O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173
 
Scan Disk
dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va 
asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan 
ko‘pincha 
WINDOWS 
dan 
notugri 
chikkanda 
(Kompyuterni 
Pusk\Zaversheniye rabotы\ Vыklyuchit kompyuter 
ketma-ketligi 
dan o‘chirilmaganida) foydalaniladi . Buning uchun 
Pusk/Programmы/ 
Standartnыye / Slujebnыye programmы 
qism menyusida 
Proverka 
diska (Scan Disk) 
bo‘limi nomi «sichqoncha» bilan 2 marta bosilsa, 
ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo‘ladi . Bu oynada 
tekshirilishi kerak bo‘lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. 
Tekshirish ikki – Standart (
Standartnaya
) yoki to‘liq (
Polnaya
) rejimda
bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik
tugrilash (
Ispravlyat oshibki avtomaticheski
) xolati tanlanib 
Zapusk 
tugmasi bosiladi. 
 
Diskni defragmentasiya qilish (Defrag).
Ma’lum vaqt o‘tgandan 
sung ko‘pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil 
bulaklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o‘qish va saqlash ishlarini 
sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to‘plash va ularni siqish 
jarayoni 
defragmentasiya deb yuritiladi va bu jaroyon fayllarni yozish va 
o‘kishni tezlashtirish imkonini beradi.
 
Defragmentasiya diska /Defrag 
dasturi yordamida amalga 
oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentasiya oynasi 


136 
ochiladi va defragmentasiya jarayoni qanday kechayotgani prosentlarda 
ko‘rsatilib turiladi. 
 
 
1.3. Dasturlash tillari va ularning turlari. Dasturlash vositalari. 
 
Fan va texnikaning keyingi yillardagi yutuqlarini juda ko‘p 
hollarda dasturlash bilan bog’liq deb hisoblashadilar. Ammo bu to‘gri 
emas. Birinchi va tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan ko‘p maqsadli 
hisoblash qurilmalari XIX asrda yaratilgan bo‘lib, ularga dastur tuzish 
muammosiga birinchi bo‘lib Ada Lavleys (u Charlz Bebbidjning 
«Difference Engine» hisoblash mashinasida ishlar edi) duch kelgan.
1949 yili birinchi dasturlash tili Short Code yaratilgan. Elektron 
hisoblash mashinalarining dastlabki avlodlaridadastur tuzuvchilar 
lasturlarni mashina kodlarida yaratishar edi. Tasavvur etish uchun 
«Hello, word!» kabi matnni chiqarish uchun yaratilgan dasturning bir 
qismini keltiramiz va siz uning naqadar dasturchi uchun noqulay ekanini 
anglab etasiz.
Mashina kodlari keyingi yillarda dasturlash olamiga kirib 
keluvchilar (elektronika sohasidagi nomutaxassislar) uchun noqulay 
bo‘lgan. Ammo tez orada foydalanuvchila uchun tushunarli bo‘lgan 


137 
yuqori darajali dasturlash tillari yaratilib, dasturlash bilan shug’ul-
lanuvchidar safi kengayishiga sabab bo‘ldi.
Birinchi yuqori darajali dasturlash tillariga 20 asrning 50-yillarida 
bo‘lib yaratilgan FORTRAN, Cobol va Algollarni keltirish mumkin. Bu 
tillar shu kunlarda ham «yashab kelmoqdalar» va keyingi yillarda yara-
tilgan minglab dasturlash tillarining avlodlaridan hisoblanishadi. 
Quyidagi kedtirilgan sxemada dasturlash tillarining qisqa tarixini 
keltiramiz: 
Dasturlash tillari ichida 1958 yilda yaratilgan Algol tili muhim 
o‘rinni egallaydi. Uning yaratuvchilardan biri Djon Bekus Fortran 
tilining asoschilaridan biri bo‘lgan. Algoritmic Language nomi bu 
tilning algoritmlarni yozish uchun mo‘ljallanganligidan dalolat beradi. 
Juda ham aniq mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan Algol tili ilmiy va 
texnikaviy adabiyotlarda algoritmlarni yozish uchun qo‘llanila 
boshlandi. Keyingi yillarda uning Algol 60 va Algol 68 versiyalari 
yaratildi. Algol 68 foydalanish uchun noqulay holda yaratilgan bo‘lib 
shveytsariyalik olim Niklaus Virt uning qabul qilinishiga o‘zining 
noroziligini bildirdi. Shu bilan birgabu versiya qator dasturlash 
tillarining yaratilishiga sababchi bo‘ldi. 1967 yili Niklaus Virt Algol W 
nomli o‘zining versiyasini yaratdi. Ammo muallifga shu kungacha 
mavjud bo‘lgan dasturlash tillaridagi noqulayliklar yoqmas (jumladan, 
talabalarni dasturlar yaratish metodlaribilan tanishtirishda dasturlash 


138 
tillarining imkoniyatlaridan foydalanish) va u 1968 yili o‘zining 
dasturlash tilini yaratishga kirishdi. 1970 yili dasturlash olamida ikki 
olamshumul hodisa yuz berdi: birinchisi Unix operatsion tizimining 
yaratilishi bo‘lsa, ikkinchisi Pascal dasturlash tilining yaratilishi. 
Niklaus Virt bu tilni XVII asrning buyuk faylasuf va matematigi Blez 
Paskal sharafiga Pascal dasturlash tili deb atadi. Dastlab, dasturlash 
tilining to‘liq versiyasi SDC6000 kompyuteri uchun yaratilgan. O‘zining 
aniqligi, mantiqiyligi va boshqa qator xususiyatlari bilan dasturlashni 
o‘rgatishdagi imkoniyatlari bilan bu dasturlash tili o‘z o‘rnini topa oldi. 
1975 yiliBill Geyts va Pol AllenBASIC dasturlash tili versiyasini
Virthamda Yensen esa «Pascal User Manual and Report» tilini 
yaratishdi. Keyingi yillarda bu dasturlash tillarining iurli versiyalari 
yaratila boshlandi. Jumladan, kompyuter texnologiyalari sohasidagi 
muhim hodisalaridan biriga aylangan 1983 yilda Borland firmasi 
yordamida Filip Kan tomonidan yaratilgan Turbo Pascal dasturlash tili 
shulardan biridir. Shu vaqtgacha bu tilning qator versiyalari ko‘zga 
tashlandi 
(1992 
yili, 
Borland 
7. 
0). 
Jahondagi 
mashhur 
korporatsiyalardan biri bo‘lgan Borlando‘zining qator dasturlash tillari 
turli opertsion tizimi uchun yaratgan va ulardan ayrimlari keltiramiz:
Operatsion tizimlar 
Dasturlash tillari 
MS-DOS 
Turbo Pascal, Turbo S, Turbo Assembler 
WINDOWS 
Delphi, C++ Builder, JBuilder,
Linux 
Kylix 
Dasturlash tili-matnlarni yozish qoidalari tizimidan iborat bo‘lib, 
kompilyator tomonidan bu matnlar aniq instruktsiyalar va kattaliklar 
to‘plami sifatida taqdim etilishi zarur. Barcha dasturlash tillari 
o‘zlarining mashina tiliga bog’liqlik darajasi bilan baholanadilar. 
Mashina tiliga bog’liq tillarda instruktsiya va operandlar maxsus belgili 
nomlar bilan ifodalanadilar. Masalan, Intel protsessori uchun assembler 
tilida yozilgan dasturdan lavha keltiramiz: 


139 
Mashina tiliga bog’liq tillarning afzalligi yuqori darajadagi 
dasturlarni yaratishda bo‘lib, bu dasturlar xotirada minimal hajmni 
egallab, hisoblashlarni maksimal tezlikda bajaradilar. Ammo bu tillar 
yordamida murakkab dasturlarni yaratish nihoyatda noqulay.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin