77
ulufa
bilan ta’minlab borilgan. Ayni vaqtda, janglarda o‘zini ko‘rsata
olgan va mardlik namoyon qilgan askarlar va lashkarboshilar maxsus
mukofotlar va in’omlar bilan taqdirlangan. Agar biron-bir lashkarboshi
dushman qo‘shinini mag‘lub etsa va biron-bir hududni qo‘lga kiritsa, u
maxsus tug‘, noqora, bahodirlik martabasi va eng asosiysi harbiy
masalalardagi davlat kengashlariga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan.
Amir Temur qo‘shinlarini boshqargan qo‘shin boshliqlari –
amirlar, asosan, unga sodiq bo‘lgan o‘n ikki urug‘ (qabila) – barlos,
arg‘in, jaloyir, tulkichi, do‘ldoy, mo‘g‘ul, sulduz, to‘g‘oy, qipchoq,
arlot, tatar va tarxonlardan tanlab olingan bo‘lib, butun harbiy faoliyati
davomida Amir Temur 313 nafar kishiga amirlik rutbasini bergan edi.
Mazkur 313 nafar amirlarning biri
Dostları ilə paylaş: