O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Komputerga xizmat ko‘rsatish dasturlari



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173
 
1.2. Komputerga xizmat ko‘rsatish dasturlari 
Shaxsiy kompyuter (ShK) larning axborotlarni uzok va ishonchli 
saklovchi vositasi bu magnit disklardir. ShK larning ishlash jarayonida 
tezkor xotira va magnit disk (MD) qurulmasi o‘rtasida uzluksiz axborot 
almashinuvi amalga oshiriladi. Ayniqsa qattik disk bilan bu jarayon 
intensiv amalga oshadi. 
Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda ShK 
ning magnit diskidagi axborotlarni buzilishi xollari sodir bo‘ladi. Ba’zan
esa MD ning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi . 
Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin: 

diskning fizikaviy shikastlanishidan; 

magnit disk sirtining ifloslanishidan; 

kompyuterning avariyali o‘chirilishidan; 

disketani disk yurituvchi qurilmadan vaqtida olmaslikdan; 

dasturning avariyali yakunlanishidan so‘ng operasion tizimni qayta
yuklaganda; 

viruslar ta’sirida. 


133 
Bulardan tashqari fayllar joylashuvidagi o‘zgarishlar kompyuter 
ishlashini bir qancha sekinlashtirishi mumkin. 
Diskdagi axborotni tiklash
Ishlash jarayonida o‘chib ketgan katalog va fayllarni qayta tiklash 
uchun quyidagi dasturlar ishlatiladi: 

MS-DOS tarkibida kiruvchi Undelete dasturi 

NORTON Utilites servis dasturi majmuasiga kiruvchi UnERASE 
dasturi 

PCTOOLS dasturi 
O‘chib ketgan axborotni tiklashni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun diskka hech qanday axborot yozilmagan bo‘lishi kerak. 
UnEruSE dasturi va uning ishlash tamoyili 
Fayl yoki katalog o‘chirilganda, uni MS-DOS butunlay 
o‘chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII
jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o‘qishlarda bu 
fayl joylashgan joy bo‘sh joy sifatida qabul qilinadi. 
O‘chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko‘rsatilgan 
katalogda bu fayl borligini aniqlaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar 
faylning o‘lchami va joylashuvi bilan bog’liq. 
Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan 
bo‘lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi. 
Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan 
bo‘lsa, dastur bulardan bir- biriga yaqin keluvchi bo‘sh klasterlarni fayl 
uchun birlashtiradi. Bunday holda kerakli klasterlarni qo‘lda ajratish 
kerak. 
O‘chirilgan fayllarni muvaffaqiyatli tiklashning asosiy shartlariga 
quyidagilar kiradi: 

fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi; 

faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan
egallanib qolmasligi. 
Dasturni ishga tushirish uchun UnEraSe yozib, Enter bosiladi. 
Ekranda o‘chgan kataloglar va fayllarning ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu 
ro‘yxat birinchi jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Name 
ustunidagi nomlar turli xil ko‘rinishda chiqarilgan bulishi mumkin.


134 
Quyidagi hollar uchrashi mumkin: 

nom to‘liq chiqarilgan - bu fayl SmartCan utiliti yordamida saqlab 
qo‘yilgan va 100% tiklash ehtimoli bor; 

"?" simvoli bilan boshlanadi. Bu fayl o‘chirilgan bo‘lib 1-simvoli 
ko‘rsatilgandan keyin tiklashga beriladi; 

nom bosh xarflar bilan berilgan bo‘lsa bu katalog bo‘lib, unga 
Enter knopkasi bosilsa, undagi fayllar ruyxati ekranga chikadi. 

katalog nomi "?" bilan boshlanasa, bu o‘chirilgan katalog bo‘ladi. 
Bashorat (prognoz)lar quyidagicha bo‘lishi mumkin . 

Excellent - a’lo 

Good - yaxshi 

Average – o‘rta 

Poor - yomon 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin