyot ovqatlanish muammosiga yangi jihatlarni qo’shdi. Jumladan
rivojlangan mamlakatlar bo’ylab «to’kin-sochinlik paradoksi» harakatda bo’lib, 
faol tarqatib kelinayotgan «tezkor ovqatlanish» transmilliy texnologiyalari 
(masalan,“Makdonalds”, “Kentukki chikens”, “Pissa xot”), bilan bir qatorda 
norasional ovqatlanishning kasalliklari, ortiqcha vazn va semirish, sog’liqning 
yo’qolishi va birgalikda kechuvchi bir qancha kasalliklarning tarqalishi bilan 
birgalikda kechmoqda. 
FAO tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligiga bag’ishlangan 
birinchi konferensiya 1974 yilda o’tkazilgan bo’lsa, unda jahon oziq-ovqat 
muammosini yaqin 10 yil ichida hal qilishga qaror qilingan edi. Lekin keyingi 
chorak asrda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsada, bu muammo haligacha hal 
qilingan yo’q. Agar 20-asrning 70-yillarida jahon aholisining uchdan bir qismi 
to’yib ovqatlanmagan bo’lsa, bugungi kunda bu ko’ratkich 20%ni tashkil qiladi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining jahon savdosi hajmi uch baravar oshdi, shu 
bilan bir qatorda jahon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari 
Jahon hamjamiyati oldida muammolar paydo bo’lib, ularning asosiylari 
quyidagilardir: 
1) 
aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi; 
2) 
bir qator mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sur’atlarining 
pasayishi; 
3) 
rivojlangan mamlakatlar yordamining qisqarishi; 
4) 
ocharchilikning avj olishi; 
5) 
tabiiy resurslarning ozayishi; 
6) 
jahon bozorlarida uzoq muddat qishloq xo’jaligi mahsulotlariga past 
narxningsaqlanib 
turishi



3%dan keyingi o’n yillikda 1,6% ga tushdi. Bunda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarish hajmi jahonning 90 ta mamlakati, shu jumladan 44 ta Afrika 
mamlakatlarida pasaydi. Bu jahonda aholi soni yiliga 90-100 mln.kishiga oshib 
borayotgan va 795 mln.dan ortiq to’yib ovqatlanmayotgan sharoitda yuz berayapti. 
Jahonda va alohida mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi holati turlicha 
bo’lib, jumladan, Shimoliy Amerika aholisining bir sutkalik ehtiyojlari 2400 kkal 
ni tashkil qilganda, afrikalik aholiiki 2150 kkal ni tashkil qilgan. 
Aholi sonining o’sishi. Taxminlarga ko’ra aholi soni 2050 yilda 9,8 mlrd. 
kishini tashkil qiladi. Guruch iste’mol qiluvchi mamlakatlarda aholi soni 4,5 
mlrd.ni, don iste’mol qiluvchi mamlakatlarda- 1,5 mlrd. kishini, tuganakli 
o’simliklar, jo’xori va chorvachilik mahsuloti iste’mol qiluvchilar soni 1,2-1,3 
mlrd. kishini tashkil qilishi kutilmoqda. 
Aholi umumiy sonida yoshlarning tarkibi 2050 yillarda Afrika 
mamlakatlarida bir sutkalik energiya miqdorini 7 %ga oshishiga va rivojlangan 
mamlakatlarda 1 %ga kamayishiga olib keladi. 
Tug’ilish darajasining pasayishi oziq-ovqat iste’molini rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun 1 % ga, G’arbiy Osiyo mamlakatlari uchun 2 % ga pasaytiradi. 
Urbanizasiya ovqatlanishga ehtiyojning kamayishiga olib keladi, chunki 
qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisining jismoniy faolligi birmuncha past. 
Natijada urbanizasiya darajasining oshishi Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat 
mahsulotlariga ehtiyojni 4 %ga, Afrika mamlakatlarida 3 %ga kamaytiradi. Lekin 
ayrim mutaxassislar turmush tarzining boshqa mamlakatlarda iste’mol darajasi va 
vositalarining o’zgarishiga olib kelishini uqtirishayapti. FAO baholashicha
keyingi 30 yilda go’sht mahsulotlari iste’moli Osiyo va Lotin amerikasi 
mamlakatlarida uch baravarga oshadi. 

Yüklə 250,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin