O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Xabar turidagi muloqot panelini hosil qilish uchun



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
37-rasm. Xabar turidagi muloqot panelini hosil qilish uchun 
ssenariy yozish


231 
AutoPlay Media Studio 7.0 da ssenariy yozish birmuncha murak-
kabroq ish, ammo har qanday takrorlanuvchi vaziyatlarda ssenariy tar-
kibini kichraytirish yoki soddalashtirish maqsadida golabl ssenariylar 
yozish imkoniyatini taqdim eta oladi. Buning ma’nosi shuki, ssenariy 
ishchi sohada yoki boshqacha aytganda, loyihaga tegishli barcha
sahifalar uchun umumiy kuchga ega bo‘lgan global ssenariy
bo‘lishi mumkin, yoki faqat bitta sahifa uchun kuchga ega bo‘lgan 
chegaralangan ssenariy bo‘lishi mumkin. Chegaralangan ssenariylar
loyiha tarkibidagi boshqa sahifaga o‘tganda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Demak, ishchi sohaga o‘rnatilgan “Button1” nomli buyruq
tugmasi uchun Click hodisasi ishlatilganda (ya’ni buyruq tugmasi 
sichqoncha chap tugmasi bilan bir marta bosilganda), xabar turidagi
quyidagi “Title” sarlavhali muloqot paneli yuzaga keladi (38-rasm):
 
 
38 -rasm. “Title” muloqot paneli 
Global ssenariylar ko‘proq menyu uchun yoki barcha
sahifalarda dastur boshida e’lon qilinadigan global o‘zgaruvchilar 
uchun ancha qo‘l keladi. Ssenariylarni yozishda boshqa dasturlash 
tizimlardagi singari har bir byuruq satri uchun kommentariyalar ham 
yozib borish mumkin.
Kommentariyalar har doim ikkita ketma-ket defis bilan yoziladi, 
masalan: abc o`zgaruvchiga 10 qiymatini beramiz abc = 10; yoki
abc = 10; Assign 10 to abc
Ko‘rib turganingizdek, kommentariya yo buyruqdan bir satr
oldinda yoki buyruq satridan keyin nuqtali vergul (;) qo‘yilib, uning 
davomidan ham yozilishi mumkin ekan. Faqat bunda shunga e’tibor 
qaratish lozimki, kommentariyalar ko‘p satrli bo‘lishi mumkin emas, 
ular faqat bitta satrda yozilishi mumkin.


232 
Shuningdek, ushbu qoida ikkita ketma-ket kelgan satrdagi 
buyruqlar uchun ham o‘rinli bo‘lishi mumkin. Quyidagi ssenariy 
kodlarini ko‘raylik:

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin