1-ssenariy: a=10 MyVar=a Dialog.Message("Tekshirish", MyVar) Bunda a o‘zgaruvchiga 10 qiymati berilyapti, o‘z navbatida a ning
qiymati MyVar ga o‘zlashtirilyapti. “Tekshirish” sarlavhali muloqot
panelida esa MyVar ning qiymati akslantirlmoqda.
Endi xuddi shu mazmunga ekvivalent bo‘lgan yana ikkita
ssenariyni qaraymiz.
2-ssenariy: a=10; MyVar=a; 3-ssenariy: a=10; MyVar=a; Ssenariy yozishda zahiraviy kalit solar ham qo‘llaniladi.
Quyidagi so‘zlar funksiya nomi va o‘zgaruvchilar uchun ssenariy
tarkibida eng ko‘p qo‘llaniladigan zahiraviy kalit so‘zlar hisoblanadi:
and break do else elseif end false for function if in local nil not
or repeat return table then true until while
Ssenariy boshida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish ularning
turlarini ko‘rsatish shart emas. Chunki AutoPlay sscript tili dinamik
xususiyatga ega. Siz o‘zgaruvchini uning qiymati bilan birga e’lon
qilishingiz bilan, u avtomatik ravishda bu o‘zgaruvchining turini aniqlab
oladi. Ammo AutoPlayda umumiy miqyosda ma’lumotlar turining
quyidagi asosiy 6 ta turidan foydalaniladi: number (sonli), string (satrli),
nill (nol), boolean (mantiqiy), function (funksional) va table (jadvalli).
AutoPlayda sonlarni yozishda bir muncha qoidalar mavjud va
ular quyidagicha yozilishi mumkin: 4, 4., .4, 0.4, 4.57e-3, 0.3e12.
Satrli ma’lumotlar bilan ishlaganda o‘zgaruvchiga satriy
qiymat berish uchun kerakli simvollar ketma-ketligi qo‘shtirnoq yoki
tirnoq ichiga olib yoziladi:
233
Name = "Joe Blow"; Dialog.Message("Title", "Hello, how are you?"); LastName = 'Blow'; yoki escaped = "She said \"Talk to the hand,\" and I was all