Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. IX-XIII asrlarda o‘zbek davlatchiligi tizimlarining mustahkamlanishi. 
2. Somoniylar davri davlat boshqaruvi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. Qoraxoniylar davrida harbiy boshqaruv tartibi qanday amalga 
oshirilgan. 
4. Xorazmshohlar davrida davlat boshqaruvining amalga oshirilishi. 
5. Xorazmshohlar davlatida qo‘shin tuzulishi. 


62 
6. Somoniylar va Qoraxoniylar davlat boshqaruvidagi o‘xshashlik va 
farqlar nimalardan iborat? 
6-Mavzu: Mo‘g‘ullar istibdodi davrida davlatchilik jarayonlari 
Reja: 
1. Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligining o‘rnatilishi va 
bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi 
2. Chig‘atoy ulusida harbiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi 
3. Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar

Mo‘g‘ul qabilalari va urug‘lar shu mintaqada yonma-yon yashab 
turgan boshqa qabilalarga nisbatan iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy 
jihatdan ancha qoloq bo‘lib, qabilalararo o‘zaro birlikning yo‘qligi 
ularning ijtimoiy hayotini yanada yaxshilanishiga katta to‘siq bo‘lib 
turardi. Shunga qaramay bu qabilalarning jangovarligi juda yuqori 
darajada bo‘lib, bir tomondan Xitoy bilan, ikkinchi tomondan o‘zaro 
kurashlar ularning kuchli jangchilar bo‘lib yetishishlari uchun katta 
ta’sir qilgan edi. XIII asr boshlariga kelib Mo‘g‘uliston, Sharqiy 
Turkiston, janubiy Sibir hududlari, Yettisuv va atrof hududlarda yashab, 
asosan, ko‘chmanchi chorvadorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan ko‘plab 
turkiy, mo‘g‘ul va boshqa qabilalar o‘rtasida o‘zaro siyosiy harbiy 
to‘qnashuvlar kuchayib ketdi. Bu jarayonlarda asosiy yetakchi kuch 
mo‘g‘ul qabilalari bo‘lib, Temuchin (1155-1227-yillar) boshliq 
mo‘g‘ullar jaloyir, o‘yrat, kerait, nayman, qoraxitoy, qirg‘iz, uyg‘ur, 
qorlik kabi urug‘larni kuch bilan birlashtirib, mo‘g‘ul qabilalarining 
dastlabki siyosiy ittifoqi va davlatiga asos soldilar. O‘rta asrlar davrining 
eng jangovar davlatlaridan biri bo‘lgan Mo‘g‘ullar davlatining tashkil 
topishi va keyinchalik qudratli imperiyaga aylanishi mo‘g‘ul hukmdori 
Temuchin nomi bilan bog‘liq bo‘lgan.
1205-yildayoq Qoraqurumda mo‘g‘ullar bilan yonma-yon yashab 
kelgan va ularning hukmronligi ostida bo‘lgan jaloyir, o‘yrat, kerait, 
nayman, qoraxitoy, qirg‘iz, uyg‘ur, qorlik kabi turkiy qabilalar ham 
ishtirok etgan qurultoy bo‘ldi va unda Temuchin Chingizxon nomi bilan 
mo‘g‘ul xoni etib saylandi.
Hokimiyat tepasiga kelgan Chingizxon, eng avvalo, o‘ziga tobe 
bo‘lgan mo‘g‘ul va turkiy qabilalardan ko‘p sonli va kuchli intizomga 
ega bo‘lgan qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘shinning 
soni 200 mingdan ortiq otliq va piyoda qo‘shinlardan iborat bo‘lgan.


63 
Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o‘ziga zarur bo‘ladigan 
qurol-yarog‘, jumladan, o‘q-yoy, sadoq, nayza, qilich va boshqa harbiy 
aslahalarni, shuningdek, har qanday holatlar uchun zarur bo‘ladigan 
arqon, qozon, mesh, igna, bolta va oziq-ovqatlarini avvaldan tayyor 
holga keltirgan va yurish vaqtida ko‘rsatilgan buyumlar har bir askarda 
bo‘lishi shart bo‘lgan. Bu talablarni bajarmagan askarlar qattiq 
jazolangan.
Mo‘g‘ullar qo‘shini o‘ntalik, yuztalik, ming va o‘n ming kishilik 
harbiy bo‘linmalardan tarkib topgan bo‘lib, har bir bo‘linma tegishli 
ravishda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va tumanboshi (o‘n ming 
kishilik qo‘shin qo‘mondoni)lar tomonidan boshqarilgan. Tumanlarni 
(o‘n ming kishilik bo‘linmalarni), odatda, Chingizxonning aka-ukalari, 
amakilari va o‘g‘illari boshqargan.
Chingizxon hali hayotlik vaqtidayoq bosib olingan hududlarni to‘rt 
o‘g‘liga boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining narigi 
tomonidan to “mo‘g‘ullar otining tuyog‘i yetgan joy”gacha bo‘lgan 
yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi (Sig‘noq, Barchinlig‘kent, Janikent, 
Ashnas shaharlari) va Xorazmning shimoliy-g‘arbiy hududlari to‘ng‘ich 
o‘g‘li Jo‘chiga berildi. Jo‘chining yaylovlari Irtishda, qishlash joyi 
Sirdaryoning quyi oqimlarida edi. 
Qoshg‘ar, Yettisuv, Movarounnahr ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga 
berildi. Chig‘atoyning qo‘shini Ili daryosi bo‘yida edi. 
Uchinchi o‘g‘il O‘g‘adayxonga G‘arbiy Mo‘g‘uliston va 
Tarbag‘atoy o‘lkasi ajratildi. 
Uning qo‘shi Chuguchakda edi

Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluyga esa otasidan Xalxa 
Mo‘g‘uliston, ya’ni Shimoliy Mo‘g‘uliston meros qoldi. Uning qo‘shi 
Kerulen daryosi bo‘yida edi.
Jo‘chining o‘g‘li Botuxon (1227-1255-yillar), O‘g‘adoy (1227-
1241-yillar) va Tuluyning o‘g‘li Munqa (1251-1260-yillar) zamonida 
mo‘g‘ullar saltanatining ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar 
bo‘ladi va Oltin O‘rdaga asos solindi. 
Chig‘atoy (1227-1241-yillar) 
o‘z yerlariga inju tarzida egalik 
qilgan. Olg‘uygacha (1261-1266) bu yerlarda Mo‘g‘ul xoqoni 
hokimiyati joriy etilgan. Qoon nomidan Chig‘atoy ulusini Mahmud 
Yalavoch boshqargan. Mahmud Yalavochning hokimiyat tepasiga 
kelishining o‘ziga xos sabablari bor edi.
XIII 
asr 
boshlaridayoq 
Chig‘atoy 
tasarrufiga 
berilgan 
Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘atoy ulusi tashkil 


64 
topadi. XVI asrning 40-yillariga qadar hukm surgan Chig‘atoy ulusining 
markazi Yettisuvda edi.
Mo‘g‘ullar turli madaniyatga va rivojlanish darajasiga ega 
mamlakatlarni bosib olib, o‘z hokimiyatlarini o‘rnatgan bo‘lsalarda, 
madaniy hududlarni boshqarish ishlaridan ancha yiroq edilar, bunday 
tajribaning yo‘qligi esa ularni mahalliy hokimlar yoki boshqaruvda 
tajribaga ega kishilar yordamiga muhtoj qilgan va o‘zlari esa, asosan, 
bosib olingan o‘lkalarda o‘lponlarni yig‘ib olish va iqtisodiy hukmronlik 
bilan cheklanganlar.
Xuddi 
shunday 
boshqaruv 
usuli 
Chig‘atoy 
tomonidan 
Movarounnahrga nisbatan ham amalda joriy etildi. Bir necha yillar 
davomida Chingizxonga, uning vafotidan so‘ng esa O‘qtoy xizmatiga 
o‘tgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch Movarounnahr 
viloyatlariga noib etib tayinlandi va u Movarounnahrni ijarador sifatida 
idora eta boshladi.
XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul zodagonlari 
doirasida o‘troq hayotga o‘tish, shahar madaniy hayotiga yaqinlashish, 
mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni 
kuchayadi. Ijtimoiy hayotdagi bunday o‘zgarishlar o‘troq vohalardan 
uzoqda yashayotgan mo‘g‘ullar va o‘troq hayotga yaqinlashgan 
mo‘g‘ullar o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshiliklar va ijtimoiy-madaniy 
munosabatlarda bo‘linishga olib keladi. Shu sababli bu davrda o‘troq 
dehqonchilik viloyatlari va ularning ziroatkor va hunarmand aholisiga 
nisbatan mo‘g‘ul hukmron doiralari o‘rtasida ikki xil munosabat yuzaga 
keladi.
Ko‘chmanchi harbiy zodagonlarning katta qismi, xon xonadoni 
vakillari va ayrim 
qoonlar
o‘troq hayotga mutlaqo qarshi bo‘lib, 
ko‘chmanchilik va chorvadorlik an’analarini birinchi o‘ringa qo‘yar 
edilar.
Mahalliy zodagonlar, ruhoniy va savdogarlarning asosiy qismi va 
ayrim mo‘g‘ul xonlari (Kepakxon, Duvaxon, Tarmashirin, qisman 
Guyukxon, Munqaxon, Olg‘uyxon) hamda harbiy ma’murlarning kichik 
bir qismi o‘troq hayot tarafdori bo‘lib, ular mamlakatdagi siyosiy 
boshboshdoqlik va tarqoqlikka qarshi kurash olib borib, markaziy 
hokimiyatni mustahkamlashga intilardilar. O‘troq hayot va undagi 
dehqonchilik, hunarmandchilik hamda savdo-sotiq ishlari davlat 
xazinasining asosiy daromad manbayi ekanligini anglagan mo‘g‘ul 
hukmdorlari xo‘jalikning bu tarmoqlarini rivojlantirish siyosatini ham 
yuritganlar. Buning uchun, eng avvalo, o‘troq aholini talash va ekin 


65 
dalalarining payhon etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mehnatkash aholidan 
davlat xazinasi uchun yig‘ib olinadigan soliqlar va yig‘imlarni tartibga 
solish, majburiy hashar ishlarini qat’iy tartibini belgilash, mahalliy 
hokimlarning soliq ishlaridagi shaxsiy o‘zboshimchaliklariga yo‘l 
qo‘ymaslik va aholidan olinadigan soliqlarga qo‘shimcha soliqlar joriy 
etilishini kamaytirish, madaniy va iqtisodiy markazlar hisoblangan 
shaharlardagi jamiyat hayotini faollashtirish va ichki bozorlarni 
kengaytirib savdoni yo‘lga qo‘yish, Buyuk Ipak yo‘lidagi avvalgi 
mavqeini qayta tiklash, karvonsaroylar barpo etish va xalqaro savdoni 
yo‘lga qo‘yish davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng 
asosiy siyosat bo‘lishi lozim edi.
Bunday siyosat tarafdorlaridan biri Mo‘g‘ulistonning ulug‘ qooni 
Munqa va ikkinchisi Chig‘atoy ulusining noibi Ma’sudbek edi. Xatto 
Munqa soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus 
farmon chiqardi va mazkur yorliqda qayd qilinishicha, Munqa hajmi 
belgilanmagan eng og‘ir soliq va o‘lponlarni, xususan, Chingizxon 
vafotidan so‘ng berilgan payza va yorliqlarni bekor qiladi. Yomlar 
(aloqa bekatlari) bo‘ylab aloqa xizmati uchun ajratiladigan otlar sonini 
belgilab, aholidan ortiqcha ot talab qilmaslik, fuqarolarning shaxsiy 
mulki hisoblangan otlardan foydalanishni taqiqlash va aloqa xizmati 
uchun ajratilgan otlardan boshqa maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin