Maxsus bojxona bojlari –
bojxona
bojlarining
ko’rinishlaridan biri bo’lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan
mahsulotlar shunga o’xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi
mamlakatning o’zidagilarga zarar etkazadigan bo’lsa, himoya
vositas
i
bo’lib
xizmat
qiladi.
Boshqa
mamlakatlarning
diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida ham
qo’llanilishi mumkin.
Maqsadli soliq imtiyozlari – xo’jalik yurituvchi sub’yekt
tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va
boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish
hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda
o’zaro manfaatdorlik (o’zaro foydalilik) asosida mintaqaviy
byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya
hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi
mumkin.
Maqsadli ajratmalar – nobyudjet fondlarning daromadlar
qismini shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbai ishlab chiqarilgan
(yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo’lib, uning hisobidan birlamchi
daromadlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun
nobyudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog’langan va
mahsulot tannarxining tarkibiga kiritiladigan to’lovlarning tegishli
qismi tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug’urtasi
fondiga va h.k.
Maqsadli byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar -
qarang: Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar.
Maqsadli xorijiy kredit - loyihalarning maqsadlariga
muvofiq ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to’lash
yo’li bilan mablag’larni xorijiy valyutada qaytarilish va tiklash
asosida taqdim etilishini ko’zda tutgan holda hukumatning tashqi
qarz olish Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish
shakli. Ular xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va
firmalarining kredi
tlariga bog’langan kreditlarni va xalqaro
moliyaviy tashkilotlarning nomoliyaviy kreditlarini o’ziga qamrab
oladi.