3. Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi
X asr boshlariga kelib Movarounnahr va uning atrof viloyatlarida
yashovchi turkiy xalqlardan o‘n mingga yaqin kishi islom dinini qabul
qildi va Forob - Shosh – Chimkent - Turkiston oralig‘idagi hududlarda
o‘troqlasha boshladi. Qarluqlar bilan birga o‘g‘uz qabilalari ham
53
Movarounnahr hududlarida o‘troqlashgan va islom dinini qabul qilgan
xalqlardan biri edi. Bu ikki urug‘ga mansub xalqlar keyingi davrlarda
o‘zbek xalqining shakllanishi va etnik jarayonlarida muhim o‘rin tutgan
edi. Hozirgi Xorazm atroflarida o‘troqlashgan o‘g‘uzlar Somoniylarning
ruxsati bilan Movarounnahr hududlariga kirib kela boshlaydi.
Buxoroning janubiy viloyatlarida chorvachilik bilan shug‘ullangan bu
qabila, keyinchalik turkman-saljuqlar nomi bilan o‘z davlatlariga ham
asos solgan edilar.
Turkiy qarluqlar esa chigil (jikil) va yag‘mo qabilalari bilan
yonma-yon Yettisuv va Issiqko‘l bo‘ylaridagi hududlarida joylashgan
edi. Qarluqlar Yettisuv hududlarida qisman chorvachilik va qisman
dehqonchilik bilan shug‘ullanishsada, qolgan ikki qabilaga nisbatan
ularning taraqqiyot darajasi ancha yuqori bo‘lib, iqtisodiy va madaniy
hayot taraqqiy etgan bir qator shaharlariga ega edi. X asrda qarluqlar
Somoniylar bilan karvon savdosi orqali faol munosabat o‘rnatgan edilar.
Qarluqlarga nisbatan taraqqiyot darajasi birmuncha orqada bo‘lgan jikil
qabilalari Issiqko‘l atroflarida yashab, asosan, chorvachilik va yilqichilik
bilan shug‘ullanganlar, ularning ijtimoiy hayotida ko‘chmanchi-
chorvachilikka xos an’analar ustunlik qilgan.
Issiqko‘lning janub tomonida yashagan yag‘mo qabilalari esa
asosan chorvachilik va ovchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, ularning qolgan
ikki qabilaga nisbatan jangovarlik xususiyatlari juda yuqori edi.
X asrga kelib turkiy qabilalar orasidagi ijtimoiy va mulkiy
munosabatlarning faollashuvi jarayonida yaylovlar va chorvadan
mahrum bo‘lgan aholi soni ko‘paydi. Bu esa turkiy qabilalarda o‘troq
turmush tarziga o‘tish, dehqonchilik va hunarmandchilik hamda savdo
bilan
nisbatan
faolroq
shug‘ullanish
uchun
turtki
berdi.
Movarounnahrning o‘troq aholisi bilan uzoq vaqtdan buyon davom etib
kelayotgan o‘zaro aloqalar ta’sirida turkiy qabilalarda ham asta-sekin
yerga egalik va mulkchilik shakllari qaror topa boshladi, jamiyatda
yerga egalik munosabatlari shakllanib bordi.
Turkiy chorvador xalqlarning ijtimoiy va siyosiy hamda iqtisodiy
hayotidagi
bunday
o‘zgarishlarda
Buyuk
Ipak
yo‘lining
Movarounnahrdan Xitoyga o‘tuvchi tarmoqlari joylashganligi va turkiy
54
xalqlar ham bu jarayonda bevosita ishtirok eta boshlaganliklari,
ikkinchidan mazkur xalqlarning ijtimoiy hayotida o‘troqlashuv
jarayonlarining kuchayib borishi, yangi shahar va dehqonchilik
hududlarining shakllanishi va eskilarining mavqeyi ortib borishi
o‘zining eng katta ta’sirini o‘tkazgan.
Shuningdek, Somoniylar va ulargacha ham Movarounnahrning
yuksak madaniyatga ega mahalliy xalqlari bilan savdo va iqtisodiy,
qisman madaniy aloqalarning faollashib borishi ham turkiy xalqlarning
hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishida juda katta
omil bo‘lgan edi. Umuman, Movarounnahrning Arab xalifaligidan
ajralib chiqishi va Somoniylar davlatining ichki va tashqi sohada olib
borgan siyosati ma’lum darajada turkiy qabilalarning jipslashuv
jarayonlarini ham kuchaytirib yuborgan edi. Buning ayrim omillari
sifatida quyidagilarni aytish mumkin, birinchidan, Movarounnahrdagi
o‘troq aholining ko‘chmanchi chorvador xalqlar bilan faol iqtisodiy
aloqaga kirishuvi, buning natijasida turkiy xalqlarning, avvalo, madaniy
va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar
madaniyati (ilm-fanning ayrim namunalari, kundalik turmushda
ishlatiladigan jihozlar, hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa shu
kabilar) va davlatchiligi bilan ma’lum darajada tanishuvi bo‘lsa,
ikkinchidan turkiy xalqlarning ixtiyoriy va majburiy holda islom dinini
qabul qilishi (Ismoil Somoniy 893-yilda Tarozni bosib olganda bu
yerdagi ibodatxonani masjidga aylantirgan va aholini islom diniga
o‘tkazgan edi), bunda turkiy xalqlar an’anaviy qabilaviy dinlar o‘rniga
yagona va o‘rta asrlar siyosiy va ijtimoiy sharoitidan kelib chiqqan holda
barcha qabilalarni birlashtirish quvvatiga ega bo‘lgan yagona mafkurani
o‘zlashtiradilar va ayni vaqtda islom dinining qabul qilinishi o‘rta
asrlarga xos islom madaniyatining qabul qilinishi va yirik davlatlar bilan
aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi. Turkiy xalqlar ichki hayotida yuz
bergan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar hamda ayrim tashqi ta’sir
natijasida X asrga kelib bu xalqlarda ham davlatchilikning rivojlangan
darajasiga o‘tish jarayonlari boshlandi.
|