221
34-rasm. Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi
Biz yaratayotgan
ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida
mavjud loyihalardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz
istagan yangi
loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Tubandagi rasmda “Audio” deb
nomlangan loyiha tanlangan (35-rasm).
Mavjud loyihani tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki,
unda Websahifa uchun ba’zi ssenariy (script)lar
tayyor yozilgan
holatda bo‘ladi. Ba’zi ob’yektlar uchun bajariladigan funksiyalar esa
tayyor holatda berilgan bo‘ladi. Bunday
imkoniyat qisqa vaqtda
murakkab tuzilmali katta loyihani yaratishda amaliy yordam beradi.
35-rasm. “Audio” loyihasining tanlanishi
222
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega:
a) dastur oynasining darlavha satri;
b) dastur oynasining menyu satri;
d) instrumentlar paneli satri;
e) “Project Explorer” muloqot oynasi;
f) “Properties” muloqot oynasi;
g) holat satri.
AutoPlay dasturi muhitida 6 ta instrumentlar panelidan foydalanish
mumkin bo‘lib, ular “Standard”, “Objects”, “Advanged objects”,
“Common”, “Project” va “Align” lardan iborat. “Project Explorer”
muloqot oynasida joriy loyihani tashkil
etuvchi elementlar haqida
axborot olish, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. “Properties”
muloqot oynasida sahifaning o‘zi va sahifadagi har bir ob’yektga
xos atributlar ro‘yxati aks etgan bo‘lib, bu muloqot oynasi
tanlangan ob’yektga qarab o‘zgarib turadi. Chunki,
turli
ob’yektlarning atributlari turlicha bo‘lishi mumkin. Holat satrida joriy
ob’yektga xos ma’lumotnomani chaqirish, loyiha o‘lchami,
sichqoncha
kursori va ob’yektning sahifadagi o‘rni haqida ma’lumot olish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: