O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173
 
Dasturlar yaratish vositalari 
 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 
─ yangi 
dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar 
majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy 
vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu 
jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga 
mo‘ljallangan. 
Dasturlash texnologiyasining vositalari 
Ilovalar yaratish
uchun vositalar
Axborot tizimlari
(САSЕ-texnologiyalarni
yaratish vositalari)
Mahalliy
vositalar
Integratsiyal
angan
vositalar
Amalga oshirish
tizimiga
qurilganlar
Amalga oshirish
tizimidan
mustaqillar
Dasturlash tillari
va tizimlari
Foydalanuvchi-
ning aslaxaviy
vositalar
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini 
yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 
Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli 
va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga 
dasturlar yaratish vositalari
 va 
Case-texnologiyalar
 
kiradi. 


140 
 
Dasturlar yaratish vositalari.
 
Ushbu vositalar dasturlar yaratishda 
ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy 
tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 

kompilyator va interpretatorlar; 

dasturlar kutubxonasi; 

turli yordamchi dasturlar. 
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga 
aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida 
yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi. 
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan 
iborat.Dasturlar yaratish vositalariga Microassembler, CI, CI++, Delphi, 
Visual Basic va boshqalar kiradi.
Dastur biror masalani yеchishda elеktron hisoblash mashinalari 
bajarishi lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibidan iborat. EHM uchun 
dastur tuzish jarayoni dasturlash dеyiladi. Dasturlash еchilishi kеrak 
bo‘lgan masala algoritmini EHM tiliga, ya’ni «mashina tili»ga 
o‘tkazishdir. EHM uchun dastur tuzish – masalani еchish usulini 
mashina buyruqlarining shunday majmui (dasturi)ga, kеltirish dеmakki, 
bu buyruqlar хotiraga joylashib, tartib bilan amalga oshadi va tеgishli 
hisoblashlarni bajaradi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin