45
Chochning mohir ustalari metallardan qurol-yarog‘, uy-ro‘zg‘or
buyumlari, oltin va kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar,
teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan mato to‘qiganlar,
sopol va
shisha idishlar yasab, ichki va tashqi bozorni hunarmandchilik
mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho
toshlar, g‘alla, quruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan.
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan, VI-
VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar
Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan.
Choch poytaxti tashqi savdo munosabatlarining markazi edi.
Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk feodal jamiyatiga xos edi. U
mulkdor
tabaqa zodagon dehqonlar, mehnatkash tabaqa erkin jamoa
a’zolari-ozodlar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar hamda erksiz qul va
cho‘rilardan iborat edi.
Dostları ilə paylaş: