223
vertical ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
3.
Paragraph
Bir nechta satrdan iborat matnni o‘z ichiga
oladigan yozuv maydonchasi. Ko‘rinish
sohasiga
sig‘may qolgan pastdagi yozuvlar uning o‘ng
tomonidagi lift yugurdagi orqali o‘qilishi mumkin,
.txt va .quiz -kengaytmali matn fayllarini yuklab olib
o‘qitish ham mumkin.
4.
Image
Turli formatdagi ikonkalar va rasmlarni ishchi
sohada joylashtirish uchun ishlatiladi.
5.
RichText
WordPad, Блокнот, MS Word kabi matn
muharrirlarida tayyorlangan .txt va .rtf fayllarni
yuklash va uni samarali o‘qish imkonini beradigan
yozuv maydoni.
6.
Hotspot
Shaffof holatdagi to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishdagi
faollashtiruvchi ob’yekt. U orqali sahifada bo‘sh
turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol
sohaga aylanti rish mumkin.
7.
Video
Videofayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, …)
ishchi sohaga joylashtirish va turli o‘lchamlarda
ko‘rish uchun foydalaniladigan ob’yekt.
8.
Flash
Macromedia Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni
ishchi sohaga joylashtirish
va unda foydalanish
imkonini beradigan ob’yekt.
9.
Web
Bu ob’yekt orqali .htm, .mht kengaytmali
fayllarni ishchi sohaga Web-sahifa orqali
joylashtirish va ko‘rish mumkin.
10. SlideShow
Bir nechta grafik fayllarni bu ob’yekt orqali
yuklab olish va ma’lum vaqt oralig‘ida ketma-ket
slayd ko‘rinishida namoyish etish mumkin.
11.
Input
Dasturga
parol
qo‘yish
yoki
klaviaturadan
kiritiluvchi biror ma’lumotga ehtiyoj sezilganda
mazkur ob’yektdan samarali foydalaish mumkin.
12. CheckBox
Bu ob’yekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan
bir nechta variantli ma’lumotlardan bir nechtasini
tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
13. RadioButton Bu ob’yekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan
bir nechta variantli ma’lumotlardan
faqat bittasini
tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
224
14. ListBox
Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni
joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali
jarayonni davom ettirish imkonini beradigan
ob’yekt.
15. ComboBox
Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni
“yashirin” tarzda joylashtirish va ulardan birini
tanlash orqali jarayonni
davom ettirish imkonini
beradigan ob’yekt.
16. Tree
Ma’lumotlarni daraxt ko‘rinishida ishchi sohada
tasvirlash imkonini beradigan ob’yekt.
17. Progress
Vaqtga bog‘liq jarayonni vizual tarzda ishchi
sohada aks ettiruvchi ob’yekt. Xususan, ko‘p
o‘lchamli fayllar ni nusxalashda, o‘chirishda,
xotiradan katta joy egal lovchi dasturni ishga
tushirishda jarayonning kechishi ni bu ob’yekt orqali
vizual tarzda kuzatib turish mumkin.
Bu ob’yektlar sichqoncha yordamida dastur
galeriyasidagi tayyor
to‘plamdan olib qo‘yiladi. Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning
dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar yozish, tayyorlanayotgan
amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu ob’yektlar
dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib
xususiyatlaridan
yana biri shundaki, bu ob’yektlar xossalarini tanlash
uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u
orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin .
Har bir ob’yektning o‘z xossalari mavjud bo‘lib, ular turli
parametrlari guruhlanadi. Quyida buyruq tugmasi (Button) uchun
uning xossalari va guruhlanishi keltirlgan:
226
Yuqorida qayd etib o‘tilgan ob’yektlardan tashqari maxsus
plaginlar asosida foydalaniladigan ob’yektlar ham mavjud. Masalan,
Dastur oynasidagi “Object” menyusining “Plugins”
bandiga murojaat
qilib, “Calendar”, “Media Player”, “Shape”, “Slider” va
“WinButton” kabi ob’yektlardan ham foydalanish mumkin. Mazkur
plaginlar “AutoPlay Media Studio 7.1.1000.0” dasturi bilan birga o‘rna-
tiladigan standart plaginlar bo‘lib, zarur bo‘lsa boshqa plaginlarni
“Plugins” ichki menyusidagi “More Plagins…” bandiga murojaat
qilib, On-line rejimda Internetdan yuklab olish ham mumkin.
AutoPlay dasturining ishchi sohasiga tatbiq etiladigan har bir
ob’yektning o‘z ko‘rinishi bor (36-rasm)
Dostları ilə paylaş: