40
Iqtisodiy hayotning muhim sohalari sanalgan hunarmandchilik va savdo-
sotiq yaxshi taraqqiy etgan.
Dehqonchilik – sun’iy sug‘orishga asoslangan. Arablar bosqiniga
qadar sug‘orish tizimi yaxshi taraqqiy etgan va bu yerga kelgan arablar
ham obod va ko‘kalamzor bog‘-rog‘lar, dalalarni ko‘rib, hayratda qolgan
edilar. Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan sug‘orish
tarmog‘idan tashqari Kushoniyaning Narpay,
Buxoro vohasining
Shofurkon, Samarqand atrofining Raboti Hoja kabi uchta suv tarmog‘i
mavjud bo‘lgan.
Lalmikor dehqonchilik ham xo‘jalikda asosiy o‘rin tutgan.
Ziroatchilikda an’anaviy donli ekinlar va paxta ko‘p yetishtirilgan.
So‘g‘dda ipak tolasi yetishtirilgan.
VI-VII asrlarda savdo-sotiq ishlari janubdan shimolga ko‘chgan va
bundagi vositachilik so‘g‘diylar qo‘liga o‘tgan. Konchilik ishlari
kengayib, hunarmandchilik turlari ko‘payib borgan. Mug‘ tog‘ida olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan 150 turdagi mato bu
yerlarda to‘qimachilik ham g‘oyatda rivojlanganligidan dalolat beradi.
VII asrda harbiy to‘qnashuvlarning ko‘payishi
iqtisodiy hayotda
katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Birinchidan, markazlashgan
hokimiyat zaiflashdi,
ikkinchidan, siyosiy vaziyatning notinchligi
iqtisodiy tanglikni yuzaga keltirdi.
So‘g‘d viloyati aholisi ijtimoiy qatlamlari, asosan,
savdogarlar,
hunarmandlar, taqvodorlar, harbiy askarlar,
ziroatkorlar va chorvador
aholidan tarkib topgan. Ularning orasida dehqonlar mavqe jihatdan
yuqoriroq turgan. Chunki ular zodagon sanalib,
katta yer egalari
hisoblangan. Jamiyatda dindorlarning ham ahamiyati va o‘rni yuksak
bo‘lgan.
VI-VII asrlarda madaniy taraqqiyot jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy
va ijtimoiy voqealar ta’sirida rivojlanib borgan.
Turli xalqlarning til va
yozuvlari alohida o‘ringa va mavqega ega bo‘lgan. Arab yozuviga qadar
O‘rta Osiyo hududlarida turk-runiy (miloddan avval shakllangan),
uyg‘ur (taxminan VI asr), monaviy (milodiy III-VIII asrlar), so‘g‘d,
braxma va suryoniy yozuvlari mavjud bo‘lgan. Bular orasida Xorazm
yozuvi alohida o‘ringa ega bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: