76
milliy, irqiy, diniy va taraqqiyoti darajasidan qat’iy nazar mamlakat
obodligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilgan.
Amir Temurning davlatchilik ta’limotida tarixiy davlatchilik
tafakkuri, o‘z davrining muhim ijodiy qonunchiligi va ta’limotlari
uyg‘unlashib, o‘sha davr uchun yangicha mukammal davlatchilik
asoslari yaratilgan va amalga oshirilgan.
Amir Temurning davlat boshqaruv qoidalari insoniylik poydevori
ustida qaror topganligi uchun ham bu qadriyatlar o‘zbek xalqining
bugungi davlatchilik an’analariga ham mos keladi.
Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosatidagi eng asosiy
tayanchi harbiy qo‘shinlar edi. Harbiy qo‘shinlarning eng asosiy
vazifalaridan biri esa mamlakat tinchligi va fuqarolarning xavfsizligini
ta’minlashdan iborat edi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki vaqtlaridanoq
kuchli harbiy qo‘shin tuzish harakatiga tushadi, buning asosiy sababi
dastlabki vaqtlarda Movarounnahrning tevarak atrofida joylashgan
mo‘g‘ul xonlari va amirlariga qarshi kurash olib borish bo‘lsa, keyingi
vaqtlarda kuchli davlat tuzish va uning xavfsizligini ta’minlash edi, bu
masalalar esa o‘z navbatida davlatning kuchli qo‘shinga ega bo‘lishini
taqozo etardi.
Amir Temur harbiy islohotlarga katta e’tibor berib, eng avvalo,
qo‘shin boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tanlab olish va
ularni tarbiyalab borish, qat’iy harbiy intizomga rioya etuvchi kuchli
qo‘shin tuzish, qo‘shinni qurollantirish borasida ish olib bordi.
Amir Temurning harbiy islohotlari asosida tuzilgan qo‘shinning
asosini o‘n nafar jangchidan iborat bo‘linma tashkil qilgan. Bu bo‘linma
Dostları ilə paylaş: