74
Birinchi, vaziri a’zam (bosh vazir) – saltanatning muhim ishlari
bilan shug‘ullangan.
Ikkinchi, sipoh vaziri – mamlakatning harbiy masalalari bilan
shug‘ullangan.
Uchinchi, (mulkchilik va soliq ishlari vaziri) – davlat yer-
mulklari, boj, zakot ishlari bilan shug‘ullangan.
To‘rtinchi, (saroy vaziri) – saltanat kirim chiqimlari, xazina
xarajatlari bilan shug‘ullangan.
Beshinchi, adliya vaziri bo‘lib, bu vazir devoni kuzzot (qozilar
devoni)ga rahbarlik qilgan.
Oltinchi, devoni mushrif – mansabdorlar faoliyatini nazorat
qilish ishlari.
Yettinchi, tashqi ishlar vaziri (devoni rasoil) – mamlakatlararo
savdo va elchilik munosabatlarini boshqargan.
Ayni vaqtda, Amir Temur tomonidan turkiy davlatchilik
boshqaruvining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan qurultoylarning
faoliyati jonlantirildi. Qurultoyda mamlakatning taqdiri bilan bog‘liq
masalalar muhokama etilgan va u Millat majlisi vazifasini bajargan.
Ma’muriy jihatdan mamlakat uluslar, viloyatlar va tumanlarga
bo‘lib boshqarilgan. Mamlakat to‘rt ulusga bo‘lingan va har bir ulus va
viloyatlar Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari tomonidan idora
etilgan. Ayni vaqtda, davlat yerlarining bir qismi suyurg‘ol tarzida ham
shahzodalarga va yirik amaldorlarga bo‘lib berilgan. Garchi suyurg‘ol
tarzida berilgan yerning sohibi Amir Temurga sadoqat bilan xizmat etib
kelgan va ma’lum bir hudud yoki mulkning markaziy hokimiyatga
so‘zsiz bo‘ysunishini ta’minlasada, keyinchalik temuriylarning
hukmronligi vaqtida yuzaga kelgan siyosiy tarqoqlikning iqtisodiy va
siyosiy asoslaridan biriga aylanib qolgan edi, ya’ni viloyatlar hokimlari
bilan bir qatorda ba’zi suyurg‘ol mulk egalari ham o‘zlarini mustaqil deb
e’lon qilishga harakat qilgan edilar.
Ma’muriy tizim, asosan, ma’lum hududiy birlikning yetkazib bera
oladigan qo‘shinlari soni bilan belgilangan, o‘n ming qo‘shin bilan
ta’minlash imkoniga ega hudud
Dostları ilə paylaş: