132
Ya’ni, masala kichik-kichik masalalarga ajratib, keyin har bir
masala uchun alohida dastur ishlab chiqilgan va birlashtirilgan.
Dasturchilar tomonidan ma’lum bir soha o‘rganilib, uning alohida
ob’ektlari ajratib olingan. Bu ob’ektlar uchun masalalarni yechishda
qo‘llash mumkin bo‘lgan hususiyatlar aniqlangan. Ehtiyojga qarab har
bir hususiyat ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar aniqlangan.
So‘ngra o‘rganilayotgan sohaning har bir real ob’ektiga mos dasturiy
ob’ekt ishlab chiqilgan. Ma’lumki, kompyuter yordamida hal
qilinadigan har bir masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish yozish
talab qilinadi. Bunday masalalar sinfining kengayib borishi albatta
yangi-yangi dasturlar yaratishga olib keladi. Yangi dasturlarni yaratish
uchun «eski» dasturlash tillarining imkoniyati yetmay qolganda yoki
dastur yaratish jarayonini mukammallashtirish uchun yangi dasturlash
tiliga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu masalani albatta malakali va tajribali
dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shu
dasturchilarni
yetishtirish
bugungi
kunda
informatika
fani
o‘qituvchilarining eng asosiy masalasi hisoblandi
Dostları ilə paylaş: