33
kelmaganlar, hattoki ularning boshqaruv an’analari mahalliy xalqlarning
mukammal davlatchiligi bilan qiyoslash darajasida ham bo‘lmagan,
shunga qaramay ularning ma’lum davrlardagi siyosiy hukmronligi
mahalliy xalqlarning davlatchilik boshqaruv
tizimi va davlatchilik
strukturalariga ma’lum ta’sir o‘tkazgan. Bunday holatni ilk o‘rta asr
turkiy davlatlaridan biri Eftallar hukmronligi davrida ko‘rish mumkin.
Eftallarning mazkur hududlardagi siyosiy va iqtisodiy hukmronligi
davomida yerga egalik munosabatlari va davlatchilik an’analari va
ijtimoiy munosabatlardagi ayrim o‘zgarishlarning yuz berishi bilan
xususiyatlanadi. Bu bilan eftaliylarda yuksak davlatchilik an’analari
mavjud bo‘lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi, balki ularning uzoq vaqt
hukmronligi va mahalliy xalqlarning davlatchiligini o‘zlashtirib, o‘ziga
bo‘ysundirishi mazkur jarayondagi ayrim o‘zgarishlarning yuz berishiga
olib kelgan edi.
Shuning uchun ham turli vaqtlarda savdo yo‘llari tarmoqlariga
egalik qilib turgan davlatlar ikkinchi tarmoqqa ham egalik qilish uchun
shimoldagi yoki janubdagi raqiblari bilan doimiy kurash olib borganlar.
Bunday holatni Eftaliylar va Turk xoqonligi,
Eftaliylar va Sosoniylar,
Turk xoqonligi va Sosoniylar, Turk xoqonligi va Arab xalifaligi,
Toxariylar va Arab xalifaligi, Somoniylar va Safforiylar, Somoniylar va
turkiy ko‘chmanchi qabilalar, Somoniylar va Arab xalifaligi,
Qoraxoniylar va Somoniylar, Qoraxoniylar va G‘aznaviylar, Saljuqiylar
va G‘aznaviylar va Xorazmshohlar, Xorazmshoxlar va Mo‘g‘ullar va
boshqalar. Tarixiy jarayonlarning shu
nuqtayi nazardan rivojlanib
borishi kuzatilsa, Buyuk Ipak yo‘lining har ikki tarmog‘i qisman
Eftaliylar, qisman Arab xalifaligi, qisman (juda qisqa vaqt)
Shayboniyxon tomonidan, to‘lig‘icha Somoniylar,
Amir Temur
davlatlari davridagina to‘liq yagona davlat nazoratiga olinganligini
ko‘rish mumkin. Aynan ana shu davlatlarning O‘rta Osiyo hududlarida
hukm surgan boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy, siyosiy va madaniy
jihatdan ancha yuksak darajaga yetganligini, davlatning osoyishtaligini,
xalqining farovonligi va bunyodkorligining asosiy sabablari va
omillaridan biri sifatida ularning Buyuk Ipak yo‘li ustidan to‘la nazorat
o‘rnata olganligida edi, deb hisoblash mumkin.
Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlariga
kirib kelgan turkiy
qabilalar xioniylar, kidariylar (toxarlar) va eftaliylar edi.
V asrlarga kelib, O‘rta Osiyo hududlari va unga chegaradosh
hududlarda yashayotgan bir qator turkiy qabilalar
xion
qabilalari
tomonidan birlashtirildi va kuchli qabilaviy siyosiy ittifoq shakllantirildi.
34
Xioniylar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Ammian Marsellinning
asarlarida ko‘rish mumkin. U 356-yil xioniylar hukmdori Grumbatning
o‘z o‘g‘li bilan Eron sosoniylari shohi
Shopurning Suriyadagi Amida
shahrini qamal qilgan vaqtda janglarda ishtirok etganligi to‘g‘risida
yozib qoldirgan. Yirik qabila siyosiy ittifoqini shakllantira olgan
Grumbat V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududlariga bostirib kiradi va
Amudaryo havzasini egallaydi. V asrda sosoniylar shohi Varaxran V
(418-438-yillar)
Amudaryo
bo‘ylarida
hukmronlik
qilayotgan
xioniylarga qarshi kurash boshlaydi. Ikki o‘rtadagi kurash sulh tuzilishi
va davlatlar o‘rtasida Marv va Balx oralig‘ida joylashgan Tallikonning
chegara etib belgilanishi va chegara belgisi sifatida bu yerda
Toshminora qurilishi bilan yakunlanadi.
Xioniylar va Sosoniylar
o‘rtasidagi kurash Yazdigard hukmronligi (438-457-yillar) yillarida ham
davom
etib,
dastlab
xioniylar
hukmdorining,
457-yilda
esa
Yazdigardning o‘zining o‘ldirilishi bilan tugaydi. Xioniylar bilan deyarli
bir vaqtda shakllangan toxarlar (hukmdorining nomi bilan Kidariylar
deb ham yuritiladi) O‘rta Osiyodagi bir oz muddatlik hukmronligidan
so‘ng, sosoniylar va eftallar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilgandan
so‘ng Hindistonga ko‘chib ketadi va u yerda chorak asr Guptalar davlati
o‘rnida hukmronlik qiladi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo davlatchiligi va
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumida o‘ziga xos iz qoldirgan xalqlardan biri
eftaliylar edi.
Dostları ilə paylaş: