42
so‘g‘diylargina emas, balki butun dasht aholisi kiyinardi. So‘g‘dning
sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zarg‘aldoq
shaftolisi Xitoy poytaxtida “Samarqandning oltin shaftolisi” nomi bilan
dong‘i ketgan edi. Chorvachilikda mayda va yirik shoxli hayvonlar bilan
bir
qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa, So‘g‘dning
hisori ko‘ylari va tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va
Maymurg‘ yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasil Xitoyga haydab
borilardi.
Toxariston davlati
.
Toxariston hozirgi Surxondaryo viloyati,
Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashgan. Bu
mustaqil davlat Xuttalon, Chag‘oniyon, Termiz, Badaxshon, Kabodiyon,
Vaxsh, Shuman, Shug‘non, Vaxon kabi 27 ta tog‘li
va tog‘
oldi
viloyatlarini birlashtirgan. Ular har birining o‘z
hokimi va chokarlari
bo‘lgan. Masalan, Chag‘oniyon viloyatining hokimi “chag‘onxudot”,
Termizning hukmdori “termizshoh”, Xuttalonniki – “malik” yoki “sheri
xuttalon» deb yuritilardi. Mahalliy hukmdorlarning eng kuchli va
nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Kabodiyon, Shug‘non va Vaxon
viloyatlarining hokimlari bo‘lib, ular harbiy kuchlar zarur paytlarda 50
mingtagacha chokar to‘play olardilar.
Toxariston avval eftaliylar,
so‘ngra Turk xoqonligi tomonidan bo‘ysundiriladi. Manbalarda ta’rif
etilishicha, VII-VIII asrlarda Toxariston aholisining yarmi mahalliy,
yarmi esa turklar bo‘lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk,
uchinchisi esa mahalliy tilda so‘zlashgan. Podshoh,
zodagonlar va
fuqarolar budda diniga sig‘inganlar, qator ibodatxonalar va kohinlar
bo‘lgan. 25 harfli yozuvi ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan.
Aholisi
ip va ipak matolardan kiyingan. Tog‘liklari po‘stin va jun
chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa
uzun soch qo‘yib yurishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan
konchilik taraqqiy topgan. Birgina Badaxshonning o‘zidan la’l, lojuvard,
aqiq kabi
qimmatbaho toshlar va oltin, temir va jez kovlab olingan.
Serjilo toshlar va ma’danlar zargarlik, chilangarlik va temirchilikda
ishlatilgan. Bu o‘lkada ayniqsa qurolsozlik yuksalgan edi. Chokarlar
kamon, gurzi, cho‘qmor, xanjar va shamshir bilan qurollangan. Ularning
qo‘lida ajoyib to‘qima balx sovutlari bo‘lardi. Toxaristonda shishasozlik
ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar, marjon
va munchoqlardan tashqari xilma-xil shisha buyumlar yasalgan. VIII asr
boshlarida Toxaristondan Xitoyga olib chiqilgan qizil
va zumrad rangli
shishalar xitoyliklarni lol qoldirgan.
43
Toxaristonda, ayniqsa, to‘qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun
va ipakdan rangli, guldor va yo‘l-yo‘l matolar to‘qilgan. Qimmatbaho
ipak va jun matolardan, asosan, zodagon
dehqonlaru hukmdorlar
kiyinishgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham,
lekin hali bir oz bo‘lsa-da, markazlashmagan edi. Chunki uning har bir
viloyati o‘zining vorisiy sulolasiga mansub hokimlari tomonidan
boshqarilgan. Ular alohida-alohida mayda davlatchalarni eslatardi. Hatto
ularning har biri o‘zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib,
Toxariston ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan mayda davlatchalar
konfederatsiyasini tashkil etardi.
Dostları ilə paylaş: