Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi 
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik 
boshboshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib 
o‘rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, 
mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur 
o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida dastlab barlos 
qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli 
gvardiya, ayniqsa, uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi. 


68 
Shuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa-
da, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish 
nihoyatda og‘ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat yoki ijtimoiy 
tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar avval boshda 
uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan Amir Temur 
o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi 
bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p 
jihatdan bog‘liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370-yilning o‘rtalarida 
Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan 
nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga har birining mavqeyi va 
martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) 
taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi. 
Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida 
mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga 
dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. 
Shu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni, Farg‘ona, 
Shosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi. 
Ammo Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi 
hukmdorlari (Husayn So‘fi, Yusuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib, 
elchilar jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur 
hokimiyatnini tan olmadilar.
Shuning uchun, ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba 
(1371, 1373, 1375, 1379, 1388-yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 
1388-yildan so‘ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. Amir 
Temurning harbiy yurishlari 1386-yildan boshlab “uch yillik”, 1392-
yildan “besh yillik”,1399-yildan “yetti yillik” urushlar nomini olagn. 
XIV asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron 
ixtiyoriga o‘tadi. “Uch yillik” urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, 
Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundiradi. Shundan keyin u 
Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi. 
1388-yilning yanvarida Amir Temurning qaytishidan xabardor 
bo‘lgan dushmanlar chekina boshlaydilar. Amir Temurdan topshiriq 
olgan amirlar, Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalar dushmanni 
Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda quvib yetib, unga katta talofat 
yetkazdilar. 1388-yilning oxiridagi yana bir to‘qnashuv (Sagaron, 
Kattaqo‘rg‘on atroflarida) To‘xtamishning mag‘lubiyati va qochib 
ketishi bilan yakunlandi. 1395-yilning bahorida Kavkazdagi Terek 
daryosi bo‘yida To‘xtamish va Amir Temur qo‘shinlari yana 
to‘qnashdilar. Bu jangda To‘xtamish qattiq mag‘lubiyatga uchradi, 


69 
poytaxt Saroy Berka ishg‘ol etildi va Oltin O‘rdaning qudratiga qattiq 
zarba berildi. 
Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning bir mamlakatga qilgan 
yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket 
borgan. Xorazm, Xuroson, Eron, Hindiston yurishlari bunga misol bo‘la 
oladi. Ma’lumki, Sohibqiron hokimiyat tepasiga kelgan davrda Eron va 
Xurosonda ham bir nechta kichik davlatlar mavjud bo‘lib, oddiy xalq va 
savdogarlar ulardan ko‘p jabr ko‘rar edilar. Amir Temur 1380-yildan 
boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor 
shaharlari unga jangsiz taslim bo‘ladilar. 1388-yilning yanvarida Amir 
Temurning 
qaytishidan 
xabardor 
bo‘lgan dushmanlar 
chekina 
boshlaydilar.
Sohibqiron Ozaybarjonga bir necha bor hujum qilib 1387-yilda uni 
egallashga muvaffaq bo‘ladi. 1392-yilda Armaniston va Gruziya Amir 
Temur izmiga o‘tadi. Shimoliy Hindiston va Kashmir musulmonlari 
qaroqchilardan aziyat chekayotganligi bois Temur Hindistonga ham 
yurish qilib, 1399-yil martida bu hududlarni ham egallaydi. 1400-yilda 
Amir Temur qo‘shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni bilan 
kurash olib borib, o‘sha yili Misr sultoni Farajni tor-mor etdi. 1402-yilda 
Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to‘qnashdi va 
uni tor-mor etdi.
Temurning bu g‘alabasi, ayniqsa, yevropaliklarda katta taassurot 
qoldirgan edi. Misol uchun, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba 
munosabati bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va 
Vizantiya imperatori Temurga o‘z tabriknomalarini yuborganliklari 
manbalarda ma’lum. Chunki, tadqiqotchilar tili bilan aytganda
Yevropaga ulkan xavf solib turgan Boyazid boshchiligidagi usmoniylar 
imperiyasiga berilgan zarba uchun endigina uyg‘onayotgan butun 
Yevropa Amir Temurdan minnatdor edi. 1404-yilning may oyida Amir 
Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va Xitoyga 
bo‘ladigan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1404-yilda qahraton 
qishda Temurning 200 minglik qo‘shini Samarqanddan Xitoy yurishiga 
chiqadi. O‘sha yili qish O‘rta Osiyo tarixidagi eng qahraton qishlardan 
bo‘lgan edi. Sirdaryoning suvi bir metrga muzlagan, askarlardan 
ko‘pining qo‘l-oyoqlarini, quloq-burunlarini sovuq olgan edi. Amir 
Temurning o‘zi ham ko‘p o‘tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar 
oyining o‘rtalarida O‘trorga to‘xtashga qaror qilishadi va bu yerda 18-
fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etadi. 


70 
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar olib boradi. Ushbu 
yurishlar natijasida ulkan saltanat barpo etildiki, uning tarkibiga 
Movarounnahr va uning atrofidagi viloyatlar, Xorazm, Kaspiy atrofidagi 
viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy 
Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator davlatlari kirgan. Amir 
Temurning ulkan davlat barpo etishdagi faoliyati uning maqsad va 
rejalariga ko‘ra ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1360-1386-
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Sohibqiron Movarounnahrda 
markazlashgan kuchli davlat barpo etishga erishadi. Ikkinchi bosqich 
1387-1404-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Amir Temur mamlakat 
qudratini mustahkamlash payida bo‘ldi. O‘sha vaqtdagi Qobul va 
Shimoliy Hind mulklarining hukmdori bo‘lgan Pirmuhammadni taxtga 
o‘tqazish tarafdorlari ko‘p bo‘lsa-da, Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, 
Toshkent, Sayram, Turkiston yerlarining hokimi Xalil Sulton 1405-
yilning 18-martida o‘zining ming chog‘li askari bilan shoshilinch tarzda 
Samarqand taxtini egallaydi. Xalil Sulton boshqa bir temuriy shahzoda 
Muhammad Jahongir Mirzo (Temurning ikkinchi o‘g‘li bo‘lmish 
Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li)ni xon 
deb ko‘taradi va uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb ettiradi. Xalil 
Sulton vaqtincha Temurdan qolgan xazinalar evaziga Sohibqironning 
nufuzli a’yon va kiborlari, ayrim amirlarini ma’lum qismini o‘z 
tomoniga og‘dirib, Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lishiga 
qaramay, ko‘p o‘tmasdan kuchli norozilik va isyonlarga duch keladi. 
Avvalo, Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo Hirotda o‘z nomiga 
xutba o‘qitib, tanga zarb etishni joriy qildi. Shundan so‘ng, Turkiston 
hokimi Shayx Nuriddin va Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil 
Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Bu isyonga O‘tror hokimi Berdibek 
ham qo‘shiladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo 
bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Temur taxtining asosiy 
valiahdi bo‘lgan Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil 
Sultonga qarshi Nasafga qo‘shin tortadi. Xalil Sultonni Iroq tomondan 
otasi Mironshoh Mirzo qo‘llab quvvatlab turgan bo‘lishiga qaramay, 
unga qarshi nizolar kuchayib bordi. Natijada, 1405-yilning oxirlariga 
kelib Xurosonda Shohruh Mirzo, Balx, G‘azna va Qandahorda 
Pirmuhammad Mirzo, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshoh 
Mirzoning o‘g‘illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlaq 
bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, 
Sarbon, O‘tror, Sayram Amir Berdibek tasarrufida qoladi. O‘ratepa bilan 


71 
Farg‘onani Amir Xudoydod egallab oladi. Xorazmni esa Oltin 
O‘rdaning taniqli sarkardalaridan biri Amir Idiku O‘zbek ishg‘ol etadi. 
1405-1408-yillarda Shohruh Mirzo Xalil Sultondan Samarqand 
taxtini tortib olishga harakat qilgan bo‘lsada, buning uddasidan chiqa 
olmadi. Balx, Seyiston, Xuroson va Ozarbayjonda temuriy shahzodalar 
va ayrim nufuzli amirlarning birin-ketin ko‘tarilib turgan g‘alayonlari 
bunga 
jiddiy 
to‘sqinlik qilar edi, 1409-yilning boshlarida 
Movarounnahrda ham siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Bu vaqtda 
Amir Xudoydod Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi Sheroz 
qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oladi. 
Xuroson hokimi Shohruh esa Mozandaron, Mashhad, Seyiston va 
Kirmondagi g‘alayonlarni bostirib, bu viloyatlarda osoyishtalik 
o‘rnatadi. So‘ngra butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi va 1409-yil 
25-aprelda Amudaryodan o‘tib, Samarqandga qo‘shin tortadi.
Bu jangda Xalil Sultonni asir olgan Amir Sulton qo‘shinlari tor-
mor etilib, Xalil Sulton asirlikdan ozod qilinadi hamda Ray viloyatining 
(Eronda) hokimligiga tayinlanib 1411-yilda vafot etadi. 1409-yilning 
oxiriga qadar Movarounnahrda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatib, Xalil 
Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga keskin choralar 
ko‘radi, izdan chiqqan xo‘jalik hayotini, savdo-sotiqni tiklaydi, Shohruh 
Mirzo temuriylar davlatining oliy hukmdori sifatida e’tirof etilib, uning 
deyarli 40-yillik (1409-1447-yy.) barqaror hukmronlik davri boshlanadi. 
Temur vafotidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida davom etgan taxt va 
hududlar uchun o‘zaro urushlar hamda isyonlar mamlakat aholisining 
iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir qilib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab 
bo‘lgan edi. Shu bois, Shohruh Mirzo oddiy xalq tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi tabiiy edi. Aynan shuning uchun ham Shohruh Amir 
Temur hukmronligi ostida bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini 
o‘rnatishga hamda mamlakatda doimiy tinchlik va osoyishtalik 
o‘rnatishga jiddiy harakat qiladi. 
Amir Temur va temuriylar davrida davlatning kuchli boshqaruvi 
asoslari yaratilgan bo‘lib, bu asoslar saltanat tasarrufiga olingan xalqlar 
va millatlarning diniy e’tiqodi, milliy va irqiy mansubligi hamda 
sivilizatsiyalar taraqqiyoti darajasidagi tafovutlar va boshqa holatlarning 
o‘z holicha davom etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Aksincha, 
mamlakat tarsarrufidagi barcha xalqlar va elatlar iqtisodiy siyosiy 
taraqqiyotining yanada yuksalishiga ijobiy turtki beribgina qolmasdan
ularga tarixiy sharoitni, ya’ni barcha xalqlar va davlatlar o‘rtasida 
madaniy va iqtisodiy aloqalarni hozirgi qabul qilingan iboralar bilan 


72 
aytganda integratsion jarayonlarning faol harakatda bo‘lishiga imkon 
yaratib bergan edi. Amir Temur tomonidan davlat boshqaruvi sohasida 
bir qator islohotlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan islohotlar 
natijasida Movarounnahr va unga tobe viloyatlarda qonunga, uning 
ustuvorligiga asoslangan davlat boshqaruvi tizimi shakllantirildi. 
Islohotlar jarayonida shu davrdagi mavjud davlat boshqaruv tizimidagi 
ko‘chmanchi va o‘troqlik xususiyatiga ega bo‘lgan davlatchilik 
boshqaruvi an’analarining qaytadan tashkil etilishi, bunda o‘troq va 
ko‘chmanchi xalqlarning diniy, milliy, mintaqaviy, etnik qadriyatlari 
asos qilib olingan bo‘lsada, pirovard natijada mahalliy o‘troq 
madaniyatga ega xalqlarning milliy davlatchilik an’analari asosiy 
o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv ikki idoradan - dargoh va vazirlik - devondan iborat 
bo‘lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini 
boshqarish, uning devonlari, mahalliy hokimiyat idoralari bilan 
bog‘lanib turish ishlarini oliy devon yuritgan. 
Oliy devon - ijroiya hokimiyatida bosh vazir, mulkchilik va soliq 
ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlar 
boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir faoliyat ko‘rsatib, 
devonbegiga hisobot berib turgan. 
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi 
ahdos (urf-odatlar bo‘yicha hukm chiqaruvchi qozi, qoziyi askar, sadri 
a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (fuqarolarning 
shikoyatlarini ko‘ruvchi), eshikog‘asi, saroy vaziri, yasovul va boshqalar 
bo‘lgan. 
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun hududda yagona 
markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy 
tuzilishiga ko‘ra harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur 
o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal 
qiladi:
3
1.
Davlatning siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi; 
2.
Davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligining buzilmasligi; 
3.
Davlat va jamiyatning muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura 
asosida boshqarilishi; 
4.
Boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qonun va qoidalar 
ishlab chiqilishining shakllangan bo‘lishi; 
5.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvolining davlat 
e’tiborida bo‘lishi; 
3
Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. 133-б. 


73 
6.
Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish; 
7.
Har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki 
taraqqiyoti masalalarining tashqi dunyodagi mavjud omillardan 
foydalangan holda olib borishi; 
8.
Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamon va kelajakni teran 
tafakkur, 
mustahkam 
iymon, 
g‘oyat yuksak ma’naviyat va 
millatparvarlik ila anglamog‘i; 
9.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni 
jamiyatning rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining 
ta’minlanishini qo‘shdi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin