infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya
tayinlash uchun zarur
bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga
layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug’ish, farzand tug’ilganda,
bola parvarishi va boshqa holatlar bo’yicha
vaqtinchalik mehnat
qobiliyatini yo’qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik, ishsizlik
nafaqalardan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Bolalikdan nogironlarga va
o’n sakkiz yoshga to’lmagan
OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa.
Ushbu
nafaqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 aprel
kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish
uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”
gi Qaroriga asosan tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
(TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh
nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning
bosqichidan qat’i nazar, o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV
infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini
beradiga
n tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16
yoshgacha
nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan
shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir
muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda
uning tayinlanishi uchun
murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorda tayinlanadi. Bunda o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV
infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida
bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqani
tayinlash
Nafaqani tayinlash va to’lash O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasining
tuman
(shahar)
bo’limlari
tomonidan,
moliyalashtirish uchun mablag’lar davlat byudjeti hisobidan amalga
oshiriladi.
Nafaqa barcha
zarur hujjatlar mavjud bo’lgan
taqdirda
murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta
bolalikdan
nogironga
nafaqa
nogironlikning
butun
davriga
tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga
tayinlanadi. OIV infektsiyas
iga chalingan shaxsga nafaqa u o’n
sakkiz yoshga to’lgungacha bo’lgan muddatga tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: