41
atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga
tayanardilar. Chunki ular o‘zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida
bo‘lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho‘chigan holda yashar edilar.
Ular orasida eng yirigi So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi
edi. Bu ittifoqqa Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan
Samarqand, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va
Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o‘z hokimiga
va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko‘pchiligi Samarqand
ixshidiga tobe bo‘lsa-da, ammo Buxoro, Kesh va Naxshoblar deyarli
mustaqil edi. Hatto ular o‘z tanga pullarini zarb qilardilar. VII asr
birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, qudratli davlatga aylanib
boradi. VII asr o‘rtalarida Kesh hukmdori -
ixshid Shishpir
butun
So‘g‘dda hukmronlikni qo‘lga kiritadi. U o‘z nomidan tangalar zarb
ettiradi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatadi. VI asr
ikkinchi yarimida Keshda Axurpat hukmronlik qilgan vaqtda Kesh va
Samarqand o‘rtasida kurashlar kuchayib ketadi va Samarqand
hukmronlikni qaytarib oladi. Endilikda Kesh ixshidi Samarqand
ixshidiga tobe bo‘lib qoladi va unga
ixrid
unvoni beriladi. Bu vaqtda
Samarqand hokimi Varxuman bo‘lgan. So‘g‘diyonaning mahalliy
hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hokimlari bilan birlashgan
edilar. Yirik siyosiy birliklar ma’lum muddatlarda shaharlardan birida
o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish
uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Unda o‘tkaziladigan har yilgi
diniy marosimlarda viloyat hukmdorlarining barchasi qatnashardi.
Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, So‘g‘d
hukmdorlari O‘rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib
borardilar. Masalan, Afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda So‘g‘d
hokimi Varxumaning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan
elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
So‘g‘diyona hududlari hozirgi Panjikentdan Karmanagacha
bo‘lgan hududlardan iborat bo‘lgan. Bu vaqtda Buxoro mustaqil davlat
sifatida ajralib chiqdi va
Dostları ilə paylaş: