Mahalliy soliqlar va yig’imlar – mahalliy byudjetlarga
olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to’lovlari.
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-
mulk solig’i, yer solig’i,
reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun
soliq, savdo-
sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim
turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari,
yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun
yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im,
obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar.
Mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – maxsus Nizom asosida
belgilanib, uning tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab
chiqarish b
ilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar, tabiiy xom
ashyo, er, o’rmon, suv resurslaridan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish
xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot
sifati
ni oshirish bilan bog’liq bo’lgan nokapital xarakterdagi
xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab
chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari kabilar kiradi.
Mahsulotning boj qiymati – mahsulot chegaradan
o’tayotgan paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat.
Uning to’g’riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni
rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan
foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi
bo’yicha (eng ko’p qo’llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi,
bir xildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko’ra; v) qiymatni
hisoblash metodi bo’yicha; g) qiymatlarni qo’shish yo’li bilan; d)
rezerv metodi
bo’yicha.