23-
bob. Davlat krediti
23.1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir
tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar
o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan
iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va
kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit)
munosabat-lar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mab-
lag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi.
Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq
(to’lov, to’lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz
beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan
operatsiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi).
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish
(qaytarish)
yoki
ularning
boshqa
majburiyatlarini
bajarish
javobgarligini davlat o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi.
Markazlash-
tirilgan pul fondlarining o’lchamiga bevosita ta’sir
ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko’-rinishidan
(qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan
kafolatning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta,
o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o’zining
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z
vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday
qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq ama-liyotda etarli
darajada ishonchli bo’lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj
bo’lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb
qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari etarli darajada ishonchli
bo’lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa
shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning
o’sishiga olib keladi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki
ko’rinishdagi –
moliya va kredit
– pul munosabatlarining o’rtasida joylashgan bo’lib,
shunga mos ravishda, u ham moliyaga, ham kreditga tegishli
bo’lgan
xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan
bo’g’ini sifatida
esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet
va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayoniga xizmat qiladi.
Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz)
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir
necha o’ziga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarga egadir:
davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega.
Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu printsipdan
chekinish va davlat zayomlarini joylashtirishda majburiylik holatlariga
ham yo’l qo’yiladi;
agar soliqlar faqat bir yo’nalishda - soliq to’lovchilardan
byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg’armalarga - harakat qilsa
(bunga teskari yo’nalishdagi harakat faqat ortiqcha to’langan yoki
xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo’lishi mumkin),
qaytaruvchanlik va h
aqlilik (to’lovlilik) davlat kreditining asosini
tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditiga ma’lum bir vaqt
o’tganidan so’ng o’tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi kerak.
Umuman
olganda,
davlat
krediti
boshqa
moliyaviy
kategoriyalardan o’zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan
farqlanadi:
agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi
sifatida konkret boyliklar
– ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab
chiqarish va boshqa shunga o’xshashlar maydonga chiqadigan
bo’lsa, davlat tomonidan mablag’lar qarzga olinayotganda uning
egaligida bo’lgan barcha mol-mulk, ma’lum bir hududiy birlikning
mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlan-
ganlik elementi bo’lishi mumkin;
Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli
xarakterga ega bo’lmaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan,
hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag’lar aniq
ifodalangan maqsadli xarakterga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan,
yangi yo’llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarz
mablag’lari ana shunday xarakterga egadir;
har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag’larni
oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat
kreditining aniq shartlarida o’z ifodasini topadi.
Davlat
kreditining
mazmun-mohiyati
uning
bajaradigan
funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Moliyaviy kategoriya
sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi:
taqsimlash;
tartibga solish;
nazorat.
Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning
markazlashtirilgan pul fondlarini shakllan-tirish yoki muddatlilik,
haqlilik va qaytaruvchanlik printsiplari asosida ulardan foydalanish
amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga
chiqib, o’z xarajatlarini moliyalashtirishni qo’shimcha mablag’lar
bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat
qarzlari byudjet defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbai bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari
orqali olinadigan tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalash-tirishning
soliqlardan keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining
oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari o’sish sur’atlarining yuqoriligi
bilan izohlanadi.
Kapital
xaraktyerdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag’lar
hisobidan moliyalashtirish ma’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga
ega. Masalan, maktab yoki kutubxona uzoq muddatga xizmat
qilganligi uchun bir emas, bir necha avlodning ehtiyojlarini qondirishi
mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab va
kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning
soliqlari hisobidan bir necha yilga to’lanishi kerak? Bunday
holatlarda ana shunga o’xshagan ob’ektlarni qurish bilan bog’liq
bo’lgan moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan
foydalanishi mumkin bo’lgan barcha avlodning zimmasiga yuklash
oqilonadir. O‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai
nazaridan uzaytirish (cho’zish) o’sha muddatga zayomlar chiqarish
yo’li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki kutubxona
qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy yukni o’z
elkasida ko’tarishiga erishiladi. Chunki bu holda ular tomonidan to’-
lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular bo’yicha foizlar ham
qaytariladi.
Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy
ta’siri natijasida, vaqt nuqtai nazaridan, soliq yuki og’irligining
nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan
xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori
oshmaydi va uning
og’irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni
moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb
qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, faqat
soliqlar miqdorini oshirish va uni
ng og’irligini orttirish evaziga
moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham olingan kreditlar
qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni to’lash uchun olinmasdan,
balki qarzlar bo’yicha foizlarni qaytarish uchun ham olinadi.
Davlat qarziga xizmat
qilish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona manba
emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari mablag’lardan
foydalanishning yo’nalishlariga bog’liq. Agar davlat tomonidan jalb
qiling
an kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan ob’ekt ishga
tushganidan so’ng foyda keltira boshlaydiki, uning hisobidan,
jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq yuki
og’irligining kuchaytirilishiga hech qanday hojat qolmaydi.
Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz
foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki ijtimoiy xarajatlar
moliyalash-tirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai soliqlar yoki
yangi qarzlar bo’lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish
uchun davlatning yangi zayomlarini joylashtirilishiga davlat qarzlarini
qayta moliyalashtirish deyiladi.
Davlatning qarz olishi natijasida soliq
og’irligining kuchayishi
ularning muddatiga va qarz
oluvchi tomonidan to’lanadigan
kred
itlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun davlat qarzining
daromadlilik darajasi qancha yuqori bo’lsa, davlat shunchalik katta
soliqlar qismini ularni qaytarish uchun yo’naltirishga majbur. Davlat
qarzining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, boshqa sharoitlar teng
bo’lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yo’naltirilayotgan
mablag’larning salmog’i shuncha yuqori bo’ladi.
Davlat o’z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib,
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar va
kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga
va
aholi bandliligiga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish
vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu
moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.
Davlat qarzlarni investorlarning turli guruhlari o’rtasida
joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jismoniy shaxslarning
mablag’larini jalb qilib, ularning to’lovga qobiliyatli talabini
kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari,
masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul
massasining mutlaq qisqarishi sodir
bo’ladi. Shuningdek, davlat krediti
hisobidan o’qituvchilar va tibbiyot xodimlari-ning ish haqlari
moliyalashtirilsa, aholining to’lovga qobiliyatli talabining tarkibiy
tuzilishi o’zgarsada muomaladagi naqd pul massasi o’zgarmasdan
qolaveradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning
garovi asosida kreditlar berish
bo’yicha Markaziy bank tomonidan
amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini
tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat
qarziy mablag’larga bo’lgan talabni oshiradi va buning hisobidan
kredit baholarining ortishiga
o’z ta’sirini ko’rsatadi. Davlatning talabi
qancha yuqori bo’lsa, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, ssuda
foizining darajasi shuncha yuqori bo’ladi va tadbirkorlar uchun kredit
shunchaga qimmatlashadi. Qarz
mablag’larining qimmatligi ishlab
chiqarish sohasida tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur
qiladi va bir
vaqtning o’zida, u davlat qim-matli qog’ozlarini sotib olish
ko’rinishidagi jamg’armalarni rag’batlantiradi.
Ma’lum chegaraga etgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga
keskin salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar
etarli darajada bo’lsa, ular to’liq qo’shib olingunga qadar salbiy ta’sir
darajasi nolga teng bo’lib qolaveradi. Shundan keyingina moliyaviy
bozordagi da
vlatning faolligi ssuda foizining o’sishida o’z ifodasini
topadi, pul jamg’armalarining katta qismini unumsiz foydalanishga
jalb qilinishi esa iqtisodiy o’sish sur’atlarini susaytiradi. Davlat
kreditor va kafil sifatida faoliyat ko’rsatib, xorijdan qarzga olingan
mablag’lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni
vujudga keltirib, ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes,
mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi
kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq
banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan
kafolatlanishi yo’li bilan ishlab chiqarishni rag’batlantirish tizimi keng
tarqalgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning kasodga uchrashi sodir
bo’lganda davlatning kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar
bo’yicha banklarga bo’lgan qarzlarni qaytarishni o’z zimmasiga
olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan ko’plab
mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat
ko’rsatadiki, ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning to’lovga
qobiliyatsiz risklarini past stavkalar bo’yicha sug’urta qila-dilar. Shu
yo’l bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni o’zlashtirishi
rag’batlantiriladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni
rag’batlantirishda hududlar byudjetlari va byudjetdan tashqari
jamg’armalari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol o’ynaydi.
Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar
iqtisodiyoti kerakli yo’nalishlarining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi
ta’minlanadi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi moliyaning nazorat funksiyasi
bilan organik ravishda qo’shilib ketgan. Lekin uning bu funksiyasi shu
kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi
xarakterli belgilarga ega:
davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul
mablag’lari
fondining ahvoli bilan uzviy
bog’langan;
qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki
mablag’lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqozo etadi;
faqat moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki
kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag’lar maqsadli
foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning
o’z vaqtida
to’lanishi nazorat ostiga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |