Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Xorazmshohlar davlatchiligi tarixi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

4. Xorazmshohlar davlatchiligi tarixi 
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X asr 
oxiri XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va uning 
o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qulaganidan so‘ng mustaqil 
davlat tuzishga harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996-yilda Shimoliy 
Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad ikki qismga bo‘linib ketgan 
davlatni birlashtirib xorazmshoh unvoni oladi va Urganchni o‘z 
poytaxtiga aylantiradi. Ammo Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va 
Xurosondagi G‘aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz 
bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga 
qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi Anushteginiy Xorazmshohlar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. 
Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib 
chiqishi jihatidan o‘g‘uz turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjiston 
(Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk) bo‘lgan. Saljuq 
sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton 
hovuzlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko‘tarilgan edi. 
Manbalarning ma’lumot berishicha, tashtdorlik mansabiga sulton 
o‘zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtegin 
sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076-yilda Sulton 
Malikshoh Anushteginni Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin 
Saljuqiylarga tobe bo‘lib hokimiyatni boshqaradi va 1097-yilda vafot 
etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097-1128) 
Xorazm voliysi qilib tayinlanadi. 
Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik 
shaharlaridan biri bo‘lgan Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini 
yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach qobiliyatli hukmdor 
sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin 
Muhammad Xorazmda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun anchagina 
kuch-g‘ayrat sarflagan bo‘lsada, rasman Saljuqiylarga tobe bo‘lgani 
bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning oliy 
hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum. 
Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni “Podshoh Qutbid-dunyo 
vad-din Abulfath Mu’in Amiral-mo‘minin” (“Dunyo va din qutbi, 
g‘alabalar otasi Mo‘minlar amiri-xalifaning yordamchisi”) deb 
ulug‘lanishi Qutbiddin Muhammad Saljuqiylarga tobe bo‘lsa-da, 
mavqeyi ancha baland bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shu sababli bo‘lsa kerakki, 1128-yilda Qutbiddin vafot etgach 
Sulton Sanjar Xorazm taxtini uning o‘g‘li Aloviddin Otsizga (to‘liq 


56 
nomi Al-Malik Abu Muzaffar Aloviddin Jaloliddin Otsiz; 1128-1156-
yy.) topshiradi. O‘z davrining mohir sarkardasi va yaxshigina diplomati 
bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib borishga harakat qilib 
Saljuqiylarning har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Otsiz birinchi 
marta Sulton Sanjarning itoatidan chiqib mustaqil harakat qildi va 
Saljuqiylarga tegishli bo‘lgan Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarni 
Jandgacha (Kaspiy dengizi bo‘ylarigacha) bosib olib, Mang‘ishloq 
viloyatini ham o‘ziga bo‘ysundirdi. Bundan g‘azablangan Sulton Sanjar 
Otsizga qarshi yurish qilishga qaror qildi. Chunki o‘sha davr siyosatini 
yaxshi tushungan Sanjar, agar Otsizni buysundirmasa o‘ziga tobe 
bo‘lgan Qoraxoniylar va G‘aznaviylar ham isyon ko‘tarishini bilardi. 
Shuningdek, u o‘zining harbiy qudrati g‘oyat kuchli ekanligini ham 
bilardi. Bularni hisobga olib Sulton Sanjar 1138-yilning oktyabrda 
Otsizga qarshi Xorazmga qo‘shin tortdi va Xazorasp qal’asini qamal 
qildi. Sulton Sanjar Xorazmga jiyani Sulaymonshohni voliy qilib 
tayinladi. Ammo ko‘p o‘tmay, 1139-yil fevralda Sulton Sanjar Marvga 
qaytgach, Otsiz o‘z qo‘shinlari bilan Xorazmga kelib Sulaymonshohni 
haydab yuborib qayta taxtni egalladi. 1156-yilda Otsiz qoqshol kasaliga 
uchrab vafot etadi va taxtga uning o‘g‘li Elarslon (1156-1172-yy.) taxtga 
o‘tiradi. Elarslon otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatda taxtni 
boshqardi. Chunki 1157-yilda Sulton Sanjar vafot etganidan so‘ng 
Saljuqiylar davlati mayda viloyatlarga bo‘linib ketdi va Xorazmni 
mustaqil siyosat olib borishi uchun keng yo‘l ochildi. Elarslon 
Xurosondagi Saljuqiylarning o‘zaro kurashlaridan foydalanib Kaspiy 
bo‘ylaridagi Dehistonni bosib oldi. Shuningdek, u otasi davrida 
Xorazmga bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq qabilalari 
yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha 
boshlaydi. 1158-yilda u katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib 
keldi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan qoraxoniylar 
ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borayotgan edi. Elarslon 
qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borilgan janglarida 
yordam beradi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga etib kelishi 
bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marotaba 
Xorazmga yurish qilgan bo‘lsada, muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1171-1172-yillarda 
qoraxitoylarning 
katta 
qo‘shini 
Xorazmshohning o‘lponni o‘z vaqtida to‘lamayotganligini bahona qilib 
Xorazm ustiga yurish qiladi. Elarslonning buyrug‘i bilan Sirdaryodagi 
katta to‘g‘onlar ochtirilib, Xorazm poytaxti yaqinidagi yo‘llar suvga 
bostirildi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va 


57 
Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) talon-taroj qilishdan saqlab 
qolindi. Ammo qoraxitoylarning bu yurishi davrida Elarslon kasallikdan 
vafot etdi (1172-y). Shundan so‘ng, uning o‘g‘illari Aloviddin Takash 
va Sultonshoh Mahmud o‘rtasida uzoq yillar toj-taxt uchun kurash bordi. 
Aloviddin Takash 1172-yilning dekabrida qoraxitoylar malikasi Chen 
Tiyon yordamida rasman taxtga o‘tirgan bo‘lsa-da, aka-ukalar o‘rtasida 
kurash davom etdi. Chunonchi, 1174-yilda Sultonshoh Mahmudning 
onasi Turkon xotun Nishopur hukmdori Oy-Aboga qimmatli sovg‘alar 
yuborib, Takashga qarshi ittifoq taklif qildi. O‘sha yili Gurganjdan 20 
farsah uzoqlikdagi Subvurni shahri ostonasida Oy-Abo qo‘shinlari 
Alovuddin Takash qo‘shinlari bilan to‘qnashdi. Bu jangda Takashning 
qo‘li baland kelib, Oy-Abo asir olindi va qatl etildi. Turkon xotun va 
Sultonshoh Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Dehistonga qochdilar.
Xorazmshoh Takash 1193-yilning dekabrida Marv shahrini fath 
etib, shahar va uning atroflariga katta o‘g‘li Nosiriddin Malikshohni 
voliy etib tayinladi. Bag‘dod xalifasi Nasr (1180-1225-yy.) va G‘arbiy 
Saljuqiylar sultoni Tog‘rul II o‘rtasidagi nizolardan foydalanib, Takash 
qo‘shinlari 1194-yilning mart oyida Tog‘rul II ga qarshi urush ochdi va 
uni mag‘lub etib Hamadon shahrini egalladi. Xorazmshohning tobora 
kuchayib borayotganligidan xavfsiragan xalifa Nasr qo‘shinlari 
Takashga qarshi chiqdilar. 1196-yilning iyun oyida Takash qo‘shinlari 
xalifa qo‘shinlarini engdi. Shu tariqa Afg‘oniston va Eronning katta 
qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va Xorazm davlati hududlari 
birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod 
xalifasiga tegishli joylar va G‘uriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi.
Ammo ko‘p o‘tmasdan xalifa Nasr bilan Takash munosabatlari 
yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh Iroqi Arab va xalifalik 
poytaxti Bag‘dodni bosib olishga qaror qildi. Lekin bu yurish paytida 
Takash kasallanib, 1200-yil iyul oyida Xorazm bilan Nishopur orasidagi 
Shahriston 
shahrida 
vafot 
etdi. 
1200-yilning 
avgust 
oyida 
Xorazmshohlar taxtiga Takashning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad o‘tirdi 
(1200-1221-yy.) va otasining Aloviddin laqabini qabul qildi. U taxtga 
o‘tirishi bilanoq ayrim muammolarga duch kelgan bo‘sa-da, ularni 
zudlik bilan bartaraf etib, 1203-yilda qoraxitoylarning yordami bilan 
Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini 
egalladi. Aloviddin Muhammad 1207-yilda Movarounnahrga yurish 
qilib, Buxorodagi Sanjar qo‘zg‘olonini bostirdi va Buxoroni egalladi. 
Xorazmshoh 1210-yilda qarluqlar bilan ittifoq tuzib qoraxitoylar ustiga 
yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning g‘alabasi bilan tugadi va u 


58 
qoraxitoylarning O‘zganddagi boy xazinasini qo‘lga kiritdi. Umuman, 
Aloviddin Muhammad 1210 va 1212-yillarda qoraxitoylarga ikki marta 
qaqshatqich zarba berib ularni butunlay tor-mor etdi. Buning natijasida 
uning obro‘yi oshib ketib ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar 
laqablarini olishga musharraf bo‘ldi. Aloviddin Muhammadning say-
harakatlari tufayli 1217-yilga kelib butun Movarounnahr, Ozarbayjon, 
Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan yerlarda Xorazmshohlar 
hukmronligi o‘rnatildi. Ammo mamlakatning ichki siyosiy holati 
mustahkam emas edi. Bu holat mo‘g‘ul bosqini paytida yaqqol nomoyon 
bo‘ldi. 
Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv. 
Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqaruv idorasi “al-majlis ul oliy 
al faxri at-toji” deb nomlangan bo‘lib, uni vazir boshqargan. Vazir – 
mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor shaxs bo‘lgan. 
Vazir sultonning bosh maslahatchisi bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan. 
Vazir rasmiy marosimlarda, davlatlararo aloqalarda, mustamlakalar 
bilan olib boriladigan muzokaralarda xorazmshoh nomidan ishtirok etib, 
sulton va rayiat (fuqarolar) o‘rtasida vositachilik qilgan. Barcha davlat 
amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy boshliqlar vazirga 
bo‘ysungan. Vazirning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan: 
- ashob ad-davanin yoki devonxonalar amaldorlarining boshlig‘i. Yuqori 
mansabli amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan bo‘shatgan; 
- davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) 
joriy etish ishlarini boshqargan; 
- davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan 
ta’minlanishini belgilagan; 
- bojxona va xazina faoliyatini nazorat qilgan; 
- sultonga muntazam ravishda hamrohlik qilgan, ba’zi paytlarda qo‘shin 
jo‘natib ularga boshchilik qilgan. 
Xorazmshohlar davlatida vazirlik lavozimi katta hurmatga ega 
bo‘lib, o‘rta asr manbalarining birida vazir haqida shunday ma’lumot 
beriladi (Z.Bunyodov bo‘yicha): “eng yuksak mahkama-vazorat 
(vazirlik) bo‘lib, barcha jamoat ishlari hamda odamlar hayotining to‘g‘ri 
yo‘ldan borishi u bilan aloqadordir, buning natijasida mamlakatning 
chiroyi va martabasi ortadi, davlatda tartib va qonunchilik o‘rnatiladi. 
Vazir – idora qilish qonunlarini biladigan, davlat kelajagini biladigan, 
hayotiy tajribaga boy, yaxshi ishlarga undovchi, shon-shuhrat va 
yutuqlarga etaklovchi, fuqarolar ahvolidan ro‘yi-rost xabardor qilib 


59 
turadigan, ko‘rsatmalariga to‘la ravishda ishonish mumkin bo‘lgan kishi 
bo‘lishi lozim…”
Vazirlarga sadr, dastur, xojayi bo‘zruk kabi unvonlar berilgan. 
Vazir lavozimidagi shaxs o‘zining siyohdoni (dovot) va ma’lum xil 
movutdan o‘ralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turgan. Ular asosan arab-
fors mansabdorlari muhitiga mansub kishilar bo‘lib, arab hamda fors tili, 
ma’muriy ishdagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi shart bo‘gan. 
Xorazmshohlar davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, 
Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan arboblar bo‘lgan. Xorazm davlatiga 
qarashli viloyatlarning ma’muriy boshqaruvida ham vazirlar bo‘lgan. 
Ba’zan shaharlarga ham vazirlar tayinlangan bo‘lib, ular o‘sha madaniy
va iqtisodiy markazning yagona hokimi ham edilar. Xorazmshohlar 
davlatida vazir lavozimi dastlab Sulton Otsiz hukumatida paydo bo‘lgan. 
O‘rta asrlar yozma manbalarida Xorazmshohlar davlat boshqaruvidagi 
ko‘pgina mansab va lavozimlar haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. 
Ularning asosiylari quyidagilar: 
Bosh hojib yoki ulug‘ hojib (hojibul-kabir) – oliy hukmdor shaxsi 
bilan bog‘liq masalalar, marosimlar, marosimlarning nazorati bilan 
aloqador ishlarga javobgar bo‘lgan. Ular sultonning eng zarur 
topshiriqlarini bajarganlar hamda hukmdorga doimiy ravishda hamrohlik 
qilganlar. Ular vazirlik devonining daftarlari, undagi yozuvlar, arxivlar, 
moliya sohasidagi kotiblar va amaldorlarning xatti-harakatini nazorat 
qilgan. 
Ustozdor – xorazmshohlar saroyida xizmatkorlarga bosh bo‘lib, 
otxonalar, oshxonalar, novvoyxonalar, sharobxonalar xo‘jaligini 
boshqarar edi. Oliy hukmdorning birinchi chorlashidayoq ustozdor etib 
kelib, sulton topshiriqlarini boshqa xizmatkorlarga yetkazar edi. 
Ustozdor saroyning barcha chiqimlarini amalga oshirgan. Saroy 
mansablarining barcha xarajatlari ham uning zimmasida bo‘lgan. 
Ustozdor xazinadan chiqadigan barcha sarf-xarajatlar uchun doimiy 
ravishda sultonga hisobot berib turgan. 
Amiri-oxur (miroxo‘r) – sayischi, sulton otxonalari boshlig‘ining 
lavozimi. U sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. 
Miroxo‘rlar harbiy yurishlarda ham faol ishtirok etganlar. 
Amiri-shikor – sulton ovlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchisi 
lavozimi.
Tashtdor – sulton hammomlari va hovuzlarining boshlig‘i. Uning 
qo‘l ostida bir necha g‘ulom bo‘lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin 
odamlar bo‘lgan. Ayrim sultonlar tashtdorlarga malik unvonini ham 


60 
berishgan. Ayrim tashtdorlar hatto o‘n ming askarlarga boshchilik qilib, 
harbiy yurishlarga ishtirok etganlar, ba’zilari esa sultonning shaxsiy 
elchisi vazifasini ham bajargan. 
Sharobdor – sulton sharobxonasining boshlig‘i. Sharobxonada turli 
sharoblar tayyorlash bilan birga shirin ichimliklar tayyorlash uchun 
shakar ham saqlangan. Sharobdorlar amirlar orasidan tayinlanib, uning 
qo‘l ostida bir nechta g‘ulomlar bo‘lgan. 
Qissador – bir hafta davomida sulton nomiga yozilgan ariza va 
iltimosnomalarni yig‘ib payshanbadan jumaga o‘tar kechasi sultonga 
topshirgan. Juma kuni esa sultonning javobini ariza egalariga yetkazgan. 
Xorazmshohlar saroyida qissador eng obro‘li mansablardan biri 
hisoblangan. 
Choshnigir (bakovul) – u dasturxon yozilganda sulton taomlaridan 
zaharlanmasligi uchun o‘zi birinchi bo‘lib tatib ko‘rar edi. 
Davotdor – sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi. 
Farrosh – sulton o‘rin-to‘shaklari saqlanadigan farroshxona 
boshlig‘i. Uning ixtiyorida gilamlar, chodirlar, poyondozlar, ko‘rpa-
to‘shaklar bo‘lgan. Farrosh va maxsus o‘rgatilgan g‘ulomlar sulton 
atrofida doimo hozir turar edilar. Amir ul-a’lam (a’lamdor yoki 
yalovbardor) – sulton bayroqdori yoki sulton tug‘ining sohibi. 
Xorazmshohlarning davlat tizimi Saljuqiylardan deyarli farq 
qilmagan. Ilgari bo‘lgani kabi davlat boshqaruvi dargoh va devonlar 
majmuidan iborat bo‘lgan. Dargohda hojib, ulug‘ hojib Xorazmshohlar 
davrida ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Hojiblarga maxsus 
muzokaralar olib borish, hatto vazirlar faoliyatini tekshirish kabi muhim 
vazifalar topshirilgan. Hojiblarning viloyat hukmdori bo‘lganliklari ham 
manbalardan ma’lum. 
Xorazmshohlar davlati o‘zining paydo bo‘lgan davridan boshlab to 
inqiroziga qadar doimiy qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Manbalarning 
ma’lumot berishicha, Xorazmshohlar o‘z davlatida majburiy umumxalq 
harbiy ta’lim tizimini joriy qilganlar. Davlatdagi qo‘shinlar soni 
hukmdorlar harbiy yurishlarining ko‘lamiga qarab o‘zgarib turgan. 
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, 1218-yilda Muhammad Xorazmshoh 
yalpi qo‘shinlar ko‘rigi o‘tkazib, unda “150 mingga yaqin otliq, 100 
ming piyoda askar qatnashdi”. 
Xorazmshohlar davlatining eng oliy harbiy boshqaruv idorasi 
devon-al arz (yoki devon-al jaysh) deb nomlangan bo‘lib, uning 
boshlig‘i sohib devon-al arz (yoki sohibi devon-al jaysh, yoki ariz-al 
jaysh) hisoblanar edi. Devon-al arz harbiylarga tegishli bo‘lgan yer-


61 
suvlar, ularga beriladigan maosh va har xil to‘lovlar, shuningdek, 
askarlarni ro‘yxatga olish, ular va ular qo‘lidagi qurol-aslahalarni 
tekshirib kurish ishlari bilan shug‘ullanardi. Bu devon hamma 
harbiylarga belgilangan maoshlarini (mavajib, arzak) hamisha ma’lum 
vaqtda berib turar va harbiy boshliqlarning maoshini o‘z qo‘l 
ostidagilarga to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilar edi.
Xorazmshohlar qo‘shinlarining qo‘mondoniga oid yoki muqaddam 
degan unvon tavsiya etilardi. Xorazmshohlar yangi zabt etilgan o‘lka 
yoki viloyat yerlarini amirlarga iqto tariqasida taqsimlab berar, mahalliy 
amirlar orasidan eng qobiliyatlisini ularga boshliq qilib tayinlab unga 
amir-al umaro (amirlar amiri) nomini berardi. Qo‘shindagi 10 ming 
kishilik suvoriylar guruhiga qo‘mondonlik qilgan kishilar malik 
unvoniga ega bo‘lar edi. Janglarda alohida mardlik ko‘rsatgan 
maliklarga esa xon unvoni berilgan. Qo‘shindagi choparlar chovush, 
ularning boshliqlari esa muqaddam chovushiya deb yuritilgan. Maxsus 
xufiya va ayg‘oqchilar bo‘linmalari josusiya deb atalgan. Urush 
boshlanishidan avval yoki urush e’lon qilingan vaqtda Xorazmshohlar 
harbiy kengash chaqirishar va unda oldinda turgan urush bilan bog‘liq 
masalalar muhokama qilinardi. Ushbu kengashga Xorazmshohning o‘zi 
boshchilik qilib, unga yirik harbiy arboblar, ulamolar, qonunshunoslar 
va munajjimlar taklif qilinar edi. Kengashda barcha takliflar ko‘rib 
chiqilib, so‘nggi qarorni shohning o‘zi qabul qilardi. Xullas, XIII 
asrning birinchi choragida Xorazmshoh Muhammadning harbiy va 
siyosiy uquvsizligi tufayli Xorazmshohlar davlati inqirozga uchradi. 
Shunga qaramasdan, o‘zbek xalqi o‘rta asrlar davri davlatchiligi tarixida 
Xorazmshohlar davlati muhim o‘rin tutadi. O‘z davrida Xorazm davlati 
Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Fors Iroqi, Ozarbayjon, 
Sijiston, G‘azna va boshqa davlatlar hamma viloyatlarni o‘z tarkibiga 
olgan edi. Xorazm saltanati XII asrning oxiri – XIII asrning boshlarida 
musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlati edi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin